£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


 Baqtriyada davlat mustaqilligining tiklanishi



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

5. Baqtriyada davlat mustaqilligining tiklanishi

 

Iskandar  vafotidan  keyin  (323  yil)  mil.  av.  IV  asr  oxirlaridan  (312  y)  to 



mil.  av.  III  asr  o’rtalarigacha  Turonzamin  hududlari  alohida  satrapliklar 

(bekliklar)  sifatida  salavkiylar  sulolasi  tomonidan  idora  etiladi.  Iskandarning 

iste’dodli  sarkardalaridan  bo’lgan  Salavk  va  uning  vorislari  ikki  daryo  oralig’i 

(Tigr va Efrat)dan tortib to O’rta Osiyo, Xitoyning g’arbiy chegaralari, shimoliy 

Hindistonga qadar bo’lgan katta hududlarda o’z hukmronligini amalga oshirgan. 

Yunonlarning  bu  hududlarni  boshqarishi,  ularning  xalqlarini  itoatda  tutishi 

g’oyatda  murakkab  sharoitlarda  kechgan.  Negaki,  tabiatan  erksevar  Vatanimiz 

xalqlari  yunonlar  zulmi  va  asoratiga  qarshi  to’xtovsiz  kurash  olib  borganlar. 

Buning  oqibatida  Salavkiylar  davlati  tobora  zaiflashib,  ichdan  emirila  boradi. 

Mil.  av.  III  asr  o’rtalariga  kelib  Turonzamin  xalqlari  salavkiylar  xukmronligi 

ta’siridan xalos bo’lishga va o’z mustaqil davlat tuzilmalarini vujudga keltirishga 

muvaffaq bo’ladi. Shu bilan birlikda yunonlarning sharqiy hududlarda xiyla uzoq 

davom  etgan  hukmronligi  davomida  yunon  madaniyati  bu  hududlarga  yoyilib  va 

ayni  paytda  Sharq  xalqlari  madaniyati  bilan  o’zaro  singishib,  bir-birini  boyitib 

bordiki,  bu  hol  ellinizm  nomi  bilan  mashhur  bo’ldi.  Ellinizm  madaniyati  turli 

xalqlar  madaniyatini  o’zida  mujassam  etgan  ilg’or  tarixiy  hodisa  sifatida  o’z 

davrida muhim ahamiyatga ega bo’lgan.

 

Vatanimiz  xalqlarining  salavkiylarga qarshi  ozodlik kurashi  muvaffaqiyatli 



yakun  topgach,  Baqtriya  salavkiylar  saltanatidan  ajralib  chiqadi  va  mil.av.  250 

yilda uning davlat mustaqilligi qayta tiklanadi. Uning tarkibiga Baqtriya (hozirgi 

Qashqadaryo,  Surxondaryo,  Tojikiston  janubi),  Sug’diyona  (Zarafshon  vohasi), 

hozirgi Afg’onistonning shimoliy, Turmanistonning sharqiy erlari – Marg’iyona 

ham  kirgan.  Bu  davlatning  Yunon-Baqtriya  deb  atalishining  boisi  shundaki, 

uning markazi Baqtriya hududlari edi, hukmdorlari esa asosan yunon aslzodalari 

bo’lgan.  Mustaqil  Yunon-Baqtriya  davlati  unga  asos  solgan,  o’zini  shoh  deb 

e’lon qilgan Diadot I, uning o’g’li Diodot II davrlarida bir muncha yuksaladi. Bu 

jarayon Evtidem I va u boshlab bergan evtidimiylar sulolasi boshqaruvi davrida 

yanada  kuchayadi.  Baqtriya  davlati  sarhadi  keyinchalik  Sharqiy  Turkiston, 

Sharqiy  Eron,  shimoliy-g’arbiy  Hindiston,  Sind  o’lkasi  hududlarigacha 

kengaygan.  Uning  xo’jalik,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  hayoti  ham  ancha 

yuksak  darajaga  ko’tarilganligidan  guvohlik  beradi.  Shimoliy  Afg’onistonning 

Oyxonum, 

Tojikistonning 

Ko’hnaqal’a, 

Qayqobodshoh, 

Surxondaryo 

viloyatining Dalvarzintepa, Zartepa va boshqa joylarida olib borilgan arxeologik 

tadqiqotlar  qadimda  bu  shahar  -  qal’alarda  to’laqonli  hayot  tarzi  hukm 

surganligidan, ularda savdo-sotiq, hunarmandchilik va boshqa kasb turlari ravnaq 

topganligidan  dalolat  beradi.  Shu  boisdan  ham  Yunon  olimi  Yustin  Yunon-

Baqtriyani ming shaharli davlat deb bejiz ta’riflamagan. Bu davlatning poytaxti 

Baqtra  nomi  bilan  atalgan.  Bu  shahar  xalqaro  karvon  savdosi  -  Buyuk  Ipak 

yo’lining  muhim  chorrahasida  joylashganligidan,  unda  savdo-hunarmandchilik 

sohalari bir muncha rivoj topgan. Mamlakatning Eron, Xitoy, Hindiston, singari

 

52

 




o’sha davrning rivojlangan davlatlari bilan olib borgan savdo-tijorat munosbatlari 

asosan  mana  shu  shahar  orqali  o’tgan.  Shuningdek,  eski  Termiz,  Marv, 

Kaykobodshoh, Qo’hnaqal’a, Marokanda (Samarqand) singari shaharlarning ham 

savdo-sotiqning yirik markazlari sifatidagi mavqei yuksak bo’lgan.

