Amaliy topshiriq
1. Shisha oynadan to‘rtburchak shaklida o‘nta bo‘lak qirqib oling.
Ulardan bittasi kattaroq bo‘lsin. Ularni ho‘l latta bilan artib, ustma-
ust taxlang. Eng ustiga kattasini qo‘ying. Kattasidan ushlab ko‘taring.
Bunda qolgani ham ko‘tariladi. Sababini tushuntiring.
2. Tarelkaga suv solib chayqab tashlang. Tarelka yuzasi ho‘l bo‘la di.
So‘ngra bir bo‘lak sovun olib tarelkaga qattiq bosing va bir-ikki aylantirib
oling. Sovunni ko‘tarsangiz, tarelka qo‘shilib ko‘tariladi. Sababini
tushuntiring.
1. Nima uchun qattiq va suyuq jismlar o‘z-o‘zidan alohida molekulalarga
ajralib ketmaydi?
2. Molekulalar orasida faqat tortishish kuchlari emas, balki itarishish kuchlari
ham borligini qanday hodisalar ko‘rsatadi?
3. Havo molekulalari orasida o‘zaro ta'sir kuchlari bormi?
21
Do'stlaringiz bilan baham: |