Amaliy topshiriq
1. Stakanga suv quying va unga sekin eriydigan qand bo‘lagini
tashlang. Suvni aralashtirmay uni asta-sekin tatib ko‘ring. Vaqt o‘tishi
bilan uning shirinligi o‘zgarishini aniqlang.
2. Piyolaga issiq choy quyib, unga choy qoshiqda shakar solib aralash-
tiring. Asta-sekin oz-ozdan yana shakar solib, choyda erishini kuzating.
Shakarning ma’lum miqdoridan so‘ng solingan shakar erimay qoladi.
Sababi haqida o‘ylab ko‘ring.
23
1. Diffuziya hodisasining sababi nimada?
2. Nima sababdan temperatura ortishi bilan diffuziyaning borishi tezlashadi?
3. Gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarda kuzatiladigan diffuziya hodisasiga
misollar keltiring.
4. O‘zaro aralashmaydigan suyuqliklarni bilasizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |