Bundan tashqari aholi turli-tuman to’lovlar berishga majbur etilgan. Masalan, aholi
majbur etilgan. Bosib olingan mamlakat hunarmandlari «din tugun» deb atalgan maxsus
asoratga duchor etishi, pirovard oqibatda xalqning ko’tarilishiga, o’z erki, mustaqilligi
uchun qalqishiga sabab bo’ladi. 1238 yilda Buxoro yaqinidagi Torob qishlog’ida
boshlangan oddiy g’alvir yasovchi hunarmand Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq
qo’zg’oloni shu tariqa yuz bergan edi. Kelgindi mo’g’ul zodagonlarining mahalliy yuqori
tabaqa vakillari bilan til biriktirib, bechorahol xalqni talab, boylik orttirayotganligi,
shohona ayshu ishrat qurayotganligi, oddiy fuqaroning turmushi tobora nochorlashib
boryotganligi Mahmud va uning maslakdoshlarini g’azabga keltiradi va qo’lga qurol olib
mo’g’ullar zulmini ag’darib tashlash uchun kurashga undaydi. Uning tevaragiga ming-
minglab alamzada oddiy mehnat kishilari to’planishadi. Buxoro atrofidagi qishloqlar
aholisi bilan ko’payib borgan qo’zg’olonchilar Buxoroga kelib, mo’g’ul amaldorlarini,
shuningdek, mahalliy zodagonlar, sadrlarni engib, shaharni egallaydilar. Buxoro sadrlari
Mahmud Torobiy hokimiyatini tan olib, uni xalifa deb e’lon qilishga majbur bo’ladilar.
Mahmud Torobiy Buxoroni egallagach, hukmron kuchlar hokimiyatini cheklaydi
va oddiy xalq manfaatlarini ko’zlaydigan bir qator tadbirlar o’tkazadi. Qo’zg’olonchilar
zarbidan Karmanaga qochgan mo’g’ul bosqoqlari va mahalliy amaldorlar qo’zg’olonni
bostirish uchun yangidan katta kuch to’playdilar va Buxoroga yurish boshlaydilar. Ammo
bu davrga kelib katta kuchga aylangan qo’zg’olonchilarning qo’li baland keladi. 10
mingdan ziyod mo’g’ul askarlari qirib tashlanadi. Qo’zg’olonchilar mo’g’ullar
Karmanagacha quvib boradilar. Biroq, mana shu hal qiluvchi olishuvda qo’zg’olon
rahnamolari - Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar halok bo’ladi. Tez orada
qo’zg’olonga qarshi yuborilgan Eldiz No’yon va Chekan Qurchi boshchiligidagi mo’g’ul
qo’shinlari Karmani yaqinidagi Malik rabotida qo’zg’olonni bostiradi. Bu jangu jadal
to’qnashuvda 20 mingdan ziyod qo’zg’olonchilar halok bo’ladi. Garchi bu xalq
qo’zg’oloni mag’lub etilsa-da, biroq u Movarounnahr erksevar xalqining ozodlik va
mustaqillik yo’lidagi mardonavor kurashi, qat’iyatini to’la namoyon etdi. Ayni chog’da
Torobiy qo’zg’oloni mo’g’ul hukmdorlariga mahalliy xalq bilan munosabatlarini qayta
ko’rib chiqish, siyosiy va taktik yo’llarni o’zgartirish uchun muhim saboq bo’ldi.
Mahalliy xalq orasida ancha obro’sizlanib qolgan Mahmud Yalavochning mo’g’ul
hukmdorlari tomonidan Movarounnahrdan olinib, Pekinga hokim etib tayinlanishi, uning
o’rni katta o’g’li Mas’udbekka berilishi ham qo’zg’olonning muhim saboqlaridan biri
bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: