2. Risklarni boshqarish va risk darajasini pasaytirish yo‘llari
Investorlar uchun investitsiya kiritish vaqtidagi muhim masalalardan biri bu
mavjud investitsiya risklarini tahlil qilish va ularni boshqarish yo‘llarini aniqlashdan
iborat. Mavjud riskli muhitga qaramasdan ayrim brokerlik idoralarining fikricha,
qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki sotib olish qarori hamma vaqt irratsionaldir. Undan
1
. Мирзаев Ф.И. Молиявий рискларнинг турлари, таснифи, бошқариш ва баҳолаш усуллари. - Т.: «Молия».
2006. –234-б.
tashqari oxirgi yillardagi texnik analizning rivojlanishi, ko‘pgina hollarda investitsion
qarorlar (ayniqsa rivojlanayotgan bozorlar) yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan omillar
guruhini batafsil tahlil asosida qabul qilinadi.
Investitsion risklar nafaqat investitsion qarorlar qabul qilish, balki qilingan
investitsiyaning butun hayot siklida tahlil etish lozim. Investitsion qarorlarni qabul
qilish mas’uliyati va faoliyati jarayoni maxsuslashtirilgan moliyaviy vositachilar
tizimini shakllantirishga olib keladi va ular quyidagi funksiyalarni belgilangan
rag‘batlantirish evaziga o‘z yelkalariga olishadi:
- barcha yoki ularning ayrim sifatlari xususiy investitsiya risklari tahlili;
- investitsiya qarorlarini qabul qilish;
- investitsiya qarorlarini qabul qilish qilish uchun kerak bo‘ladigan
ma’lumotlarni taqdim etish;
- investorlarni u yoki bu ko‘rinishdagi risklardan sug‘urtalash (xedjerlash);
- investitsion risklarni keng doirada har qanday holat bo‘lmasin investitsiya
qilingan kapitalning to‘liq yoki qisman yo‘qotish sifatida anglash mumkin.
Mos ravishda investitsiya risklarini boshqarishning keyingi bosqichida
(muvofiqlashgan qimmatli qog‘ozlar bozori darajasi) investor siyosiy, makroiqtisodiy
va mikroiqtisodiy risklarni boshqarish tizimi zarurligi. Shunday qilib investor
tadbirkorlik risklarining tayanch ko‘rinishlarini asl ko‘rinishiga qaytishishi ko‘rinadi,
lekin bu boshqa sifatdagi darajada amalga oshadi.
Siyosiy va makroiqtisodiy risklar bilan bog‘liq risklarni boshqaruvi qoidaga
ko‘ra iqtisodiy sube’ktlarning o‘zaro munosabatlari me’yorida va siyosiy va
davlatlararo munosabatlar terminlarini tavsiflaydi. Investorlar nuqtai nazaridan, bu
turdagi risklar boshqaruvi vositachilari ularning manfaatlarini miqiyosida
to‘nashuvidan maqsad quyidagilarni
tashkil etadi: siyosiy partiyalar va harakatlar,
professional assotsiatsiyalar va biznes klublar va boshqalar.
Mikroiqtisodiy risklarni boshqarish (g‘arb adabiyotlari corporate governance
sifatida aytiladi), davlat makroiqtisodiy siyosati shakllanishiga ta’sir etish orqali
amalga oshiriladi, lekin odatda ularni minimizatsiyasi uchun moliyaviy vositachilar
(auditorlik kompaniyalari, boshqaruv konsultantlari) keyinchalik moliyaviy
infrastruktura elementlari sifatida qaraladi, shu orqali muammo bartaraf etiladi.
Investitsion risklarni boshqarish tizimi rivojlanish sxemasi shuni ko‘rsatadiki,
qimmatli qog‘ozlar bozori infrastrukturasini ob’ektiv ravishda paydo bo‘lishi va
shakllanishini risklarni minimallashtirish instrumenti sifatida qaraladi.
Investitsion risklarning organik o‘zaro uzviy aloqasi aniqlanishi tartibi amalda
uchramaydi, shu vaqtda infrastruktura risklarining umumiy kompleks tarzda ajratib
ko‘rsatishi o‘z navbatida uning tizimli tadqiqoti imkoniyatini isbotlaydi. Ushbu ish
hajmining qisqaligi moliyaviy strukturani xuddi investitsion risklarni boshqaruv
tizimi sifatida taxlil etishni chegaralaydi. Ushbu tizimlar sub’ektlarining o‘zaro
munosabatlari asosiy qonuniyatlari shakllanishidagi yondashuvlarni o‘rganish, milliy
qimmatli qog‘ozlar bozori doirasi (masshtabi)da, bu tizim amal qilishining
optimizatsiyasi
va
muvofiqlashuvi.
Talab
qilinayotgan
daromadlilikni
baholayotganda investitsiya riskining hisobga olinishining aniqligi uchun investor-
kompaniya kapitalining egasi qabul qilgan qarorlar mantig‘ini tushunish lozim.
Investorlar o‘z kompaniya pul mablag‘larini kapital bozoriga ma’lum bir aniq shart
sharoitlarda yo‘naltirishadi (tikilgan mablag‘ning qaytishiga turli xil risklar
analitikasi va qo‘shimcha ravishda daromad olish).
Kapital bozori bilan o‘zaro hamkorlikda, kompaniya menedjerlari moliyaviy
resurslarni bozor investorlaridan sotib oltishni afzal ko‘rishadi.
Taxlilning qiymat
modelining markaziy momenti – investorlar tomonidan kapatalga mablag‘ni
yo‘llashda tanlovni tan olish imkoniyatidir. Bozor investorlari alternativga ega
bo‘ladi, va bozor qancha rivojlangan bo‘lsa, alternativ ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Xuddi shunday kompaniyani moliyalashtirish manbalari orasida topish imkoni
mavjud. Ularning maqsadi - moliyalashning eng arzon variantini jalb qilish sharti
(kompaniyaga risklarni) bilan topishdan iborat. Kreditorlar (ushbu vaziyatda
investorlar) va investitsiyani qabul qiluvchilarning bozor munosabatlari kapital
bozorini shakllantirishadi. Kapital bozorining rivojlanishi kapital egasi qo‘lga
kiritadigan daromadlilik va investitsiya riski orasidagi bog‘liqlikni tushunish
imkonini berad. Daromadlilik tahlilining kalit jarayoni kapital bozorida moliyaviy
resursning “narx”ni aniqlashdan iborat.
Risk to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lgach, moliyaviy aktivlvrning, eng avvalo
aksiyalarning bazaviy narx shakklanish modellari xolatini aytishimiz lozim.
Risklarni
baholashning maqsadi investorga investitsiya loyihasini amalga oshirishda
qatnashishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish va mumkin
bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlardan himoyalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab
chiqish uchun kerakli ma’lumotlarni taqdim qilishdan iborat. Shunga ko‘ra, risk
tahlilini loyihaning barcha ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari maqsadga
muvofiqdir. Risk tahlili investitsion loyihaning barcha ishtirokchilari –
buyurtmachilar, pudratchilar, bank, sug‘urta kompaniyalari, lizing kompaniyalari,
mol yetkazib beruvchilar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Risklarni baholash,
odatda, bir-birini to‘ldiruvchi ikki turga, ya’ni:
- risk turlarini, uni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish
bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko‘zlovchi sifat tahlili;
- loyiha risklarini sondagi ifodasini loyiha ko‘rsatkichlari orqali hisoblash
imkonini beruvchi miqdoriy tahlilga bo‘linadi.
Risklarni tahlil qilish va baholashdan maqsad loyihaga ta’sir etuvchi risk
turlarini aniqlab, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini va usullarini qo‘llashdan
iboratdir.
Risklarni baholash deganda risk darajasini sifat va miqdor jihatdan aniqlash
tushuniladi. Risklarni pasaytirish usullari turlicha bo‘lib, ular risk turiga va risk
guruhiga qarab tanlanadi. Umuman olganda, risklarni aniqlash – sifat tahliliga;
risklarni baholash – miqdor tahliliga taalluqlidir. Risklarni boshqarish jarayoni
korxona hayotiyligining barcha bosqichlarida muntazam ravishda amalga oshirilishi
lozim. Risklarni boshqarish risk va foyda miqdorini oqilona qo‘shilmasini aniqlashga
qaratilgan harakatlardir. Risklarni boshqarishning asosiy maqsadi – ularni pasaytirish
hisoblanadi. Risklarni boshqarish quyidagi asosiy bosqichlarga bo‘linadi:
1. Risk omilini aniqlash;
2. Risk omilini tahlil qilish va baholash;
3. Risklarni pasaytirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish yoki risk oqibatlarini
bartaraf etish;
4. Risklarni oldini olish va nazorat qilish;
5. Risklarni boshqarish usullarini tanlash va qo‘llash;
6. Risk vaziyatlari va ularni oqibati xaqida ma’lumot to‘plash va kelajakka
tavsiyalar ishlab chiqish.
Shu o‘rinda aytish joizki, risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya’ni
loyihaga ta’sir qila oladigan voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushiniladi. Riskni
boshqarishdan maqsad, eng avvalo, riskning oldini olishdir. Qaror qabul qilayotgan
shaxs yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush voqealarning oqibatini yaqqol tasavvur
etishi kerak. Bu uning keyingi harakatlarini belgilab beradi. Bank boshqaruvi
xodimlari o‘z ishlarini amalda joriy qilishlari uchun riskni oldini olish taktika va
strategriyasini ishlab chiqishlari kerak
Risklarni baholash algoritmi (ketma-ketligi) quyidagi tartibda bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |