14-§. CHO‘CHQALARNI GO‘SHT
UCHUN BOQISH
Cho‘chqani so‘qimga boqishning bir necha хil usullari
bor. Xo‘jaliklarda ko‘proq 3 ta usuli qo‘llanib kelinadi:
go‘sht uchun oqish, bekon uchun boqish, yog‘ yoki tarash
yog‘ (shpig) uchun semirtirish.
Go‘sht uchun boqish. Tez yetiluvchan 3–4 oylik
yosh cho‘chqalar ajratilib, 6–8 oylik bo‘lganiga qadar
jadal usul bilan o‘stiriladi. Tirik vazni 90–100 kg ga
yetganda go‘shtga topshiriladi. Boqib o‘stirish davomi-
da oziq ratsioni 50–60% shirali-hajmli oziqlar, 30–35%
to‘yintirilgan yem, qishda 10–15% beda pichani, yozda
esa barra yoki maydalangan ko‘k bedadan iborat bo‘ladi.
Bunda cho‘chqalardan 1 kg qo‘shimcha vazn olish uchun
4–4,5 oziq birligi sarf bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |