7398b1cc-0a47-4d0e-b58e-dd2544d80cac pdf


Muloqot texnikasida uchraydigan kamchiliklar



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/406
Sana10.07.2021
Hajmi4,38 Mb.
#114799
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   406
Bog'liq
Akademik yozuv majmua(1)

Muloqot texnikasida uchraydigan kamchiliklar: 
1.Nuqsonli ovoz 
2.Tovushni noaniq aytish 
3. Nafas olishdagi tartibsizliklar 
4. Nutq  tempi,  tezligini  to‘gʻri  belgilamaslik  
 
Muloqot texnikasiga qoʻyiladigan talablar: 
1.Ovozning sifatiga e’tibor berish; 
Muloqot 
madaniyati 
Mimik 
pantomima 
Hissiy holat 


75 
 
2.Muloqot jarayonida to‘gʻri nafas olish; 
3.Tovush va soʽzlarni aniq talaffuz qilish; 
4.Toʻliq va aniq diksiya; 
5.Soʽz va gaplarning «chaynalmasligi»;  
6.Fonetikaga oid  bilimlardan  xabardor boʻlish;   
7.Nutqdagi  nuqsonlarni  bartaraf  etishga  yordam  beradigan  mashqlardan 
muttasil  foydalanib  borish.    
       Muloqotning 
ta’sirchanligini 
ta’minlash 
nafaqat 
lingvistik, 
balki 
ekstralingvistik  omillarni  ham  oʽz  ichiga  oladi.  Ekstralingvistik  omillarga  tilga 
bogʻliq boʻlmagan shart-sharoitlar kiradi.  Bamisoli  ummon boʻlgan tilimizdan bir 
fikrni  bir  qancha  shaklu  shamoyillarda  ifodalash  imkoniyatlari  mavjud,  ya’ni 
tilimizda  har  qanday  voqea-hodisalarni  ifodalash  uchun  soʽz  va  iboralar  topiladi, 
lekin muloqot vaziyati uchun eng uygʻun ifodani topa bilish oʻqituvchining bilimi, 
ma’rifatu  madaniyati,  mahoratu  malakasiga  bogʻliq.  Muloqotdagi  ohangning 
tezligi, yuqori-pastligi ham ta’sirchanlikni oshiruvchi omillardir.  Bunday nutqlar, 
odatda, muhim qarorlar, axborotlar, farmoyishlar o‘qilganda ishlatiladi. 
   Mashhur  qadimgi  yunon  notigʻi  Demosfenning  dastlab  ovozi  past,  talaffuzi 
yomon, nafasi qisqa boʻlganligidan chiroyli va ta’sirli nutq ayta olmaganligi haqida 
tarixchilar  yozganlar.  Bu  sohani  chuqur  o`rgangan  olim  S.Inomxo‘jayev 
ta’kidlaganidek,  keyinroq  Demosfen  muloqot texnikasi asoslarini  egallashga  juda 
jiddiy kirishgan. U bir yertoʻla qazib, shu yertoʻlada ovozini rivojlantirish, diksiya, 
deklamatsiya  boʻyicha  oylab  mashqlar  qiladi.  Talaffuzidagi  nuqsonlar,  "r" 
tovushini  aytolmaslik,  ba’zi  tovushlarni  noaniq  aytish  kabilarni  bartaraf  etish 
maqsadida  ogʻziga  mayda  toshlarni  solib,  she’rlar,  turli  matnlarni  o‘qish  bilan 
shugʻullanadi.Ovozini  rivojlantirish,  ovoz  apparatlarini  chiniqtirish  uchun  esa 
tepaliklarga yugurib chiqib, yugurib tushib, nafasini ushlab turgan holda she’rlarni 
deklamatsiya  qiladi.  Demosfen  gapirayotganda  bir  yelkasini  hadeb  ko‘taraverish 
odatidan    qutulish  uchun  yerto`lasining  shiftiga  uchi  o‘tkir  xanjarni  osib  qoʻyib, 
yelkasini  xanjarning ayni  uchiga to‘gʻrilab turib,  mashqlarini davom ettiradi.  Ana 


76 
 
shunday  mashaqqatli  va  muntazam  mashqlar  tufayli  Demosfen  notiqlikning  eng 
cho‘qqisini zabt etgan. 
 Muloqot  jarayonida  kuzatiladigan  kamchiliklardan  yana  biri  fonatsiya 
jarayonida,  ya’ni  nutq  hosil  bo`lish  paytida  nafas  olishdagi  tartibsizliklar  bilan 
bogʻliq.  Fonatsiya  jarayonida  nafas  olish  va  nafas  chiqarish  fazalari  shunday  
yoʻlga  qoʻyilishi  kerakki,  nafas  olish  zo‘riqishsiz,  bir  qadar  jadalroq,  nafas 
chiqarish  esa  tekis,  bir  me’yorda  va  davomliroq  kechishi  lozim.  Nafas  chiqarish 
qanchalik  davomli,  uzun  boʻlsa,  shunchalik  yaxshi.  Zotan,  tovush,  nutq  ayni  shu 
nafas chiqarish jarayonida hosil boʻladi. Fonatsiyada nafas olish va nafas chiqarish 
fazalarining  ketma-ketligi,  almashinish  tartibini  to‘gʻri  tasavvur  etmoq  kerak.  Bu 
fazalar  bilan  nutqning  hajmiy  va  albatta,  mazmuniy-estetik  qurilishi  oʻrtasidagi 
mutanosiblikni  to‘gʻri  belgilamaslik  oqibatida  nafasning  yetmay  qolishi,  shunga 
koʻra  bir  nafas  bilan  yaxlit  aytilishi  lozim  boʻlgan    nutq  parchasining  boʻlinib 
ketishi,  mantiqiy  mazmunni  buzadigan  nooʻrin  pauzaning    paydo    boʻlishi    kabi  
nuqsonlar oʻrtaga chiqadi. Masalan,  qadimiy va boy tilimizning sofligini saqlash 
har  birimizning burchimizdir    jumlasi    aytilarkan,    masalan,    har    soʽzidan  keyin 
nafas tugab qolsa,  ilojsiz,  nafas olish uchun toʻxtalish majburiyati paydo boʻladi, 
bu  esa  jumlaning  noto‘gʻri  boʻlinishiga  olib  keladi.  Yoki  ba’zan  noto‘gʻri 
taqsimlangan nafas jumlaning oxiriga borib yetmay qolsa, jumladagi so‘nggi soʽz 
"yamlanib"  talaffuz  qilinadi,  soʽzlovchi  xuddi  bo‘gʻilib  qolganday,  juda 
qiynalganday  tuyuladi,  bu  tinglovchi  uchun  ham  sezilarli  darajada  qiyinchilik  
tugʻdiradi. 
Yana  bir  misol.  Odam  o‘ta  hayajonlanganida,  qattiq  qo‘rqqanida  yoki  ogʻir 
musibat  ichida boʻlganida,  umuman, turli  hissiy  holatlarga tushganida soʽzlarkan, 
nafas  olish  va  nafas  chiqarish  fazalarini  nazorat  qila  olmay  qoladi.  Buning 
natijasida  normal  fonatsiya  uchun  nafasi to‘gʻri taqsimlanmaydi,  koʻpincha oddiy 
bir soʽz uchun ham nafasi yetmay qoladi. Muloqot texnikasini egallashda umumiy 
tarzda  boʻlsa-da,  fonetik  bilimlardan  boxabarlik  zarur.    Ayrim  kishilar  koʻpincha 
muloqot  jarayonida  boshqa  joylardagiga  qaraganda  anchayin  baland  ovozda 
gapiradilar.    Yana  ba’zilar  borki,  ular  muloqot  jarayonida  deyarli  past  ovozda 


77 
 
soʽzlaydilar. Bunda ularning oʽzlari qiynaladilar,  sezilarli samaraga erishilmaydi, 
faqat  bunday  ovoz  bo‘gʻiq,  tussiz  eshitiladi.  Muloqot  texnikasi  bilan  bogʻliq 
nuqsonlardan  yana  biri  nutq  tempi,  tezligini  to‘gʻri  belgilamaslik  yoki  tezlik-
sekinlikning  maqsadga  koʻra  mo‘’tadilligini  saqlay  olmaslikdan  iborat. 
Muloqotning  tempi,  albatta,  bayon  qilinayotgan  materialning  mohiyatiga, 
ifodalanayotgan  fikr  strukturasiga  uygʻun  boʻlishi  maqsadga  muvofiq. 
Tinglovchining    ruhiyati,  charchagan  yoki  charchamaganligi,  materialni  qanday 
qabul  qilayotganligidan  kelib  chikqan  holda  nutq  tempini  tanlasa,  uni  o‘rni  bilan 
oʽzgartirib tursa, ham pedagogiq ham psixologik jihatdan to‘gʻri boʻladi. 
  Muloqot jarayonida diksiya masalasi ham alohida oʻrin tutadi. Har bir tovush, 
soʽzning to‘gʻri va aniq talaffuz qilinishi, nutq oqimida soʽz shakllari va gaplarning 
"chaynalmasligi",  muloqot  uchun  jiddiy  talablardandir.  Masalan,  ba’zan  "z" 
tovushini jarangsiz  "s" tovushiga  moyil tarzda talaffuz qilish  uchraydi: siz — sis, 
eshitdingiz — eshit-dingiz   kabi.  Bu singari nuqsonlar nutq tovushlarining hosil 
boʻlish oʻrinlarini yaxshi bilmaslik va artikulyatsion apparat (tovush hosil qilishda 
ishtirok etadigai nutq a’zolari)ning yyetarli darajada faol emasligi natijasida paydo 
boʻladi.  Noto‘gʻri  yoki  noaniq  talaffuz  qilinadigan  tovushning  hosil  boʻlishida 
ishtirok etadigan nutq a’zolarining  faolligini oshirish  yoʻli  bilan  kishi nutqidagi 
ana shunday diktsion xatolarni tuzatish mumkin. Buning uchun xilma-xil mashqlar 
yaxshi  yordam  beradi.  Masalan,  turli  tez  aytishlar,  maqol  va  matallar,  turli  
mazmundagi  matnlarni  muntazam  ovoz  chiqarib  takrorlash  ana  shunday  
mashqlarning    bir  koʻrinishidir.  Umuman,  muloqot  texnikasini    takomillashtirish 
borasida  doimiy  qaygʻurish,  fonetika,  fonologiyaga    oid    bilimlardan    umumiy  
tarzda  boʻlsa-da,  xabardor  boʻlish, kerak  boʻlganda,  oʽz nutqidagi nuqsonlarni 
bartaraf  etishga  yordam  beradigan  mashqlardan  muttasil  foydalanib  borish 
maqsadga  muvofiqdir.  Chunki  muloqot  texnikasisiz  soʽzlovchining  ogʻzaki  nutq 
madaniyatini aslo shakllangan deb boʻlmaydi. 
 
                                                  Adabiyotlar ro`yxati: 
 
1. 
Vikram Bisen Priya.Business communication.New Delhi.2009. 


78 
 
2. 
Qo‘ng‘urov  R.,  Begmatov  E.,  Tojiyev  Yo.  Nutq  madaniyati  va  uslubiyat  
asoslari, -T.:  «Fan», 1992, 254 b. 
3. 
Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.:  TMI, 2003.  
4. 
Rasulov R., Husanov N., Mo`ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. 
T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006.  

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish