mumkin:
Arxivlashtirish - FAT jadvalining nusxasini olib qo`yish, o`zgartirilgan
fayllarning kundalik arxivini yuritish. Bular eng muhim va asosiy usullar
hisoblanadi. Boshqa usullar viruslardan himoyalanishning umumiy darajasini
oshirgani bilan kundalik arxivlashtirishning o`rnini bosa olmaydi.
Boshlang`ich nazorat - ishlatilayotgan programmani detektorlar
yordamida tekshirish, programmalarning uzunligi va kontrol yig`indisini uning
maxsus sertifikatida ko`rsatilgan uzunlik va kontrol yig`indiga mosligini
tekshirish. Boot viruslarini yo`qotish uchun mashinani ishga tushirishga
mo`ljallangan disklardan tashqari boshqa disklarning boshlang`ich sektoridagi
birinchi uchta baytni muntazam ravishda nollar bilan to`ldirish.