 

Yunon-Baqtriya  davlati o’zining  pul  birligiga  ega  bo’lgan. Oltin, kumush 



va  misdan  tanga  pullar  zarb  etilib  muomalaga  chiqarilgan.  Bundan  tashqari  bu 

mamlakatda  turli  xil  don  ekinlari,  serunum  erlarida  uzumzor  bog’lar  ko’p 

bo’lgan,  sharbatli  mevalar  etishtirilgan.  Bu  hol  unda  dehqonchilik  madaniyati 

o’sganligidan,  sun’iy-sug’orish  inshootlari  tizimi  keng  tarmoq  otganligidan 

yaqqol  dalolatdir.  Garchand  Yunon-Baqtriya  davlatida  quldorlik  munosabatlari 

mavjud  bo’lsa-da,  biroq  unda  erkin  dehqon  jamoalari  mehnati  salmoqli  rol 

o’ynagan.  Bu  esa  ishlab  chiqarish  jarayonlarining  nisbatan  tez  o’sishiga, 

shaharlar hayotining rivojlanishiga muhim turtki bergan.

 

Miloddan  avvalgi  II  asr  o’rtalariga  kelib  bir  qator  ichki  va  tashqi  vaziyat 



taqozosi bilan yuz bergan keskin o’zgarishlar oqibatida Yunon-Baqtriya davlati 

tushkunlikka  yuz  tutdi.  Buning  muhim  sabablaridan  biri-  qo’shni  Parfiya 

davlatining  kuchayib  ketishi  va  o’z  hududlarini  Yunon-Baqtriya  hisobiga 

kengaytirishga intilishi bo’ldi. Bu hol Yunon-Baqtriya davlatini mushkul ahvolga 

solib  qo’ydi.  Tez  orada  Hind  erlari  hamda  Sug’diyona  uning  tarkibidan  ajralib 

ketdi.  Mamlakatning  shimoliy  va  sharqiy  hududlariga  esa  sharqdan  kelgan  ko’p 

sonli  katta  yuechji  qabilalarining  hujumi  kuchayib,  ular  asta-sekin  Farg’ona, 

Surxondaryo  hududlari  sari  siljiy  boradi.  Buning  natijasida  120  yilcha  mustaqil 

davlat sifatida mavjud bo’lgan Yunon-Baqtriya davlati halokatga uchradi.

 

O’rta Osiyoda salavkiylar hukmronligining inqirozi natijasida mil. av. III 



asr  o’rtalarida  vujudga  kelgan  mustaqil  davlatlardan  yana  biri  Parfiyadir.  Bu 

davlatga  parn  Girkaniya  (Kaspiy)  dengizining  janubiy-sharqida  yashagan 

qabilasining  yo’lboshchisi  Arshak  asos  solgan.  Arshakiylar  sulolasining  uzoq 

hukmronligi  uning  nomi  bilan  bog’liq.  Bu  davlatning  ilk  poytaxti  hozirgi 

Asxabod  shahri  yaqinidagi  qadimgi  Nisodir.  Bu  shahar  xarobalaridan  topilgan 

juda  ko’plab  noyob  topilmalar,  asori  atiqalar  qadimgi  Parfiyaning  o’z  davrida 

ancha  taraqqiy  etgan,  moddiy  va  ma’naviy  madaniyati  yuksalgan  davlatlardan 

biri  bo’lganligidan  davlolat  beradi.  Mohir  sarkarda,  usta  diplomat  Arshak 

Parfiyani  dovrug’li  davlatga  aylantirish  bilan  birga  uning  hududlarini 

kengaytirishga ham salmoqli hissa qo’shgan.

 

Arshak  avlodlaridan  Mitradat  I  davrida  (mil.  av.  170-138  y)  bu  davlat 



salavkiylar  va  Baqtriyaning  katta  hududlarini  o’ziga  qo’shib  oladi.  155  yilda 

Midiya  podsholigi  bosib  olinadi.  Mil.  av.  147  yilda  esa  mashhur  Bobil  shahri 

ham egallanadi. Mitradat II davriga kelib (mil.av. 123-88) Parfiya davlati qudrati 

benihoya  kuchayib,  u  Rim  imperiyasining  Sharqdagi  asosiy  raqobatchisiga 

aylanadi.  Davlat  hududlari  g’arbga  tomon  kengayib  borganligidan,  uning 

poytaxti ham Ktezafon shahriga ko’chirilgan. Mil. av. 40 - yillarda Kichik Osiyo, 

Suriya va Falastin erlari ham Parfiya qo’l ostiga o’tgan. Biroq tez orada Rim

 

53



 


imperiyasi bu hududlarda o’z ta’sirini qayta tiklashga muvaffaq bo’lgan. Buning 

sababi  Parfiya  davlati  ichida  vujudga  kelib  kuchaya  borgan  mahaliy 

boshboshdoqlik, sulolaviy nizolar, so’ngra ko’chmanchi alanlarning xujumlari  -

bular  pirovard  oqibatda  uning  ichki  zaiflashuviga,  siyosiy  beqarorligining 

kuchayishiga  sabab  bo’ldi.  Boz  ustiga  to’xtovsiz  davom  etgan  tashqi  va  ichki 

urushlar mamlakatni holdan toydirib, uni halokatga duchor etdi. Milodning 207-

222 yillarida Parfiya hukmdori bo’lgan Vologes V davrida saltanat ikkiga, ya’ni 

Mesopotomiya  va  Midiya  davlatlariga  ajraladi.  Xuddi  shu  davrda  Fors 

hududlarida  yangidan  vujudga  kelib  qudrati  oshib  borayotgan  Eron  sosoniylari 

davlati  tez  orada  Parfiyaga  hal  qiluvchi  zarbalar  berib,  uning  erlarini  o’z 

tarkibiga kiritadi. Bu milodning III asri 20 yillarida sodir bo’ladi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish