Adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o’zimdan rozi qildim.
gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim.
Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko’nglidan joy oldim.
Amir Temur
«Hamisha xalq g’amini, yurt g’amini o’ylab yashagan Sohibqiron yovlar oyog’i
ostida toptalgan o’lkani dunyoning eng qudratli saltanatiga aylantirgan edi. Kelinglar, aziz
do’stlar, barchamiz yakdil bo’lib, halol mehnatimiz, aqlu zakovatimiz, Vatanga
muhabbatimiz bilan O’zbekistonni jahon havas qiladigan buyuk davlatga aylantiraylik.
Bu yo’lda bobokalonimizning: «Adolat va ozodlik - dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin»
degan dono o’gitlari doimiy shiorimiz bo’lsin»
I.Karimov
Amir Temur turkiy barlos urug’ining biy(urug’ oqsoqoli)laridan bo’lmish
Muhammad Tarag’ay va Buxoro shariat qonunlarini sharhlovchisining qizi Takina
Mohbegimlarning farzandi bo’lib, 1336 yilda Shahrisabzga yaqin Xo’ja Ilg’or qishlog’ida
tavallud topgan. Uning to’liq ismi sharifi Sohibqiron Amir Temur ibn Amir Tarag’ay ibn
Amir Burkuldir. Temur siyosiy kurash maydoniga kirib kelgan XIV asrning 60-yillarida
mo’g’ullarning Chig’atoy ulusidagi hukmronligi davom etayotgan edi. 1346 yili
Chig’atoy ulusi xoni Qazonxon amir Qazog’on tomonidan o’ldiriladi. 1358 yilda amir
Qozog’on ham o’ldiriladi, ulusda parokandalik jarayoni kuchayadi. O’lkaning turli
hududlarida mustaqillik da’vosi bilan ish ko’rayotgan 10 ga yaqin mahalliy bekliklar,
chunonchi, Xorazmda so’fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloirlar,
Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayidlar amirlarining va hokazo kuchlarning
ajratuvchilik harakatlari yurt butunligiga jiddiy havf tug’dirayotgandi. Ulus o’ntacha
mustaqil bekliklarga bo’lingan bo’lib, ularning beklari o’rtasida doimo nizo, janjal
bo’lardi. Buning ustiga o’z hukmronligini mustahkamlash maqsadida 1360 yilda
Movarounnahrga katta qo’shin tortib kelgan Mo’g’uliston xoni Tug’luq Temur
1
xuruji
ham dard ustiga chipqon bo’lgan edi. Bunday qaltis vaziyatda siyosiy kurash maydonida
hozir bo’lgan yosh Temurbek oldida nihoyatda ehtiyotkorlik, aql-zakovat bilan ish
ko’rish, o’z atrofiga yurtparvar, vatanparvar kuchlarni to’plash, so’ngra qulay imkoniyat
tug’ilishi bilan yurt dushmanlariga qaqshatqich zarba berish vazifasi turardi.
Temurbek uddaburonlik bilan o’ziga xos taktika qo’llab, o’zining bosh orzu-
maqsadlaridan voz kechmagan holda, vaziyat taqozasi bilan vaqtdan yutish, ishonchli
kuch topish uchun vaqtincha 1361 yilda Tug’luq Temur xizmatiga kiradi. Biroq bir yil
muddat o’tar-o’tmay, Balx hokimi, kelib chiqishi Chingiziylar nasabidan bo’lgan Amir
Husayn bilan do’stlashib, u bilan birgalikda yurt birligi va ozodligini tiklashga kirishadi.
U 1362-1364 yillarda mo’g’ul qo’shinlariga bir necha marta zarba beradi.
Tug’luq Temurning o’g’li Ilyosxo’ja 1365 yil bahorida Movarounnahrga yurish
qiladi. Chinoz atrofida, Sirdaryo bo’yidagi «Loy jangi»da Amir Temur va amir Husayn
1
Bu erda gap Chig’atoy ulusining bo’linishi natijasida tashkil topgan. Mo’g’iliston nomi bilan atalgan xonlik
hukmdori to’g’risida borayapdi.
134
qo’shininig Ilyosxo’ja boshliq mo’g’ul qo’shinidan kutilmaganda engilishi Amir Temur
uchun juda katta saboq bo’ldi. Ilyosxo’ja qo’shinlari Samarqandga tomon yurdi.
Hokimiyatsiz qolgan mahalliy aholi (Samarqand hokimi qochib ketgan edi) mudofaaga
ko’tarildi, bu harakat sarbadorlar harakati nomi bilan mashhurdir. Samarqand uning
markaziga aylandi. Harakatga tolibi ilm vakili Mavlonozoda, jun tituvchilar oqsoqoli Abu
Bakr Kalaviy va mohir mergan Xo’rdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Jome masjidida
to’plangan 10 mingga yaqin aholi Mavlonozoda da’vati bilan mo’g’ullarga qarshi
kurashda faol qatnashadilar. Ilyosxo’ja Samaraqandda katta zarbaga uchrab
Movaraunnahrdan chiqib ketishga majbur bo’ldi. Samaraqandda hokimiyat sarbadorlar
qo’liga o’tadi. Ular xalq turmushini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar ko’radi,
mo’g’ullarga tarafdorlik qilganlarning er va mulklari musodara etiladi.
Samarqand sarbadorlari g’alabasidan xabar topgan amir Husayn va Amir Temur
1366 yil bahorida Samarqandga keladilar. Amir Husayn hiylasi bilan sarbadorlar
boshliqlari qo’lga olinib, o’ldiriladi. Amir Temurning sa’y-harakatlari tufayligina
Mavlonozoda tirik qoladi. Movaraunnahrda hukmronlik amir Xusayn qo’liga o’tadi.
Amir Husayn Movarounnahrda Amir Temurni qoldirib o’zi Xurosonga ketadi.
Amir Temurning keyingi jo’shqin faoliyati davomida uning amir Husayn bilan
ittifoqi mustahkam bo’lolmadi. Tabiatan shuhratparast, hokimiyatparast shaxs bo’lgan
amir Husayn qanday qilib bo’lmasin Amir Temurga pand berish, unga xiyonat qilishdan
qaytmaydi. Sharofiddin Yazdiy aytganidek, «ularning o’rtalarida sadoqat va do’stlik
munosabati yaqinlik va qarindoshlik aloqasi bilan qat’iy qilingan edi. Ammo Amir
Husaynning ko’ngli makr va g’addorlik o’y-hayolidan bo’shamasdi» (Sh.Yazdiy.
«Zafarnoma», 207-bet).
Xalqimizda «birovga choh qazisang, o’zing yiqilasan» deyilganidek, amir Husayn
ham o’zi qazigan chohga o’zi yiqildi. Vaziyat taqozasi bilan Amir Temur amir Husayn
o’rnashib olgan Balxga 1370 yilning bahorida qo’shin tortib boradi va uni mahv etadi.
Shundan so’ng Amir Temur Movarounnahrning yagona hukmdori bo’lib qoldi.
Samarqand mamlakat poytaxtiga aylandi. Endilikda yurtni boshqarish jilovini qo’lga
kiritgan Amir Temur oldida hali g’oyatda katta, murakkab vazifalar ko’ndalang bo’lib
turardi. Eng asosiysi, mamlakat hududlarini birlashtirish, yagona markazlashgan davlat
tuzishdan iborat bosh vazifani hal etish kerak edi. Buningsiz mamlakat taraqqiyotini olg’a
bostirish, uning dovrug’ini jahon miqyosiga ko’tarish mumkin emasdi. Shu boisdan
dastlab Sirdaryo va Amudaryo oralig’idagi hududlar diplomatik yo’l bilan birlashtirildi.
Amir Temur sharqiy hududlarni mo’g’ullar ta’siridan ozod etish uchun 1370 yil
oxiri va 1371 yil boshida Sharqiy Turkiston tomon yurish qiladi. Mo’g’ul xoni Kepak
Temurga qaqshatqich zarba berilishi orqasida Farg’ona mulki va boshqa bir qator
hududlar egallanadi. Ko’p o’tmay Afg’oniston shimolidagi Shibirg’on viloyati ham uning
tasarrufiga olindi.
Tarixiy manbalarda Amir Temurning Mo’g’uliston tomon 7 marta harbiy yurishlar
qilgani tilga olinadi.
Uning qudratli mo’g’ul hukmdorlaridan sanalgan amir Qamariddin bilan olib
borgan ko’p yillik urushlari mamlakatining sharqiy hududlarini mo’g’ullar asoratidan
xalos qilish, yurt tinchligi, osoyishtaligini qaror toptirishga qaratilgan edi. O’z tasarrufida
135
Qoshg’ar, Issiqko’l va Ettisuv vohasini birlashtirgan hamda 1369 yili Ilyosxo’jani taxtdan
ag’darib, Mo’g’uliston xoni bo’lib ko’tarilgan Qamariddin bilan 1370-1389 yillar
davomida Amir Temur hayot-mamot janglari olib bordi. Bu jangu jadallar oqibatida
Movarounnahrga qarashli asosiy sharqiy hududlar uning tarkibiga qo’shib olindiki, bu hol
yurtimiz hududida markazlashgan davlatning vujudga kelishida hal qiluvchi ahamiyat
kasb etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: