Elektron magazin. U Internet tarmog’ida bizneschi tomonidan web-
serverni tashkil qilish asosida amalga oshirilgan vakolatni bildiradi. Bunday
korxonani tashkil qilishdan asosiy maqsad – Internetning qolgan
foydalanuvchilariga tovarlarni sotish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlashdan
iboratdir. Serverga kirgan salohiyatli haridor gipermatnli ishoralar yordamida va
ko’p sonli multimedia imkoniyatlardan foydalanib mahsulot haqida o’zini
qiziqtirgan ma’lumotni to’liq hajmda olishi mumkin. Tovar barcha talab
etilayotgan iste’mol xususiyatlariga javob bergan taqdirda haridor buyurtma
berishi mumkin. Elektron magazin faoliyat ko’rsatishini har xil variantlari mavjud.
Ba’zida bitimlar va tovar etkazishlarni Internet yordamida faqatgina kuzatib
borilishi ko’zda tutiladi: tovarni tanlash, buyurtma berish, ba’zida to’lov ham.
Biroq tovarni bevosita etkazilishi an’anaviy usulda olib boriladi (tovar – bu
avtomobillar, kompyuterlar, maishiy texnika va boshqalar). Boshqa hollarda
tarmoqni qo’llash tovarni etkazishni Internetdan foydalanish yordamida ko’zda
tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |