10-MAVZU
SUYUQLIKLARDA DIFFUZIYA HODISASINI O‘RGANISH
(UYDA BAJARILADI)
Kerakli asboblar: ikkita stakan, margansovka kristallari.
Ishni bajarish tartibi.
1. Birinchi stakanga sovuq suv solib sovutgichga qo‘ying. Ikkinchisiga
ham suv solib, issiqroq joydagi shkafga qo‘ying.
2. Stakanlardagi suvni chayqatib yubormasdan ichiga margansovka
kristallarini soling.
3. Bir kunda ikki mahal stakanlardagi suvning qizarishini kuzating
(yuqori tomon necha millimetr ko‘tarilganini).
4. Kuzatishlar natijasiga ko‘ra diffuziyaning borish tezligini hisoblang.
. h – diffuziya natijasida qizil rangga bo‘yalib qolgan suyuqlik
balandligi. t – vaqt.
5. Kuzatishlar to‘g‘risida xulosalar yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |