Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/84
Sana22.02.2022
Hajmi4,91 Mb.
#113695
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84
Bog'liq
2019-3-son

Key words: teaching methods, research methods, literary education, analysis, problem, integraticon, 
toponyms, hydronyms. 
So’nggi yillarda ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti natijasi o’laroq o’quv-tarbiyaviy ishlar jarayonida ta’lim 
texnologiyalari, metod va usullari integratsiyasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. O’qitish metodlari, ta’lim 
mazmuni, didaktik maqsad, pedagogik layoqatga aloqadorlikda o’quvchilarning yosh va individual 
xususiyatlariga ko’ra tanlanadi. Albatta, bu mezonlar bevosita o’qituvchi va o’quvchilarning hamkorlikdagi 
faoliyati asosida dinamik xarakter kasb etadi. Adabiy ta’lim jarayonida yozuvchi ijodiy laboratoriyasi, 
asarning badiiy-estetik qimmati, tarbiyaviy ahamiyatini tadqiqi qilish ta’lim strategiyalariga yondashuv 
masalasiga ko’ra muhim ahamiyatga ega. 
Ta’lim metodlari tushuntirish-illyustrativ, reproduktiv, muammoli tahlil, qisman izlanuvchanlik 
(evristik), tadqiqot metodlarining nazariy jihatdan tushunarli, ayni paytda bir-birini takomillashtirishga ko’ra 
tasniflanadi (N.I.Kudryashev). 
Amaliyotda o’zbek adabiyotini o’quv fani sifatida o’rganishga doir quyidagi metodlar qayd etilgan: 
- badiiy asar mazmun-mohiyatini o’zlashtirish, adabiyotni ilmiy asosda anglashga yo’naltiruvchi – 
ijodiy o’qish metodi; 
- yozuvchi qo’yigan masalalarni aniqlash, ularni hal qilish yo’llarini belgilash, asar tarkibiy qismlarning 
uzviy bog’liqligini tushunish va tahlilga qaratilgan – evristik (izlanish) metodi; 
- mustaqil ishlarni bajarish orqali badiiy asar mohiyatini ochish, asarning g’oyaviy va badiiy 
ahamiyatini baholash ko’nikmasini o’stirishga doir – tadqiqot metodi; 
- bilimlarning yodda saqlanishini ta’minlash va qayta ishlab chiqishda muhim o’rin tutuvchi 
reproduktiv metod
1
.
Uzluksiz adabiy ta’limda, asosan, muayan hayotiy kuzatishlar va tajribalarga egalik nuqtayi nazaridan 
yuqori sinflarda qo’llash samarali bo’lgan metodlardan biri tadqiqot metodidir. Badiiy asarda ilgari surilgan 
hayotiy-maishiy, ijtimoiy-g’oyaviy muammolarni mustaqil tadqiq qilish jarayonida uning yechimiga oid bir 
qator g’oyalarning taklif etilishi va boshqa variantlar bilan taqqoslashga yo’naltirilish tadqiqot metodining 
muhim xususiyatlari sifatida qayd qilish mumkin. 
N.I.Kudryashev, O.Yu.Bogdanova, M.A.Zaldiner, A.Zunnunov, Q.Hasanboeva, R.Niyozmetova, 
Z.K.Kudashev kabi metodist olimlarning e’tirof etishlaricha, tadqiqot metodi qisman izlanish metodiga yaqin 
tursada, zamirida birmuncha murakkab nazariy masalalar hal qilinishi, qo’yilgan masala yuzasidan 
o’quvchilarning dalillar to’plash, tahlil qilish, tizimlashtirish, umumlashtirish hamda ilmiy xulosalarga kelish 
kabi amaliy ishlarni mustaqil bajarishlari ko’zda tutiladi.
Fikrimizcha, adabiyot ta’limida muayan mavzu atrofidagi tadqiqot topshiriqlari mazmuni asar 
g’oyaasini ilgari surishda tanlangan yo’nalish, har bir voqea-hodisa, obraz yoki manzara-holatning badiiy-
estetik jihatdan muallif maqsadini ifodalash; kompozittsion vositalarning izchillikda bir butun qiyofa aks 
etishi; personajlar ichki dunyosining falsafiy-psixologik tahlili kabi tamoyillarni qamrab olishi zarur. 
So’nggi paytlarda uzluksiz adabiy ta’lim tizimida o’qituvchilar tomonidan tadqiqot metodini
So’nggi paytlarda uzluksiz adabiy ta’lim tizimida o’qituvchilar tomonidan tadqiqot metodini qo’llashga 
oid: mavzu doirasida konkert maqsad va vazifalarni aniqlash; o’quv muammosini belgilash; o’quvchilar bilan 
birgalikda tadqiqot mavzusini muhokama qilish; ilmiy-tadqiqot mazmunini to’g’ri shakllantirish; muallifni 
o’quvchi shaxsga yaqinlashtirish muhokama qilish; ilmiy-tadqiqot mazmunini to’g’ri shakllantirish; muallifni 
1
Зуннунов А. ва бошқ. Адабиёт ўқитиш методикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. – 65-71-б. 


143 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
o’quvchi shaxsga yaqinlashtirish va matn mohiyatining tahliliga oid savol-topshiriqlar tuzish; o’quvchilar 
faoliyatini muntazam nazorat qilish va ularga tegishli yo’l-yo’riqlar va matn mohiyatining tahliliga oid savol-
topshiriqlar tuzish; o’quvchilar faoliyatini muntazam nazorat qilish va ularga tegishli yo’l-yo’riqlar ko’rsatib 
borish; o’quv materialini o’rganishga doir tahlil usullarini tanlash; tadqiqot ishi mazmunini muayyan shakl va 
mazmunda baholash kabi faoliyat turlari tashkil etilayotgani kuzatilmoqda. 
O’quvchilarning bu boradagi faoliyati quyidagi ishlarni amalga oshirish jarayonida o’z aksini topadi: 
a) asarda qo’yilgan muammoni aniqlash doirasida fikrlarni asoslovchi dallilarni to’plash, taqqoslash, 
tizimlashtirish va umumlashtirish; 
b) badiiy-estetik tahlil jarayonidagi faollik va izlanuvchanlik; 
v) muammo yechimiga doir g’oya va nuqtayi nazarlar yuzasidan bahs-munozara uyushtirish; 
g) tadqiqiy masalalarni belgilash, yo’l-yo’riqlarini o’zlashtirish; 
d) olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan hisobat shaklidagi portfolio, referat, lug’at, xarita yoki taqdimo 
yoki taqdimot kabi mustaqil ijodiy ishlar tayyorlash va hokazo. 
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari uchun mo’ljallangan “Adabiyot” fani o’quv 
dasturi Uqtirish xatida belgilanganidek, “milliy va jahon adabiyotning nodir namunalarini o’qitish orqali 
o’qvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish hamda ularda mustaqil fikrlash, 
obrazli tafakkurga oid bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish”
1
masalasi o’quvchilarga 
ta’lim-tarbiya berishning samarali shakl va usullarini qo’llashni taqoza etadi.
Tadqiqot metodini o’quvchilar mustaqil ravishda faoliyat yurita olish darajasiga yetganida qo’llash 
ijodiy samara berishi allaqachon amaliyotda o’z tasdig’ini topgani ma’lum. SHu nuqtayi nazardan 
yondoshilganda, umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-sinfida Amerika adabiyotining yirik namoyondasi 
Jek Londonning iroda, matonat, yashash uchun kurash kabi xususiyatlar yorqin ifodalangan “Hayotga 
muhabbat” hikoyasini tadqiqot metodi asosida o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun o’qituvchi tomonidan mashg’ulot turi va shakli belgilanadi; munozara uchun mavzular 
tavsiya qilinadi; butun sinfga asar syujeti, kompozitsiyasi tamoiyllari doirasida tahliliy muammo qo’yiladi; 
o’quvchilarning jamoa bo’lib yoki indvidual tarzda faoliyat yuritishlariga oid ish usullari belgilanadi. 
O’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlari darajasiga hamda asarning janr, mavzu xususiyatiga ko’ra qo’yidagi 
vazifalar topshiriladi: 
- Jek London biografiyasi va ijodiga oid qo’shimcha ma’lumotlarni aniqlash; 
- ingliz va o’zbek adiblari ijodidagi mushtarak jihatlar yoritilgan maqolalarni o’rganish; 
- asar matnidan adib shaxsiyati bilan bog’liq o’rinlarni topish; 
- matndagi kalit so’zlarni belgilash va ularning vazifasini baholash; 
- yo’lovchining xarakteri qirralarini ochib berishga xizmat qilgan detallarni aniqlash va kontekstdagi 
vazifasini belgilash; 
- adabiy qahramonlarning shaxs sifatidagi ma’naviy-axloqiy xususiyatlarini qiyoslash; 
- matndagi toponimlar (joy nomlari) va gidronimlar (daryo va suv havzalarining nomi)ning real yoki 
to’qimaligini, mavjud bo’lsa ularning bugungi kunda qaysi davlat hududida ekanligini aniqlash; 
- hikoyada tasvirlangan joylar yoki asar qahramonlarining safar yo’nalishi xaritasini tuzish; 
- yo’lovchiga yashash ishtiyoqini bag’ishlagan vositalarni izohlash; 
- asar voqealari sodir bo’lgan joylarning iqlimi, nabotot va hayvonot olami tasviri bilan o’lkamiz 
tabiatining o’ziga xosligini birlashtirish; 
- asarda tasvir etilgan voqea-hodisalar yuzasidan rasm ishlash; 
- izohlash so’zlar lug’atini yaratish. 
Quyida hikoya matni bilan bog’liq topshiriqlardan ko’zda tutilgan natijalarga doir namunalar 
keltiriladi: 
Kalit so’zlarni aniqlashga doir topshiriqlar: Ma’lumki, kalit so’zlarni aniqlashga oid topshiriqlar matn 
ustida olib boriladigan ishlarning tarkibiy qismlaridan biridir. Matndan asosiy so’zlarni ajratish, ularning 
ma’nosi va asardagi funktsiyasini belgilash o’quvchilarni nazariy yo’nalishdagi masalalarni tadqiq qilishlarida 
1
Умумий ўрта ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартини тасдқилаш тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси 
Вазирлар Маҳкамасининг Қарори. – Т.: www.lex.uz. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2017 йил, 14 (774)-сон, 230-
модда. – 33-б. 


144 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
muhim o’rin tutadi. O’ranilayotgan mavzu yuzasidan ma’lumotlar to’plash, ularni mustaqil tahlil qilish, 
nazariyani amaliyotga tatbiq etish kabi faoliyat turlari tadqiqot metodining muhim jihatlaridandir. Bunda 
mavzuga doir bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchilar duch keladigan qinchiliklar o’qituvchining diqqat 
markazida turmog’i zarur. 
Asar matnidagi kalit so’zlarni aniqlashda dastlab qahramon ruhiyati, xarakter xususiyatlarni ochib 
berish yoki syujet chizig’ida muayan vazifalar yuklatilgan voqea-hodisalar bilan bog’liq so’zlarni aniqlash va 
mazmunini izohlash topshirig’ini berish mumkin. Masalan, miltiq, soat, qop, gugurt cho’plari, o’t (olov), 
odeal, kotelok, qaynagan suv, bug’u terisidan qilingan xaltacha, ochlik azobi, botqoq mevalari, qamishzor, 
baliqchalar, kaklik, kasal bo’ri kabi asosiy so’zlarning ma’nosini, syujetdagi o’rniga baho berish orqali 
o’quvchilarda yo’lovchining iroda sifatlari yoki intilishlaridan ko’zda tutilgan maqsad idrok qilinishi kabilar 
belgilanadi.
O’quvchilar mazkur so’zlarning qo’llanilishiga doir fikr-mulohazalarini bayon etish, firklarini asoslash 
jarayonida matndagi muayan epiozdlarga murojaat qiladi. Muallifning tasvir uslubi va mahoratiga 
munosabatlarini ifodalaydi, so’zlar tagzaminidagi ma’no mohiyatiga kirish, muhimi, asar markazidagi 
shaxsiyatni anglashga urinadi. Kalit so’zlarni topishga yo’naltirish orqali o’quvchilarda mavzuni o’zlashtirish 
bilan bog’liq onglilik va emotsional ko’nikmalar shakllanadi. Masalan, lavhalardan hayot tasodiflari ba’zan 
omadga yo’g’irilgan bo’lsa, ba’zan shafqatsizligi, moddiyatni afzal bilish kutilmagan baxtsizliklar sababchisi 
yoki umr intihosi bo’lishi haqidagi g’oya singdirilgan so’zlarni topish va syujetning tarkibiy qismlarida 
ularning qanday o’rin borligini aniqlash vazifasini berish mumkin. 
“Odam top-toza qilib qo’yiladigan, yarqiroq qizg’ish suyaklarga qarab turdi. Suyaklarning rangi 
qizg’ish edi, chunki undagi hayot hali so’ngmagandi. Kechqurunga borib, ehtimol, uning taqdiri ham 
shunday bo’lar. Hayot shunaqa, hayot bevafo va bebaqo. Lekin hayot alam chektiradi, o’limda esa qiynalish 
yo’q. O’lmoq uxlamoqdir, o’lim orom olmoqdir. Bo’lmasa nima uchun u o’lishni istamaydi? 
Lekin u uzoq o’ylab o’tirmadi. Ko’p o’tmay u cho’kka tushdi-da, suyaklarni kemira boshladi, 
suyaklarga qizg’ish tus berib turgan hayotning oxirgi nishonlarini so’rmoqqa tutindi. Go’shtning o’tmishdan 
qolgan xotira singari bo’lib tuilgan sezilar-sezilmas mazasi uni o’zini yoqotar darajada hayajonga soldi. 
Suyakni tishlari orasiga olib, g’ajib boshladi. Goh suyak sinar, goh uning tishi sinardi. Keyin u suyakni tosh 
bilan yanchib, ochko’zlik bilan yuta boshladi. SHoshilganidan toshni barmoqlariga urar, ammo qancha 
hovliqmasin, nima uchun og’riqni sezmayyotirman deb ajablanib qo’yardi”
1

E’tibor qilinsa, yo’lovchiga sarguzashtlari davomida bug’u terisidan tikilgan xaltacha hamrohlik qiladi. 
Muallif kitobxonga xaltacha ichida nima borligini bildirmaydi. Bu jim turishlik ma’nosini sinchkov kitobxon 
ilg’amasligi ham mumkin emas, voqealar rivojida bu detalning kiritilishi borasida nimanidir sezadi. Asar 
yakunida esa, sir ma’lum bo’ladi, uning funktsiyasi oydinlashadi: 
“U o’rmalab o’tgan boshqa odamning izidan borardi. Ko’p o’tmay, o’zidan oldingi odamning manziliga 
yetib keldi. Ho’l chimliq ustida kemirib tashlangan suyaklar va bo’rining iziga ko’zi tushdi. Yerda xuddi 
o’zinikiga o’xshagan, o’tkir tishlar tortqilab yirtgan bug’u terisidan tikilgan xalta yotardi. Bunday og’ir yukni 
ko’tarishga madori kelmasa ham, kuchsiz barmoqlari bilan qopni yerdan ko’tarib oldi. Bill oltinlarni so’nggi 
daqiqalarga qadar tashlanmagan....”
2

Asar matn ustida ishlash jarayonida o’quvchilar faoliyatini hayotga muhabbat g’oyasi, o’zlikni anglash, 
insonning tabiat kuchlariga qarshi kurashi, shukronalik, do’stga sadoqat tuyg’ulari kompozitsion markaz 
talablariga muvofiq tanlaganini aniqlashga yo’naltirish maqsadga muvofiq. 
Badiiy adabiyotni mavzu, g’oya, tasvir tamoyillari, obrazlar talqini jihatidan baholashda ayrim asarlar 
syujetidagi mushtarak nuqtalarni birlashtirish vazifasini bajarish ham taqozo qilinadi. O’zbek adabiyotida 
N.Norqobilovning “Oqbo’in”, N.Fozilovning “Ko’kyol”, P.Qodirovning “Xatarli uchrashuv” kabi asarlar bilan 
“Hayotga muxabbat” hikoyasidagi ayrim epizodlarni qiyoslash asnosida o’quvchilarning mantiqiy tafakkuri 
1
Тўхлиев Б. ва бошқ. Адабиёт. Ўрта таълим муассасаларининг 10-синф ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълим муассасаларининг ўқувчилари 
учун дарслик-мажмуа. – Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2017. – 161-б. 
2
Тўхлиев Б. ва бошқ. Адабиёт. Ўрта таълим муассасаларининг 10-синф ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълим муассасаларининг ўқувчилари 
учун дарслик-мажмуа. – Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2017. – 163-б. 
6.Матчанов С. ва бошқ. Ўқиш китоби. Умумий ўрта таълим мактабларнинг 4-синф учун дарслиги. – Т.: “Янгийўл полиграф сервис”, 2017. – 
139-б. 


145 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
rivojida ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xususan, yirtqichlar ta’qibiga uchragan insonning aql-idrok bilan yo’l 
tutishiga oid lavhalar tasvirini bunga misol qilish mumkin: 
“...Meni sergaklanib kuzatayotgan haligi kulrang jonivorlar it emas edi. Men ularning bo’ri ekanligini 
tushundim-u, yetim junjikib ketdi. Bir lahza o’zimni yo’qotib qo’ydim. Keyin sal hushumni yig’ishtirib 
qarasam, oyoqlarim go’yo o’zidan o’zi yurib ketayapti. To’xtashga ham, jadallashga ham, avzoyimni 
o’zgartirishga ham, hatto bo’rilarga yana bir qarashga ham jur’at yo’q. To’g’riga qarab avvalgiday yurib 
ketyapman-u, butun vujudim bilan bo’rilar tomonga quloq solaman...” 
Kishining qo’riqqanini sezsa, jur’atsiz kuchuk ham hujum qiladi, men buni yaxshi bilar edim. SHunning 
uchun yuragim vahimadan uvishib ketayotgan bo’lsa ham boyagiday shoshilmay, bo’rilarni ko’rmaganday 
bir maromda yurib borardim...”
1
(P.Qodirov. “Xatarli uchrashuv”). 
“... Orqadan xirillagan bir tovush eshitildi, bu xo’rsinishmi, yo’talmi – bilib bo’lmasa edi. G’oyat zaiflik 
va karaxtlikni juda sekinlik bilan yengib, u ikkinchi yonboshiga ag’darildi. Yaqinda hech narsa ko’rinmadi. U 
sabr bilan kuta boshladi. Yana xirillagan va yo’tal eshitildi. Yigirma qadamcha narida o’tkir qirrali ikki 
toshning orqasidan bir bo’rining kulrang boshi ko’rindi... 
... U esa orqasidan kasal bo’ri ergashib kelayotganini, kasal odam avval o’ladi degan umidda ekanligini 
tushunardi”
2
(J.London. “Hayotga muhabbat”).
Qiyosiy mazmundagi topshiriqlar uzluksiz adabiy ta’lim bosqichlari dasturlari o’rtasidagi mantiqiy 
bog’liqlikni aniqlashga xizmat qilishi, shuningdek, turli zamon va makonda yashab ijod qilgan 
yozuvchilarning ijodiy yo’nalishi, tasvir uslubidagi mushtaraklik haqida ma’lumot berish nuqtayi nazaridan 
ham samaralidir. 
Fanlararo integratsiyaga oid topshiriqlar. Adabiyotni boshqa fanlar bilan integrativ yondashuv asosida 
o’rganishga oid topshiriqlar o’quvchilarda “mavjud axborot manbalari (kitob, ommaviy axborot vositalari, 
internet, lug’at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuvlar), kompyuter, elektron pochta va boshq.)dan o’quv 
maqsadlari doirasida foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish, 
ibrat olish va o’z faoliyatida qo’llash”
3
kabi axborot bilan ishlashga oid (V1) tayanch kompetentsiyalar 
rivojiga xizmat qiladi. 
Xaritalardan asar voqealari rivojida muayyan vazifalarni bajargan toponimlar (Kanada sahrosi, 
SHimoliy Qutib doriasi va h.k.) ko’li, gidrominlar (Katta Ayiq ko’li, Tichinichili (“Kichik og’ochlar o’lkasi”) ko’li; 
Kappermayn daryosi, Diz daryosi, Makkenzi daryosi; Koronattsiya ko’rfazi, Gudzon ko’rfazi; SHimoliy Muz 
dengizi)ni topib, ularni jadvalga joylashtirish topshirig’ini qo’yish orqali asar yaratilgandan o’tgan davr 
mobaynida dunyo xaritasidagi o’zgarishlar haqidagi qiyoslarga asos yaratiladi. Fanlararo integratsiya 
voqealikni realikka yaqinlashtirish nuqtayi nazaridan ham samaralidir. Zero, tajribalarda hayotiylik badiiy 
to’qimalardan ko’ra ko’proq samara berishi kuzatiladi.
Ensiklopedyalardan hikoyada qalamga olingan joylarda doir ma’lumotlarni o’rganish asosida 
geografik qutiblar, dunyo davlatlarining relyefi, iqlimi kabi muayyan bilimlar takomiliga yerishishi maqsadi 
nazarda tutiladi. SHuningdek, hikoyadagi peyzaj o’quvchilar tasavvurida yanada yorqinroq gavdalanadi. 
Masalan, SHimoliy Qutb – Yer aylanishi faraziy o’qining yer yuzasi bilan kesishadigan SHimoliy yarim 
shardagi nuqtasi. SHimoliy Muz okeanining chuqur. 4000 m-li markaziy qismida joylashgan. SHimoliy 
o’rtacha havo temperaturasi – 40

,
yoz oylarida 0
o
,
ayrim kunlarda 1-2

gacha ko’tariladi. Qutb kuni 186 
sutka va 10 soat, qutb tuni 178 sutka va 14 soat davom etadi
4
va h.k. 
“To’plam va tasnif” mavzusidagi oid topshiriqlar orqali ona tili fani bilan integratsiya ta’minlanadi. 
Bunda quyidagi berilgan so’zlarni ma’lum nom ostida guruhlashtirish vazifasini berish mumkin: 
Sahro, yomg’ir, bug’ular, qor, vodiy, botqoq, tun, qamishzor, bo’rilar, qurt, tuman, tuyoqlar, tepalik, 
tong, archa, kakliklar, ayiq, baliqlar, soy, qurbaqa, qumloq, qirg’oq, buta va boshqalar.
Savol-topshiriqlar ustida ishlash. 
1
Матчанов С. ва бошқ. Ўқиш китоби. Умумий ўрта таълим мактабларнинг 4-синф дарслиги. – Т.: “Янгийўл полиграфсервис”, 2017. – 139-б. 
2
Тўхлиев Б. ва бошқ. Адабиёт. Дарслик-мажмуа. – Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2017. – 161-162-б. 
3
Умумий ўрта ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартини тасдиклаш тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси 
Вазирлар Маҳкамасининг Қарори. – Т.: www.lex.uz. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2017 йил, 14 (774)-сон, 230-
модда. – 35-б. 
4
Ўзбекистон Миллий Энциклопедия. Тўртинчи жилд. – Т.: “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти. www. ziyouz.com 
кутубхонаси. – 153-б. 


146 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
1. Hikoyadan insonning ruhiy holati aks etgan epizodlarni aniqlang va obrazlarni o’rganish bo’yicha 
tahlil qiling. 
2. Siz yo’lovchiga qanday ism qo’yigan bo’lardingiz? Muallifning uni nomlamasligi sabablari nimada 
deb o’ylaysiz? 
3. Bill holakatining sabablari nimada? 
4. Bo’ri va inson xatti-harakatlarini solishtiring. Undan qanday xulosa chiqardingiz? 
5. Safarga chiqqanda hamrohini qiyin vaziyatlarda tashlab ketgan insonlar obrazi gavdalantirilgan 
qanday asarlarni o’qigansiz? O’zingiz ham shunga o’xshash voqealarni boshingizdan kechirganmisiz? 
6. Oqibatsizlik yoki nafsga berilish salbiy oqibatlarga olib kelishiga kuzatishlaringiz asosida javob 
bering. 
Muammoli savollar (vaziyatlar) yuzasidan bahs-munozarа: 
1. Agar yo’lovchi va Bill birga bo’lishganida (voqealar qanday yakun topishi mumkin edi?)... 
2. Yo’lovchining yig’lashi bu uning (ojizligi, o’limdan qo’rqishi yoki irodasizligi)... 
3. Tirik qolmasligi mumkin edi, agarda u (bo’rining ta’qiblaridan xulosa chiqarmaganida, Billning 
suyaklarini ko’rmaganida)... 
4. Inson hayot qadrini his qilmaydi, o’zligini anglab yetmaydi (agar ayovsiz sinovlar bo’lmasa). 
Xulosa qilganda, adabiy ta’lim jarayonida tadqiqot metodidan foydalanish o’quvchilarning aqliy 
faoliyatini rivojlantirish, badiiy-estetik tafakkurini o’stiradi, dunyoqarashini kengaytiradi, o’quv materiali 
mazmunini ilmiy-mantiqiy Xulosa qilganda, adabiy ta’lim jarayonida tadqiqot metodidan foydalanish 
o’quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, badiiy-estetik tafakkurini o’stiradi, dunyoqarashini 
kengaytiradi, o’quv materiali mazmunini ilmiy-mantiqiy o’rganishda yo’naltiradi hamda kichik ilmiy 
izlanishlarga debocha vazifasini bajaradi. 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish