mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja


 Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishni tashkil etish



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу

3. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishni tashkil etish 
G‘arbiy  Yevropa  mamlakatlarida  o‘tgan  asrning  80-yillarining  boshida 
loyihaviy  moliyalashtirish  usullari  turli  xil  moliyaviy  operatsiyalarni  bajarishda 
foydalanishi  orqali  loyiha  tashabbuschilariga  qarz  to‘lovlariga  bo‘lgan  harajatlarni 
kamaytirishga  va  moliya-kredit  institutlarining  yordamidan  foylanishga  imkoniyat 
yaratgan  edi.  Dastlab,  loyihaviy  moliyalashtirish  Amerika,  Kanada,  Germaniya  va 
Yaponiya banklari o‘rtasida bo‘lib olingan bo‘lsada, hozirda Shimoliy dengizda neft 
va  gaz  qazib  olishning  keskin  rivojlanishi  natijasida  ular  qatoriga  Buyuk  Britaniya 
tijorat  banklari  ham  qo‘shildi.  Keyinchalik  Fransiya,  Shveysariya,  Gollandiya, 


Belgiya, Italiya va boshqa mamlakatlar banklari loyihaviy moliyalashtirishning jahon 
bozorining faol ishtirokchisi sifatida maydonga chiqa boshladi. 
Iqtisodiy  o‘sishning  yuqori  sur’atlari  loyihaviy  moliyalashtirish  shakllariga 
katta  talabni  vujudga  keltirdi,  bu  talab,  eng  avvalo,  rivojlanayotgan  bozorlarga 
tegishli  edi.  1997-1998  yillardagi  jahon  moliyaviy  inqiroziga  qadar,  loyihaviy 
moliyalashtirishning jahon bozorida yetakchilikni Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari 
egallashgan edi. 1996 yilda Gonkongda 19,3 mlrd. doll. qiymatdagi 36 ta investitsiya 
loyihasi, Indoneziyada 14,1 mlrd. doll. qiymatdagi 72 ta loyiha, Taylandda 9,4 mlrd. 
doll.  qiymatdagi  31  ta  loyiha  amalga  oshirilgan  edi.  1996  yilda  Osiyo  davlatlarida 
jami  86,2  mlrd.  doll.  qiymatdagi  400  ta  investitsiya  loyihasi  moliyalashtirilgan.  Bu 
ko‘rsatkich  Amerika  va  Yevropa  kontingentlari  mamlakatlarinikiga  qaraganda 
ko‘pdir
2
.  
Aytish  joizki,  Osiyo  davlatlari  loyihaviy  moliyalashtirishning  jahon  bozorida 
birinchilikni yo‘qotishdi va yetakchilikni yana AQSH va G‘arbiy Yevropa davlatlari 
egallashdi.  Biroq,  oxirgi  yillarda  Osiyo  va  Sharqiy  Yevropa  davlatlari  inqiroz 
zarbalaridan  o‘zini  o‘nglab  olgach,  yana  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilish  evaziga 
iqtisodiy  o‘sishning  yuqori  sur’atlarini  ta’minlashga  harakat  qilishmoqda.  Bunday 
davlatlar  qatoriga,  eng  avvalo,  Xitoy,  Indoneziya,  Fillipin,  Malayziya  kabi  Osiyo 
davlatlarini  va  Sharqiy  Yevropa  davlatlarini  kiritishimiz  mumkin.  Bu  davlatlarda 
investitsiyalash sur’atlari oxirgi 2-3 yil ichida ancha sezilarli bo‘lib bormoqda. 
Loyihaviy  moliyalashtirishning  turli  shakl  va  sxemalari  asosida  amalaga 
oshirilgan yirik loyihalarga misol qilib loyihaviy moliyalashtirishning “sof” namunasi 
bo‘lgan  Buyuk  Britaniyani  Yevropa  kontengenti  bilan  bilashtiruvchi  “Yevrotunnel” 
loyihasini  keltirishimiz  mumkin.  Mazkur  loyiha  davlat  organlari  va  xalqaro 
tashkilotlar  ishtirokisiz  xususiy  sektor  investitsiyalari  asosida  amalga  oshirilgan. 
Loyihani  moliyalashtirishning  umumiy  qiymati  7  mlrd.  funt  sterlingni  tashkil  etib, 
loyihada 15 davlatdan 198 ta bank ishtirok etgan
3
.  
 
2
 
www.ziyonet.uz
 маълумотлари асосида 
3
 Ўша ерда
 


Hozirda  loyihaviy  moliyalashtirishning  globallashuv  xususiyatini  hisobga 
olgan  holda  Yevropa  tiklanish  va  taraqqiyot  banki  (YETTB)  va  Jahon  banki  (JB) 
tomonidan  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  tabiiy  boyliklarni  qayta  ishlash  bilan 
bog‘liq yirik investitsiya loyihalarini, shuningdek, kapital taqchilligi mavjud bo‘lgan 
Sharqiy  Yevropa  mamlakatlarida  qator  loyihalarni  moliyalashtirish  uchun  keng 
foydalanib  kelinmoqda.  Yirik  investitsion  loyihalarni  moliyalashtirishda  rivojlangan 
mamlakatlar  bank  amaliyotida  sindikatli  kreditlash  shaklidan  keng  foydalaniladi. 
Bunda  kredit  operatsiyalarini  tashkil  etish  jarayonida  bank  birinchi  o‘ringa  qarz 
oluvchining  kredit  tarixini  o‘rganishga,  uning  iqtisodiy,  moliyaviy  ahvoliga  va 
ta’minot  turlari,  garovga  berilayotgan  mulkni  baholashga  diqqat  e’tiborini  qaratsa, 
loyihaviy  moliyalashtirishda  esa  asosiy  e’tibor  loyiha  tahliliga  qaratiladi.  Loyihaviy 
tahlilning  asosiy  ob’ekti,  bu  loyihaviy  hujjatlar  (loyihani  texnik-iqtisodiy  asosi)dir. 
Loyihaviy  taxlilning  asosiy  maqsadi  –  investitsion  loyihani  moliyaviy  va  iqtisodiy 
samaradorligini  aniqlab  berish,  investitsion  loyihaning  smeta  harajatlari  va 
moliyalashtirish  manbalarini  aniq  belgilash  hamda  rikslarni  baholash  va  samarali 
boshqarishdir. 
Texnik  –  tashkiliy,  huquqiy,  ekologik,  tijorat  iqtisodiy,  moliyaviy 
yo‘nalishlarini loyiha tahlilining asosiy yo‘nalishlariga kiritishimiz mumkin. Dastlab 
yirik  loyihalarni  amalga  oshirishda  ko‘pgina  ishtirokchilar  jalb  qilingan  bo‘ladi. 
Jumladan: 
▪  loyiha tashkilotchilari; tashkilotchilar ta’sis etgan loyihaviy kompaniya; 
▪  kreditorlar (tijorat banklari, bank konsorsiumi); pudratchilar (bosh pudratchi, 
subpudratchilar); asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilar; 
▪  sug‘urta kompaniyalari; loyihaviy kompaniya chiqarayotgan aksiya va boshqa 
qimmatli qog‘ozlarni sotib oluvchi institutsional investorlar; 
▪  moliyaviy  maslahatchilar;  operator-kompaniyalar,  ob’ektni  ekspluatatsiya 
(ishlab chiqarish)ga kiritgandan so‘ng, uning investitsion faoliyatini boshqaradi. 
Investitsion  loyihalarni  baholashda  loyihaning  ishonchligini  ta’minlovchi 
quyidagi mezonlardan foydalaniladi: 
▪  texnik-iqtisodiy asoslanganlik va moliyaviy rejaning qoniqarligi; 


▪  loyiha  tomonidan  ishlatiladigan  mahsulot  va  xom-ashyo  manbalari  va 
qiymatlarining kafolatganligi; 
▪  loyihaning ma’qul narxlarda yoqilg‘i bilan ta’minlaganligi; 
▪  loyiha  mahsulotlari  va  xizmatlarini  sotish  uchun  bozorning  mavjudligi  va 
bozorgacha transport harajatlari ma’qul narxlarda mavjudligi;  
▪  qurilish materiallarini kutilgan narxlarda sotib olish mumkinligi; 
▪  pudratchi, foydalanuvchi va boshqaruvchi personallar tajribali va ishonchligi; 
▪  loyiha ishonchsiz texnologiyalarini o‘z ichiga olmasligi; 
▪  hamkorlar  va  manfaatdorlar  tomonlar  bilan  shartnomaviy  kelishuvlar  tuzilgan, 
litsenziya va ruxsatnomalar olinganligi; 
▪  valyuta rikslarining taqsimlanganligi; 
▪  loyiha qo‘shimcha ta’minoti sifatida qimmatli aktivlarga egaligi; 
▪  yetkazilayotgan resurs va aktivlarning tegishli sifatlari ta’minlanganligi;  
▪  tegishli sug‘urta to‘lovlari qarab chiqilganligi; 
▪  fors-major  holatlari,  to‘xtab  qolishlar  xavfi  (yetkazib  berishda,  qurilishda  va 
boshqalar) harajatlarning o‘sishi hisobga olingan va ularning taqsimlanganligi; 
▪  loyihaning investorlarni qoniqtiruvchi ko‘rsatkichlarga egaligi; 
▪  foiz stavkalari va inflyatsiyaning haqiqiy olati hisobga olinganligi. 
Haqiqiy  investitsion  loyiha  har  doim  ham  yuqorida  sanab  o‘tilgan  barcha 
mezonlarga  mos  kelavermaydi.  Yuqoridagi  mezonlar  loyihaviy  moliyalashtirishni 
muvaffaqiyatli  kechishi  uchun  beshta  asosiy  tamoyillarni  belgilab  olishni  taqozo 
etadi. 
▪ investitsion loyihalarni hayotiyligi; 
▪ loyihani amalga oshirishda tajribali, kuchli va vijdonli hamkorlarning ishtiroki; 
▪ loyiha barcha risklarining hisobi va taqsimoti; 
▪ barcha xuquqiy jixatlarni tartibga solib borish; 
▪ loyihani  amalga  oshirishda  sifatli  biznes-rejaning  mavjudligi  va  aniq 
muvofiqlashgan harakat rejalarini ishlab chiqish. 
 
 



Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish