Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


O‘ZBEK POEZIYA NAMUNALARI TARJIMASINING INGLIZ TILIDAGI INTERPRETATSIYASI



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/84
Sana22.02.2022
Hajmi4,91 Mb.
#113695
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84
Bog'liq
2019-3-son

O‘ZBEK POEZIYA NAMUNALARI TARJIMASINING INGLIZ TILIDAGI INTERPRETATSIYASI 
Yusupov O.N. - Toshkent davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi 
Annotatsiya. Маzkur maqolada o‘zbek poeziya namunalarining tarjimasining ingliz tilidagi 
interppretatsiyasini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Zero, adabiy aloqalar xalqlar o‘rtasida birdamlik ruhiyatini 
yaratadi. 
Kalit so‘zlar: tаrjima, interpretatsiya,poeziya, til. 
ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ПЕРЕВОДОВ ОБРАЗЦОВ УЗБЕКСКОЙ ЛИРИКИ НА АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ
Юсупов О.Н. – соискатель Ташкентского государственного педагогического университета 
Аннотация. В данной статье анализируется интерпретация переводов образцов узбекской 
лирики на английском языке. Поскольку литературные связи создают дух сплоченности между 
народами. 
Ключевые слова: перевод, интерпретация, поэзия, язык. 
INTERPRETATION OF ENGLISH POEMS EXAMPLES IN ENGLISH 
Yusupov O.N. - Tashkent state pedagogical university, independent researcher
Annotation. In the given article interpretation of transfers of the Uzbek poetic samples is analyzed. As 
on the basis of the literature the relation of the different people develops. 
Key words: translation, interpretation, poetry, language. 
Badiiy adabiyotni yanada chuqurroq tadqiq etish, jumladan, badiiy asar matnida qo‘llanilgan tasviriy 
vositalar, poetik tasviriy vositalarni qiyosiy o‘rganish hozirgi filologik tadqiqotlarning ustuvor ilmiy-nazariy 


147 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘zbek va inglizabon adabiyotlarida she’riy tarjimalar XX asrning o‘rtalaridan 
jadal rivojlanib borgan. Bunday adabiy aloqalar, albatta, xalqlar o‘rtasida birdamlik ruhiyatini yaratadi. 
O‘zbek adabiyotidan ingliz tiliga tarjima qilingan she’riy asarlarni o‘rganamiz. 
Shunday tarjimalardan 1958-yilda Moskvada ingliz tilida “Uzbek poetry” (“O‘zbek she’riyati”) nomi 
bilan ko‘p asrli o‘zbek she’riyatining muxtasar antologiyasi nashr etildi. Nazarimizda, bu nashr antologiya 
sifatida inglizchaga tarjima yosinidagi ilk qadamdir. Kitobga o‘n to‘rtta o‘zbek shoiri (3 shoir mumtoz 
adabiyot, 11 shoir zamonaviy she’riyat vakillaridan)ning ijodidan namunalar kiritilgan edi. Kitob 
adabiyotshunos olim Izzat Sultonning “A few words about Uzbek poetry” (“O‘zbek she’riyati haqida bir 
necha so‘z”) nomli so‘z boshi bilan ochiladi. Unda olim ko‘p asrlik o‘zbek she’riyati haqida ingliz o‘quvchilari 
uchun yangilik bo‘lgan ma’lumotlar berib o‘tadi. Xususan, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u Bilig” nomli 
didaktik asari, Yassaviy, Qutb, Xorazmiy, Durbek, Atoyi kabi shoirlar ijodi, Lutfiyning “Gul va Navro‘z” 
dostoni borasida fikr yuritadi. Buyuk tafakkur sohibi, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiyning “Xamsa”, 
“Xazoin ul-maoniy” (muallif maqolada “Chordevon” deb yozadi) kabi kitoblariga kiritilgan dostonlar va 
g‘azallar, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari, shuningdek, zamonaviy o‘zbek shoirlari: Hamza, G‘afur 
G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Uyg‘un, Mirtemir, Zulfiya, Mirmuhsin, Asqad Muxtor, Mamarasul Boboyev, 
Quddus Muhammadiy hamda ulardan keyingi avlod vakillari ijodi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar qilgan va 
maqolani mazmunli qilgan, boyitgan. Har bir muallif haqida qisqacha biografik ma’lumotlar berilganligi 
kitobning qiymatini yanada oshirgan. 
Mazkur antologiyaga Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidan parcha hamda uch g‘azali va 
hikmatlari kiritilgan. Shuningdek, Muqimiy va Furqatning g‘azallari ham mumtoz she’riyat namunalari 
sifatida kitobdan joy olgan. 
Kitob tuzuvchilari ingliz kitobxonini zamonaviy o‘zbek she’riyatining atoqli namoyandalari ijodi bilan 
kengroq tanishtirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan. Tarjima uchun, asosan, shoirlarimizning 
ma’lum va mashhur she’rlari tanlab olingan. She’rlarni (albatta, rus tili orqali o‘girilgan, deb hisoblash kerak) 
V.Iyevleva, D.Rotenberg, O.Moiseyenko singari tarjimonlar ingliz tiliga o‘girganlar. Ushbu antologiya ingliz 
o‘quvchisiga o‘zbek she’riyatining olis yellari haqida yaxshigina tasavvur berishi bilan qadrlidir
1

Amerikalik shoir Mel Ken va Turkiyada yashab ijod qilayotgan, o‘zbek adabiyotining otashin 
jonkuyarlaridan Temur Xo‘ja o‘g‘li, Fitrat va Cho‘lpon ijodini o‘rgangan olimlardir. Ularning tarjimalaridan 
misol keltirsak:
Asliyatda: 
Ko‘ngil 
Ko‘ngil, sen bunchalar nega 
Kishanlar, birla do‘stlashding? 
Na faryoding, na doding bor, 
Nechun sen muncha sustlashding? 
Haqorat dilni og‘ritmas, 
Tubanlik mangu keimasmi? 
Kishanlar parchalanmasmi? 
Qilichlar endi sinmasmi? 
Tiriksan, o‘lmagansan, 
Sen-da odam, sen-da insonsen, 
Kishan kiyma, 
Bo‘yin egm, 
Ki sen ham hur tug‘ilg‘onsen! 
Tarjimada: 
Heart 
Oh, my heart! Why do you behave. 
So amicably toward these chairs? 
1
Бегойим Холбекова. Ўзбек тилидан инглиз тилига таржималар тарихидан. // Шарқ юлдузи журнали, 2010. №4. 


148 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
You never weep or writhe in pain 
How can you endure your endless silence? 
Don’t the insults ever offend you? 
Is there no end to your submission? 
Will you ever break free one chain? 
And can the swords ever be shattered? 
You are a live, not a dead thing, 
You are still manly, wholly human. 
Don’t bear these chains, 
Don’t bend down, 
Know that you too were free born! 
Asliyatda: 
Kuz 
Ko‘m-ko‘k ekan, sarg‘aydilar yaproqlar 
Og‘riq, mag‘lub, tutqun Sharqning yuzidek. 
Bo‘ronlarning ko‘zlarikim, o‘ynoqlar, 
G‘olib G‘arbning qonga to‘lgan ko‘zidek. 
Qora bulut to‘dasikim ko‘klarni 
Sharqni yopgan yang‘lig‘ yopmishdir. 
Kuz qo‘shini — og‘u bulut o‘qlarni 
Yoz bag‘riga hech sanoqsiz otmishdir! 
Balo yanglig‘ qator-qator chizilib, 
Ko‘k yuzidan qarg‘alar ham o‘talar. 
Sharqdek ichdan yashiringina ezilib, 
Ko‘p jonlilar so‘nggi tinni kutalar. 
Butun borliq — chog‘liq o‘chish oldida, 
Sovuq... qora kishga ko‘chish oldida... 
Tarjimada: 
Fall 
The green leaves have all gone yellow 
As the sick, captive, broken face of the East 
The eyes of the twisters dance 
Like the bloody victorious leers ohe West. 
The sky was shrouded by a bank of black clouds, 
Like the veil that covers the face ohe East. 
The armies of all have launched their myriad 
Poisoned arrows toward summer’s bare chest. 
Also, there in sky passes a flock of crows, 
A misfortune compounded by several dark rows. 
Many souls stand a waiting the final breath, 
Like the East that secretly mourns its sorrows. 
All existence sits perched on the eve of expiration. 
On the eve of moving on to winter’s icy foundation. 
Ushbu she’riy tarjimalarni Mel Kene va Temur Xo‘ja o‘g‘li juda yuksak estetik did va mahorat bilan 
tarjima qilishgan. Lekin birinchi she’riy tarjimada, mutarjimlar “Ko‘ngil” so‘zini “Yurak”, ya’ni “Heart” so‘zi 
bilan tarjimani sarlavhasini noto‘g‘ri berishgan, aslida uni “soul” so‘zi bilan ifoda etishganda tarjima yanada 
aniqroq chiqqan bo‘lardi. Keyingi tarjimada esa “Kuz” so‘zini majoziy o‘xshatish bilan “tugallanish” yoki 
“to‘kilish” so‘zlari bilan tarjimani maromiga yetkazishgan. 
Shuni ham qayd etish lozimki ingliz va amerika tarjimonlari “Boburnoma”ni tarjimasini bevosita 
asliyatdan, tarjima qilib o‘rganishgan. Shunday mutarjimlardan biri, bu Jon Leyden bo‘lib, u ingliz 
sharqshunosligida alohida o‘rin tuadi. Jon Leyden boburiylar tarixini ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish uchun 


149 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
kelganlardan biri bo‘lgan. U o‘z davrining mashhur hakimi va shoiri edi shu bilan birgalikda. Uning rafiqasi 
Izabella Skott esa Buyuk Britaniyaning taniqli a’yonlaridan biri, mashhur yozuvchi Valter Skottning 
singlisidir. Jon Leyden, “Boburnoma”dan qilgan nasriy va nazmiy parcha tarjimalarini adib Valter Skottga 
taqdim etganda, u hayratda qoladi. Asardagi tarix, geografiya, ma’danshunoslikka oid ma’lumotlarni maxsus 
fanlar bilan shug‘ullanuvchi olimlar xukmiga havola qiladi, o‘zi esa Boburning ijodiy faoliyatiga qiziqib, uning 
she’riyatiga juda yuqori baho beradi. Valter Skott “Boburnoma” tarjimasini yaratishda Jon Leydenga ham 
moddiy, ham ma’naviy ko‘mak berganligi ma’lum. Jon Leyden asar qo‘lyozmalarini 1804—1805-yillarda 
turkiy asliyatdan o‘rganishga kirishgan, lekin u asar tarjimasini oxiriga yetkaza olmaydi, sababi u vafot etadi. 
Uning vafotidan so‘ng, tadqiqotni u bilan bir vaqtda forscha tarjimadan o‘girishga kirishgan Uilyam Erskin 
poyoniga yetkazadi va 1826-yilida chop ettiradi.1 
Henri Beverij va Anetta Susanna Beverij ham “Boburnoma” asarini tarjima qilishda qiyinchilikka duchor 
bo‘lishgan, ular turkiy va fors-tojik tilidan habardor bo‘lsada, she’riy satrlar qatiga jo qilingan ruhiyatni, 
shira, nozik sharqona ma’nolar, tavoze, takalluf, odob-axloq, xatti-harakatlar, mubham tushunchalarni to‘la 
berisha olmagan buni aytish qiyin. Xuddi shuni e’tirof etib, A.Beverij xonim Boburning badiiy mahoratini 
quyidagicha ta’riflaydi: “Boburning ikkinchi satridagi ruhiy hissiyotiga biror qo‘shimcha qilishga ojizman. Bir-
biriga zid fikrlar nimani anglatishini tushunib yetish mushkul. Bobur o‘zining ichki ruhiy aks sadolarini 
she’rlarda namoyon qiladi. Shayx Zayn butun voqealarini nazmda tasvirlab, shunday shoirona uslubda 
davom etadi... Bobur voqealar bitilgan sahifalarning satrlarini o‘zining olijanob qalbidan uzr so‘ragan holda 
pushaymonlik, kayfiyatiga cho‘mib, o‘z qalb yaralarini barmoq tirnoqlari ila timdalab, tanbeh pichog‘i bilan 
saralab qofiyaga olgan. Men bunday botiniy ilohiy misralarni nazarda tutgan holda, uni tangriga bo‘lgan 
tavba iltijosi va A’lo hazratlarining aytgan betakror so‘zlari har qanday ezonlarning so‘zlaridan ham 
qudratliroq, deb tushunaman
2
”. 
Jumladan angliyalik tadqiqotchilar orasida birinchi bo‘lib Olaf Kerou “Sovet saltanati. O‘rta Osiyo va 
stalinizm” kitobida Cho‘lpon shaxsiyati va ijodiga alohida e’tibor bergan edi. Kitobning “Chig‘atoy merosi” 
bobida Cho‘lpon va Mag‘jon ijodi qiyoslanadi: «Mag‘jon – kun, men – tun» atamasini turkiy xalq (kun) va 
o‘rislarga (tun) nisbatan qo‘llangan bo‘lsa, Cho‘lpon “sharq” va “g‘arb” atamalarini ishlatib, bular orqali 
ezilganlar (sharq) va zolimlarni (g‘arb) nazarda tutgan edi”, deb to‘g‘ri xulosaga keladi, tadqiqotchi. 
Olaf Kerou fikriga ko‘ra mumtoz adabiyotimiz Alisher Navoiy bilan boshlanib, Cho‘lpon bilan tugaydi. 
Olim Cho‘lpon she’rlaridan misollar keltiradi va uni tahlil qiladi. Olaf Kerouning kuzatishicha, “Cho‘lpon 
1926-yilgacha milliy ruhda she’rlar yozgan. Shoirning ilk she’rlarini hozir topib bo‘lmasa kerak”, deb 
afsuslanadi u. 
She’riy janrlardan bo‘lgan, qasida janrida teran falsaiy fikrlari keng va batafsil bayon qilgan, 
Shayboniyxonning “Bahr ul-hudo” (“Hidoyat dengizi”) deb nomlangan qasidasini ingliz sharqshunosi Ch.Riyo 
o‘rgangan. Ushbu qasida hijriy 914-yilning muharram oyida — milodiy 1508-yil may oyining 3—14-kunlari 
Baston va Domg‘on (Xuroson) shaharlarida yozilgan 260 bayt (520 misra)dan iborat mazkur qasidaning 
hozircha yagona deb hisoblangan qo‘lyozma nusxasi ham Britaniya muzeyi kutubxonasining Sharq 
qo‘lyozmalari bo‘limida Add. 7914y. raqami bilan qayd etilgan va Ch.Riyo tomonidan tavsifi berilgan yirik 
majmua tarkibidan joy olgan. 
Shayboniyxonning “Bahr ul-xudo” qasidasini amerikalik olim A.Bodrogligeti “Ural—Oltoyshunoslik 
xalqaro jurnali”da, mazkur qasidani so‘zboshi, izoh va lug‘at bilan nashr ettirgan. Noshir asarni o‘rta asr 
Sharqida turkiy tilda yozilgan eng uzun qasida deb hisoblaydi va shoirning ba’zi mavzularda, ayniqsa, ilm 
haqidagi fikrlari tarqoq holda berilganligini nazarda tutib, qasidani ko‘chirgan kotib uning asl tuzilishini 
o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin, deydi. Olim asarning umumiy uslubi Sa’diy uslubiga o‘xshab ketadi, xususan, 
qasidaning Shayboniy nasihatlaridan iborat o‘rinlari “Guliston”ning bevosita ta’sirida yuzaga kelgan, degan 
fikrga keladi. Shuningdek A.Bodrogligeti mazkur nashrda yozgan so‘z boshida Shayboniyning “Risolai 
1
Biography of John Leyden’s “Memoirs of Zehired-din Muhammed Babur ” annotated and revised by sir Lucas King., in two volumes, volume II. P., 
445-447. Humphrey Milford Oxford University Press., 1921. 
2
Zany Al-Din Khwafi, Zain Khan’s Tabaqat-i Babur., Translated by Sayed Hasan Askari., Annotation by B.P.Ambastha. Delhi; Idavah-i adabiyati., Delhi., 
1982.


150 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
maorif” asarini qayd etadi va bu asar ham “Devon” va “Bahr ul-hudo” kabi shoirning yetuk bilimdon, 
taqvodor musulmon, raiyat va islom dini haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi inson sifatida ko‘rsatadi, deydi
1

Demak, yuqoridagi tarjimalarda, balki, qandaydir kamchiliklar bo‘lishi mumkin, albatta, chunki har 
qanday tarjima, bizning nazdimizda, amalga oshirib bo‘lmaydigan muammoni hal etishga tirishqoqlik bilan 
urinishdek ko‘rinadi. Negaki har bir tarjimon ikki to‘g‘anoqning biriga, ya’ni o‘z xalqining tili va uslubiga 
haddan tashqari amal qilgani oqibatida asliyatga yoki asliyatga ortiq darajada amal qilgani natijasida o‘z 
xalqining o‘ziga xos xususiyatiga borib urilishi kerakdek go‘yo. Ikkalasining orasida o‘rtamiyona narsaga 
erishish nafaqat qiyin, balki chindan ham buning imkoni yo‘q. 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish