2.6.1. KO‘P POSTLI PAYVANDLASH TO’G’RILAGICHLARI
To‘g‘rilagichlar kremniy ventilli qilib chiqarilgdi, ular to‘g‘rilash blokini
konstruktiv jihatdan yaxshi hal qilshpga va yuqori foydali ish koeffitsienti hosil
qilishga imkon beradi.
Sanoat 1000 a ga hisoblangan ko‘p postli VKSM1000 payvandlash
to‘g‘rilagichlarini chiqaradi, u bir vaqtning o‘zida har qaysisining nominal toki
300 a bo‘lgan oltita payvandlash postini ta‘minlashga mo‘ljallangan.
VQSM1000 to‘g‘rilagichining tashqi xarakteristikasi qattiq. Pasayuvchi
xarakgeristikalar hosil qilish uchun RB tipidagi ballastli reostatlar ishlatiladi.
To‘g‘rilagich quiidagi asosiy uzellardan iborat: pasayti» ruvchi kuch
transformatori KT, ventilyatori bilan birga to‘g‘rilash bloki, yurgizishrostlash va
himoya apparaturasi.
Boshqarish panelida quyidagilar o‘rnatilgan: issiqligi moyasi bilan birga
transformatorining magnitli yurgizib yuborgichi TYuYu, paketli pereklyuchatel
PP, issiqlik himoyasi IH bilan birga ventilyator dvigatelining magnitli yurgizib
yuborgichi DYuYu va saqlagichlar PRg‘—PR‘.
Boshqarish blokida quyidagilar o‘rnatilgan: ampermetr A, voltmetr V,
«yurgizish» knopkasi YuK va «to‘xtatish» knopkasi TK, signal lampasi SL.
Himoya blokida Sg‘—S6 kondensatorlardan va Rg‘—R& qarshiliklardan iborat
himoya zanjirchalari o‘rnatilgan.
Shuningdek, VDM3001 payvandlash to‘g‘rilagichi ishlab chiqariladi, u
ikki juft, parallel ishlaydigan, har qaysisi 1600 a ga mo‘ljallangan VDM1601
payvandlash to‘g‘rilagichlaridan iborat. Bunday ulanish unifikatsiyani
yaxshilaydi va ishda qulaylik tug‘diradi.
Payvandlash postining pasayuvchi tashqi xarakteristikasi RB tipidagi
ballastli reostatlar bilan hosil qilinadi. VDM1601 to‘g‘rilagichi toki 300 a gacha
bo‘lgan 6 postni, VDM3001 esa 18 ta payvandlash postini ta‘minlashga
mo‘ljallangan.
Ko‘p postli payvandlash to‘g‘rilagichlarining asosiy texnikaviy
ko‘rsatkichlari 39jadvalda keltirilgan.
57
Ko‘p postli payvandlash to‘g‘rilagichlari ko‘pgina afzalliklarga ega
bo‘lganligidan (shovqinsiz ishlaydi, energetik ko‘rsatkichlari yuqori, ogirligi
kam, gabaritlari uncha katta emas, f. i._k. yuqori) PSM1000 to‘g‘rilagichlarini
siqib chiqarmoqda.
To‘g‘rilagichlarni ishlatish. To‘g‘rilagichlarni yog‘insochindan to‘sish va
namdan saqlash, uch oyda bir marta siqilgan quruq havo puflab, chang va
iflosliklardan tozalash, olgi oyda bir marta ishqalanuvchi qismlarini GOST
195752 bo‘yicha, qiyin eriydigan UT moyi bilan to‘ldirish zarur. Davriy
qarovlarda barcha mayda buzuqliklarni bartaraf qilish, kontaktlarni tekshirish,
ventilyatorning ishini kuzatib turish kerak (ikki fazada ishlaganda ventilyator
kuyishi va to‘g‘rilagichni ishdan chiqarishi mumkin).
To‘g‘rilagich issiqlik himoyasi bilan ta‘minlanadi; u ishdan chiqqanida
payvandlash zanjiridagi yuklanishni, ayniqsa, diqqat bilan kuzatib borish kerak,
bu yuklanish pasportda ko‘rsatilganidan ortib ketmasligi lozim, aks holda
to‘g‘rilagich o‘ta qizib ketadi.
Bir yildan ortiq ishlatilmagan to‘g‘rilagichlariing selenli elementlarini
«shaklga kiritish» («podformovka») talab etiladi. Bo‘ning uchun to‘g‘rilagich 20
min davomida nominal kuchlanishning|yarmiga teng kuchlanishga ulanadi,
keyin 4 soat mobay" nida noshshal kuchlanish beriladi, lekin bunda payvandlash
zanjiri toqonidan nagruzka berilmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |