“Biror narsani ushlab yoki tutib qo‘lga kiritmoq” o‘rganilayotgan fe’lning
leksik ma’nosi hosila ma’no deb nomlanadi va bu o‘zbek tilining semasiologiyasi
bilan maxsus shug‘ullangan olim M.Mirtojiyevning tadqiqoqtlaridan ham o‘rin
Abdushukurov B. Eski turkiy adabiy til leksikasi. T.: Tafakkur bo’stoni, 2015. B. 103.
53
denotativ ma’nosidan tashqari quyidagi ma’nolari ham asarda qo‘llangani qayd
etiladi:
1. Pasayib, biror darajaga yetmoq
2. Mustahkamlangan, qotirilgan, tutib turilgan yeridan uzilib, o‘z og‘irligi bilan
pastga ketmoq
3. Umuman biror yerga borib qo‘nmoq
4. Biror narsa ichiga kirmoq
5. Havolab uchib borib o‘z og‘irligi bilan biror yerga yetmoq
6. Safar chog‘I biror yerda dam olish uchun to‘xtamoq
7. Ma’lum bir yo‘nalishda tarqalib, muayyan nuqtaga yoyilmoq
8. Ilinmoq
9. Paydo bo‘lmoq, bosmoq
10. Biror xonadonga uzatilmoq, kelin bo‘lmoq
11. Ega bolmoq
12. Biror xatti-harakatga kirishmoq
13. Ot-ulovdan yerga, pastga tushmoq
14. Qandaydir sabab va maqsad bilan birovning oldiga bormoq
15. Mehmoq bo‘lmoq
16. Boqmoq, nazar somoq
17. Nuramoq, ag‘namoq
18. Duchor bo‘lmoq, sodir bolmoq
19. Yuztuban yotmoq
20. Uzoqlashmoq
21. Balandlikdan pastlikka, jarlikka bexosdan tushib ketmoq
22. Biror mansab dan bo‘shamoq, hurmat-e’tibordan chetda qolmoq
23. Fitna qilmoq.
24. Boshiga qayg‘u, musibat tushmoq
25. Xabar topmoq
26. Tarqalmoq
27. Homilasidan ayrilmoq
54
28. Ovoza bo‘lmoq
29. Sevmoq
30. Yiqilmoq, cho‘kkalamoq
31. Yonmoq, yonib, kuyib tushmoq
32. Boshiga tushmoq
33. Yodiga kelmoq
34. Qo‘lga tushm oq, giriftor b’lmoq
35. Baloga qolmoq
Tushmoq fe’lining yuqorida sanab o‘tilgan hosila ma’nolari ba’zan ko‘makchi
fe’lli so‘z qo‘shilmasi tarkibida ba’zan iboralar tarkibida kelib shu ma’nolardan
birini anglatgan. Masalan, sevmoq ma’nosda berilgan ko‘ngli tushmoq iborasi
hozir ham tilimizda faol qo‘llaniladi. Shuningdek, bu qo‘llanmada ko‘tarmoq
fe’lining 20 ta hosila ma’nosi sanab o‘tiladai va ularning har biriga misollar
berilgan.
Qisasi Rabg‘uziy asari o‘z davrining, ya’ni XIV va undan avvalgi asrlarning
leksik, sintaktik xususiyatlaridan xabar beruvchi yirik manba hisoblanadi. Unda
yuqorida tahlil qilgan fe’llardan tashqari yana kechmoq, yozilmoq, saqlamoq,
kesmoq kabi fe’llar ham polisemantik munosabatga kirishgan va ularning har biri
turli ma’nolarda qo‘llanilib, muallif bermoqchi bo‘lgan g‘oyani ifodalashga,
shuningdek, asarning badiiy ta’sirchanligini oshirishga shu bilan birga Rabg‘uziy
davri tili haqida ma’lumot berishga xizmat qilgan. Polisemantik so‘zlar fe’llarda
uchrashining asosiy sabablaridan biri esa turkiy tillarda, xususan eski o‘zbek tilida
ham gapning asosini fe’l so‘z turkumi tashkil qilgan, ya’ni so‘z turkumlari
doirasida fe’lning mavqei balandroq bo‘lgan. Shu sababli ham fe’l so‘z turkumiga
oid leksemalar ko‘p ma’nolilikni hosil qilgan.