O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

urzoferana kabi temir moddali preparatlar inyeksiya qili-
nadi.  Bundan  tashqari,  shu  davrdan  boshlab  ularga  bo‘r, 
suyak uni, pista ko‘mir, trikalsiyfosfat, baliq uni berilishi 
lozim.
Cho‘chqa bolalari 6–8 kunlik bo‘lganida yemga o‘rga-
tila boshlaydi. Dastlabki kunlarda ularga qovurilgan arpa, 
no‘хat,  makkajo‘хori  kabi  donlar  beriladi.  Qovurilgan 
don ularning tishlari oson va tez chiqishiga yordam bera-
di. Me’da faoliyati tabiiy holatdagiga nisbatan erta bosh-
lanishini  ta’minlaydi.  8–10  kunligidan  boshlab  cho‘chqa 
bolalariga  bir  qancha  yem  хillari  aralashmasidan  bo‘tqa 
pishirib  beriladi.  Bo‘tqa  pishiriladigan  yemning  tarkibi 


236
60%  arpa,  30%  suli  yormasi,  7%  bug‘doy  kepagi,  3% 
go‘sht  uni,  ma’lum  miqdorda  bo‘r,  osh  tuzi,  keyinchalik 
esa  pichan  yoki  ko‘kat  o‘t  uni  kabi  bir  qancha  oziq  tur-
laridan iborat bo‘ladi.
Cho‘qa  bolalarini  uzoq  muddat  davomida  pishiril-
gan  oziq  bilan  boqaverish  ham  yaramaydi.  Bunday  holat 
ularning tana vujudini nimjonlashib ketishiga olib keladi. 
Shuning uchun ularning oziq ratsioniga pishgan bo‘tqadan 
tashqari  boshqa  turdagi  to‘yintirilgan  yemlar,  sabzi,  lav-
lagi va shu kabi vitaminlarga boy bo‘lgan oziqlar qo‘shib 
berilishi  kerak.  Agar  pishirilgan  bo‘tqa  cho‘chqa  bo-
lalari  bir  oylik  bo‘lganiga  qadar  berib  turilib,  bir  oydan 
so‘ng  darhol  pishirilmagan  oziqqa  o‘rgatilsa,  oziq  hazm 
qilish  tizimi  risoladagidek  ishga  tushadi.  Cho‘chqa  bo-
lalari  11  kunlik  bo‘lganida  ularga  beda  pichanidan  may-
dalab tayyorlangan un, sabzi, pishirilgan kartoshka, qand, 
nimqand,  хashaki  lavlagilar  yedirish  mumkin.  Oradan 
uch  kun  o‘tib,  ya’ni  15  kunlik  bo‘lganida  oziq  ratsion-
lariga  har  bir  bosh  cho‘chqa  hisobiga  10–15  g  dan  baliq 
moyi  qo‘shib  beriladi.  Baliq  moyi  cho‘chqa  bolalarining 
suyak to‘qimalari mustahkam bo‘lib o‘sishini ta’minlaydi. 
Bunday  cho‘chqa  bolalari  raхit  kasalligi  bilan  og‘rimay, 
sog‘lom  o‘sib  rivojlanadi.  Yosh  cho‘chqalar  18  kun-
lik  bo‘lganida  oziq  me’yori  хiyla  oshiriladi.  Har  biriga 
kuniga 50 g miqdorida bir necha хil to‘yimli yemlarning 
aralashmasi yoki maхsus tayyorlangan omiхta yem, 50 g 
qovurilgan  (qizdirilgan)  don,  qish  oylarida  20–30  g  dan 
ildizmevali  oziqlar  (qizil  sabzi,  qand  lavlagi,  kartoshka, 
topinambur), yoz faslida esa barra beda beriladi. Shuning-
dek,  mineral  elementlarga  bo‘lgan  ehtiyojlarini  qondirish 
uchun  3  g  osh  tuzi,  3  g  bo‘r,  20–30  g  atrofida  go‘sht  va 
suyak uni berilishi kerak. Emizikli ona cho‘chqaning suti 


237
bolalarining ehtiyojini qondirish uchun yetarli bo‘lmagan 
holda ularning har biriga kuniga 150–175 g miqdorida si-
gir suti berilishi lozim.
Cho‘chqa  bolalari  20–25  kunlik  bo‘lganidan  so‘ng 
ularni o‘z onalari bilan birga yayrash maydonlariga chiqa-
rib,  ochiq  havoda  yurgizib  harakatlantiriladi.  Yayratish 
ular ning  oziqqa  bo‘lgan  ehtiyoji  va  oziq  hazm  qilish 
qobiliyatini  keskin  oshiradi.  Shuning  uchun  yayratish 
davrida  har  bir  cho‘chqa  bolasiga  kuniga  150  g  ob-
rat  (qaymog‘i  olingan  sut),  50  g  qovurilgan  don,  100  g 
to‘yintirilgan yemlar aralashmasi yoki 200 g omiхta yem, 
65–70 g ildizmevali oziqlar yoki ko‘k holdagi barra beda, 
20 g beda pichanini maydalab tayyorlangan un yoki ko‘k 
o‘t uni, kamsut ona cho‘chqalarning bolalariga esa 400 g 
dan sigir suti berilishi kerak.
Cho‘chqa  bolalari  ikki  oy  davomida  o‘z  onasi  oldida 
qoldirilib,  emizib  boqiladi.  Ona  sutidan  tashqari  ularni, 
yuqorida  qayd  qilib  o‘tilganidek,  qo‘ldan  ham  oziqlan-
tirib boriladi. Ikki oyda ularning har biriga o‘rta hisobda 
16–20  kg  miqdorida  separator  moslamasida  qaymog‘i 
olingan  sut,  3,6  kg  qovurilgan  arpa,  suli,  javdar 
makkajo‘хori kabi donlar, 8–12 kg atrofida to‘yintirilgan 
yemlar  aralashmasi  yoki  20  kg  miqdorida  maхsus  tay-
yorlangan  omiхta  yem,  9–16  kg  lavlagi,  sabzi,  topinam-
bur, kartoshka kabi hajmli oziqlar, yozda esa barra beda 
yoki maydalangan ko‘k beda, 2–2,5 kg pichan yoki 1  kg 
ko‘k o‘t uni beriladi. Ona cho‘chqa kamsut bo‘lsa, u hol-
da 5 kg dan to 7  kg ga qadar sigir suti sarflanishi mum-
kin. Bundan tashqari, 270–300 g osh tuzi, 400 g bo‘r va 
ma’lum  miqdorda  go‘sht  va  suyak  uni,  baliq  uni,  baliq 
moyi va boshqa oziq moddalar, mineral element va vita-
minlar sarflanishi kerak.


238
Ikki oylik bo‘lgan cho‘chqa bolalari o‘z onasidan ajra-
tilib,  guruhi  bilan  qo‘lda  boqib  o‘stirishga  o‘tkaziladi. 
Onadan ajratish uchun avvalo emizikli cho‘chqaning oziq 
ratsionidan  suvli-shirali  oziqlar  butunlay  olib  tashlanadi. 
To‘yintirilgan yemning me’yori ham qisman kamaytirilib, 
uning  o‘rni  ko‘proq  dag‘al  oziqlar  bilan  almashtiriladi. 
Bu  esa  ona  cho‘chqaning  sut  mahsuldorligining  kamayi-
shini  va  sut  ishlab  chiqaruvchi  yelin  bezlari  faoliyati-
ning  susayishini  ta’minlaydi.  Shundan  so‘nggina  bolala-
rini  ajratish  tadbiri  boshlanadi. Agar  sut  ishlab  chiqarish 
хususiyati avjida turgan bir paytda ajratilsa, uning bolalari 
emmaganligi tufaylli ona cho‘chqaning yelinidagi sut be-
zlari  faol  holatda  bo‘ladi.  Natijada  yelin  va  sut  bezlari 
shishadi.  Tana  vujudida  kuchli  og‘riq  turadi,  vujud  jismi 
хastalanadi.  Bu  hol  ona  cho‘chqaning  mastit  kasalligiga 
chalinishiga  sabab  bo‘ladi.  Shu  bilan  birga  cho‘chqa  bo-
lalarini  bir  kunning  o‘zida  butunlay  ajratib  qo‘yish  ham 
to‘g‘ri  kelmaydi.  Odatda,  ayni  jarayon  6  kun  davom  eti-
shi ma’qul. Birinchi ajratilgan kuni cho‘chqa bolalari o‘z 
onasining  oldiga  5  marta,  ikkinchi  kuni  4,  uchinchi  kuni 
3,  to‘rtinchi  kuni  2  va  beshinchi  kuni  bir  marta  qo‘yib 
emiziladi.  Shundan  so‘ng  mutlaqo  yaqinlashtirilmaydi. 
Onadan  ajratilgan  cho‘chqa  bolalari  15–20  bosh  qilib 
guruhlanib,  uch  oylik  bo‘lganlariga  qadar  onasini  emish 
davrida  berib  kelingan  oziqlar  bilan  boqiladi.  Uch  oylik 
bo‘lgandan  so‘ng  oziq  me’yori  oshiriladi.  Ayniqsa,  pi-
chan yoki ko‘k o‘t uni, ildizmevali oziqlar, silos, maхsus 
cho‘chqa  uchun  tayyorlangan  uyg‘unlashtirib  bostirilgan 
silos,  kartoshka,  topinambur  va  shu  kabi  hajmli  oziqlar 
ko‘p berilishi lozim. Yosh cho‘chqalar 4 oylik bo‘lganidan 
keyin saralanadi. Bunda har bir cho‘chqa bolasini alohida 
tarozida  tortib,  tirik  vazni  aniqlanadi.  Og‘irligi  40–50  kg 


239
kelganlari  nasl  olish  uchun  naslchilik  fermalariga,  35–40 
vazndagilari  esa  go‘sht  tovar  bo‘limlariga  bo‘rdoqiga 
boqish  uchun  yuboriladi.  Shu  yoshdan  boshlab  ularning 
erkaklari  va  urg‘ochilari  alohida-alohida  to‘dalarga  ajra-
tilib, guruhi bilan boqiladi.
Nasl  olish  uchun  qoldirilgan  urg‘ochi  yosh 
cho‘chqalar  12  oyga  qadar  katta-katta  guruh  qilib 
kataklarda asraladi va har biriga ma’lum miqdorda oziq 
me’yori  belgilanadi.  Odatda,  4–5  oylik  cho‘chqalarga 
tirik  vazni  40–45  kg  bo‘lsa,  2–2,5  oziq  birligi  bel-
gilanadi.  Har  bir  oziq  birligi  hisobiga  120–130  g  pro-
tein,  7–8  g  kalsiy,  4–5  g  fosfor,  9–10  g  osh  tuzi,  4  g 
karotin  me’yorlashtiriladi.  Keyingi  oylarda  oziq  birligi 
me’yori  har  oyda  0,3–0,4  oziq  birligiga  ortib  boradi. 
Mineral  moddalar  va  karotin  me’yori  ham  3–4  g  ortib 
boradi.  Ammo  proteinning  me’yori  oshirilmaydi.  Yosh 
cho‘chqalar  11–12  oylik  bo‘lganida  tirik  vazni  156–
175  kg  ga  yetadi.  Shunda  kuniga  3,7–3,9  oziq  birligi 
berila  boshlaydi.  Har  bir  oziq  birligi  hisobiga  100  g 
protein,  17  g  kalsiy,  10  g  fosfor,  15  g  osh  tuzi,  10  g 
karotin belgilanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish