3. XIII-XIV asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy hayoti
Bosqinchi yovlar azaldan yuqori tsivilizatsiya o’chog’i sanalgan, ulug’
ajdodlarimiz aql-zakovati va donishmandligi bilan yaratilgan yuksak moddiy va ma’naviy
madaniyat, betakror obidalar, asori-atiqalar makoni bo’lgan bu azim yurtni qanchalik
xonavayron etmasinlar, biroq xalq irodasini, uning buyuk bunyodkorlik, ijodkorlik
salohiyatini so’ndira olmadilar. Aksincha, bu yurtning mag’rur va erksevar kishilari, bir
tomondan, muqaddas Vatan tuyg’usini dillariga mustahkam jo aylab, ozodlik va
mustaqillik yo’lida jonbozlik bilan kurash olib borgan bo’lsalar, ikkinchi tomondan esa,
ular asriy xalq an’analari, udumlariga sodiq qolib, yaratuvchilik ishlari bilan mashg’ul
bo’lganlar. Zero, o’lmas xalq dahosi bu davrda ham yangi-yangi salohiyatli ijodkorlar
avlodini etishtira borgan. Shu boisdan sahroyi mo’g’ullar xarobazorga aylantirgan
kultepalar o’rnida ko’p o’tmay yangidan ko’rkam shaharlar, me’morchilik obidalari qad
rostlab, hayot yana yangidan izga tushib bordi. Mahalliy xalq orasidan etishib chiqqan
ajoyib me’morlar, naqqoshu-hunarmandlar sa’y-harakati, mahorati bilan betakror moddiy
madaniyat namunalari yaratilib, bundan o’lka hayoti o’zgacha fayzu manzara kasb etib
bordi. Bu davrda bunyod etilib, gavjum savdo-sotiq, hunarmandchilik markazlariga
aylana borgan Andijon, Qarshi, Urganch, qaytadan ta’mirlanib chiroy ochgan, oldingi
mavqeini tiklagan Samarqand, Buxoro, Shosh, Termiz singari shaharlar, ularning o’ziga
xos me’morchilik qiyofasi shundan dalolat beradi. Ko’hna Urganchda qad ko’targan,
balandligi 62 metrli ulug’vor minora XIII asr arxitekturasining noyob yodgorligi
hisoblanadi. Samarqanddagi Shohizinda majmui, Buxorodagi Bayonqulixon, Ko’hna
Urganchdagi Najmiddin Kubro, To’rabekxonim, Muhammad Bashar maqbaralari,
Xo’janddagi Tubaxon maqbarasi va shu singarilar XIV asrning nodir me’moriy
yodgorliklari sirasiga kiradi.
Xalq amaliy san’ati, kulolchilik namunalari, sirli naqshinkor sopolli idishlar, shu
jumladan, ko’zalar, chinni buyumlar, uy-ro’zg’or ashyolari, binolar peshtoqiga bitilgan,
san’at darajasidagi nastalik bitiklari - bular O’rta Osiyo moddiy madaniyatining XIII-XIV
asrlarda ham rivojlanishda davom etganligidan shahodat beradi. Bu davrda ilm-fan,
ayniqsa tarixshunoslik rivojida ham muayyan yutuqlar qo’lga kiritildi. Tarixshunos
Juvaniyning «Tarixi jahongusha» /Jbhon fotihi tarixi/, Rashididinning «Jomeut-tavorix»
/«Yilnomalar majmuasi»/ asarlari mo’g’ullar istilosi va hukmronligi davri tarixini chuqur
o’rganishda qimmatli manbalardan hisoblanadi.
Shuningdek, o’lkada badiiy adabiyot sohasi ham anchayin ravnaq topdi.
> Jaloliddin Rumiy (1207-1273) («Masnaviyi ma’naviy»)
> Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (1219-1293) («Guliston»,
Do'stlaringiz bilan baham: |