> Soliqlarni tartibga solish.
Manifestda
> Turli ijtimoiy tabaqalar vakillaridan iborat Majlis tashkil
berilgan
qilish.
va‘dalar
> Maorif, tibbiyot, sud tizimlarini yaxshilash.
> Ma’muriy boshqarish ishlarini takomillashtirish.
Biroq amirlikning mutaassib, hukmron doiralari tish-tirnoqlari bilan bunga
qarshilik ko’rsatdilar. Ular islohot tarafdorlariga nisbatan ochiqdan-ochiq shahar
ko’chalarida qirg’in uyushtirdilar. Ko’plab islohotchilar Buxoroni tark etishga majbur
bo’ldilar. Bu gal amir tarafdorlarining qo’li baland keldi.
Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi Buxoro amirligi
uchun ham jiddiy siyosiy vaziyatni vujudga keltirdi. Negaki, sotsialistik inqilob
g’oyasini boshqalarga yoyishga intilgan bolsheviklar chegaradosh Buxoroni o’z
mo’ljaliga olgandilar. Xususan 1918 yil martida “Kolesov voqeasi” nomi bilan tarixga
kirgan qonli voqea bunga aniq misol bo’la oladi. Turkiston sovet respublikasi hukumati
raisi F. I. Kolesov Buxoroga ochiq tazyiq o’tkazib, 1918 yil 2 martida Kogon temir yo’li
yoqalab qizil qo’shinlar interventsiyasini uyushtirdi. Bunga javoban Buxoro amiri
xalqni g’azovotga chorlab, o’z qo’shinlari va g’azabga kelgan aholini urushga
safarbar etdi. Oqibatida Kolesov xuruji sharmandalarcha mag’lub bo’ldi. Bu esa
amir va uning arkoni davlatiga barcha demokratik kuchlardan qonli o’ch olishi uchun
bahona bo’ldi. Ayniqsa Yosh buxoroliklar ayovsiz qirg’in qilindi. Bolsheviklarinipg bu
avantyurasi Yosh buxoroliklar uchun g’oyatda qimmatga tushdi. F.Xo’jaevning guvohlik
berishicha, bu qirg’inda Yosh buxoroliklar, ularning tarafdorlaridan 1,5 ming kishi qurbon
bo’ladi.
Biroq shunga qaramay sovet mutasaddilari Buxoroda sun’iy inqilob tayyorlash,
buning uchun Turkistondan panoh topgan ko’p sonli buxorolik muhojirlarni ishga
solish, ulardan ko’plab inqilobchi kuchlar etishtirish va ularni tashkillashtirish harakatida
bo’ldilar. 1918 yil sentyabrida Toshkentda Buxoro muhojirlari tomonidan Buxoro
kompartiyasi va uning Markaziy Qo’mitasi tuziladi (uning raisi A. Yoqubov, o’rinbosari M.
Qulmuhammedov). 1920 yil yanvarida Toshkentda F. Xo’jaev boshchiligida “Yosh
buxorolik inqilobchilar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi” tashkil etiladi va
Turkkomissiya, RSFSR hukumati tomonidan e’tirof etiladi.
Yosh buxoroliklar partiyasi ishlab chiqqan dasturda tez vaqt ichida despotik
tuzumni tugatish, mamlakatda demokratik respublika tuzish va keng xalq ommasining tub
manfaatlarini ko’zlab ko’plab ijtimoiy-demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish
vazifalari bayon etilgan edi.
Yosh buxoroliklar tashabbusi bilan 1920 yil iyundan Toshkentda chiqa boshlagan
«Uchqun» gazetasida ham ilg’or demokratik g’oyalar ilgari surildi. Buxoro xalqi
amirning hokimi mutlaq tuzumini ag’darib tashlash uchun faol kurashga da’vat etib
borildi.
Sovet hokimiyatining asl maqsadi Buxoro amirligini ag’darish edi. Uning rasmiy
hujjatlari, ko’rsatmalarida amirlikka qarshi kurash quyidan, mahalliy kuchlar tomonidan
209
boshlanishi uqdirilgan edi. Shu bilan birga amirlikni ag’darish uchun zarur harbiy
tayyorgarlik ham ko’rildi. Frunze boshliq Turkiston fronti qo’mondonligi tomonidan 1920
yil iyun o’rtalaridayoq zamonaviy qurol-aslahalar bilan qurollangan qizil qo’shinlar
Buxoro chegaralariga keltirib qo’yilgan edi. Ayni paytda amirlikni ag’darish uchun
M.Frunze, V.Kuybishev, N.To’raqulov, N.Husainov, F.Xo’jaevlar tarkibida harbiy-
inqilobiy byuro tashkil etiladi.
1920 yil 29 avgustda Chorjuyda amir tuzumiga qarshi g’alayon boshlandi va
Beshim Sardor boshchiligidagi kuchlar avvaldan belgilangan kelishuvga binoan
darhol sovet hukumatidan «yordam so’rab» murojaat qiladi. Bu sovet qo’shinlarining
Buxoroga qarshi urush harakatlarini boshlashiga bahona bo’ladi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, sovet qo’shini ixtiyorida shu davrda 10 ming qizil
askar, 40 ta to’p, 230 ga yaqin pulemyot, 10 ta zixrli avtomobil, 5 ta zixrli poezd va 12 ta
samolyot bor edi. Shuningdek, Turkiston fronti qo’shini bilan birga hujum harakatlarida 5
ming kishiga yaqin buxorolik “inqilobchi tuzilmalar” ham ishtirok etdilar.
Amir lashkari son jihatidan ko’p bo’lgani bilan (20 mingga yaqin), biroq uning
qurollanish darajasi qizillarga nisbatan ancha zaif holda edi. Hujumga tashlangan sovet
qo’shinlari amirlikning Chorjuy, Qarshi, Kitob, Shahrisabz va boshqa hududlarini egallab,
Buxoroga tomon siljib bordilar. Buxoro va uning aholisi sovetlar hujumi chog’ida
mislsiz zarar ko’rdi. Shahar ko’p bor havodan bombardimon qilindi. Uning ko’plab
noyob osori atiqalari, tarixiy obidalari vayron etildi.
Amir Olimxon 1920 yil 2 sentyabrda Buxoroni tark etishga majbur bo’ldi. Poytaxt
sovet qo’shinlari tomonidan egallangach, hokimiyat Muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy
qo’mitasi qo’liga o’tdi. 1920 yil 14 sentyabrda BKP MQ va Muvaqqat Butunbuxoro
Inqilobiy qo’mitasining birlashgan majlisi bo’ldi. Majlisda A.Muhitdinov boshchiligida
qonun chiqaruvchi oliy organ – Butunbuxoro Inqilobiy qo’mitasi va Fayzulla Xo’jaev
raisligida Xalq Nozirlar Kengashi (hukumat) tuzildi. O’sha yilning 6-8 oktyabr
kunlarida I Butunbuxoro qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda Buxoro Xalq Sovet
Do'stlaringiz bilan baham: |