mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу

Sindikatlashmoq, 
sindikat 
tuzib 
birlashmoq 
ma’nosini 
bildirib, 
investitsiyalarni  moliyalashtirish  tizimida  yirik  investitsiya  loyihalarini  birgalikda 
moliyalashtirishni  tashkil  etish  usullaridan  birini  anglatadi.  Investitsiya  loyihalarini 
moliyalashtirishda sindikatlashtirilgan kreditning asosiy xususiyati shunday iboratki, 
bunda  bir  necha  kreditorlarning  mavjudligi,  moliyalashtirish  uchun  berilgan  kredit 
summasi  va  u  bilan  bog‘liq  risklarning  ishtiroki  kreditorlar  (banklar)  o‘rtasida 
taqsimlanishidadir.  Investitsiya  loyihalarni  moliyalashtirishda  sindikatlashtirilishi 
mumkin  bo‘lgan  kreditlarga  loyihaviy  moliyalashtirish  ham  kiradi.  Loyihaviy 
moliyalashtirishda  kreditni  qaytarishning  manbai  bo‘lib,  loyihani  amalga  oshirish 
natijasida olingan foyda hisoblanadi. 
Moliyaviy  globalizatsiya  davrida  investitsiya  loyihalarini  xalqaro  kreditlash 
jarayonida  loyihaviy  moliyalashtirish  tobora  samarali  moliyalashtirish  shakli  bo‘lib 
kelmoqda.  Loyihaviy  moliyalashtirish  deganda  odatda  bank  tomonidan  investitsiya 
loyihasini  moliyalashtirishdagi  maxsus  kreditlash  turi  tushunilib,  bunda  regressiz 
yoki  qarzdorga  bo‘lgan  kreditning  chegaralangan  regressida  yirik  investitsiya 
loyihalarini  maqsadli  moliyalash  (kreditlash)  tushunilib,  bunda  qarz  oluvchining 
to‘lov  majburiyatlarining  ta’minoti  bo‘lib,  mazkur  loyiha  faoliyatidan  olgan 
daromadlari hamda bu loyihaga taaluqli aktivlar hisoblanadi. Investitsiya loyihalarini 
uzoq  muddatli  moliyalashtirishda  ko‘pchilik  loyihani  moliyalashtirishning  sindikat 


kreditlari  shakliga  zarurat  sezmoqda.  Bunda  kredit  bitimi  shartlarini  tashabbuskor 
bank o‘rnatadi va u boshqa banklarni bu loyihani  moliyalashtirishda  ishtirok etishni 
taklif  etadi.  Sindikatlashgan  kredit  bo‘yicha  foiz  summasi  qoidaga  ko‘ra  suzib 
yuruvchi stavkada hisoblanadi va baza qilib esa LIBOR (London Inter Bank Offered 
Rate  –  Londondagi  banklararo  kreditlar  bo‘yicha  foiz  stavka)  stavkasini  olishadi  va 
unga bank marjasi qo‘shiladi. 
Investitsiya  loyihasini  amalga  oshirish  (realizatsiya  qilish)  nuqtai  nazaridan 
moliyalashtirish  muddatini  va  ob’ektni  qurish  (yaratish)  vaqtini  kelishib  olish 
muhimdir.  Ob’ektni  ishlab  chiqarish  quvvatlariga  yetkazish  va  ishlash  muddatining 
amalga  oshirilishi  investitsiya  loyihasini  moliyalashtirish  vaqtini  (muddati) 
shakllantiradi.  Xorij  tajribasi  shuni  ko‘rsatadiki,  Yevropa  banklari  tomonidan 
qo‘llaniladigan  kreditlashtirishning  maksimal  muddati  10-15  yilni  tashkil  qiladi. 
AQShda  esa  bu  muddat  kamroq  7-12  yil.  Agar  loyihani  moliyalashtirish  muddati 
yetarlicha bo‘lmasa, u holda moliyalash tarkibini kreditlashning real imkoniyatlariga 
o‘zgartiriladi.  Shuningdek,  alohida  banklar  ham  kafil  bo‘lib  chiqishlari  mumkin. 
Bunday  holat  xalqaro  kredit  tashkilotlari  yoki  eksport-import  kreditlarini 
sug‘urtalovchi milliy agentliklar tomonidan loyiha moliyalashtirilganda ko‘proq yuz 
beradi.  Bunda  sindikatishtirokchi  banklar  kreditor  foydasiga  akkredetiv  ochishlari 
yoki  kafolat  berishlari  mumkin.  Bunday  moliyashtirishdan  foyda  nima?  Unda  qarz 
oluvchi moliyalashni kamroq risklar bilan oladi, ya’ni kreditlar riski tijorat bankiga 
o‘tadi. 
90-yillar  birinchi  yarmi  jahon  xo‘jaligi  uchun  yuqori  iqtisodiy  o‘sish  darajasi 
bilan  harakterlanib,  loyihani  moliyalashtirish  shakllariga  katta  talab  uyg‘otdi.  1997-
1998  yillardagi  moliyaviy  inqirozlargacha  loyihani  moliyalashtirishning  jahon 
bozorida  Janubiy-Sharqiy  Osiyo  mamlakatlari  yetakchilik  qilib  keldi.  1996  yilda 
Gonkongda 36ta qiymati 19,3 mlrd. dollarlik, Indoneziyada 72 ta qiymati 14,1 mlrd. 
AQSH  dollarlik,  Taylandda  31  ta  qiymati  9,4  mlrd.  dollarlik    investitsion  loyihalar 
amalga  oshirildi.  Umumiy  1996  yilda  Osiyo  mamlakatlarida  400  ta  qiymati  86,2 
mlrd.  AQSH  dollarlik  investitsion  loyihalar  moliyalashtirildi.  O‘zbekistonda 
investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirish  asosan  tijorat  banklari,  byudjet  mablag‘lari 


va  byudjetdan  tashqari  fondlar  mablag‘lari  hisobiga  amalga  oshirilib,  yangi 
zamonaviy  asbob-uskuna  keltirishga,  qurilish  va  ta’mirlash-montaj  ishlariga,  import 
o‘rnini  bosuvchi  mahsulotlar  ishlab  chiqarishga  va  eksportga  mo‘ljallangan 
raqobatbardosh  mahsulotlar  ishlab  chiqarishga  mo‘ljallangan  ob’ektlar  qurishga 
yo‘naltirilgan.  Shu  bilan  birga  yirik  investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirish  uchun 
chet  el  investitsiyalari  va  xorijiy  moliya  institutlarining  kredit  liniyalari  hisobiga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishni tashkil etish lozimdir.  Investitsion loyihalarning 
turlicha klassifikatsiyalari mavjud bo‘lib, belgilariga qarab investitsion loyihalarning 
quyidagi ko‘rinishlarini ajratish mumkin. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish