Qadriyat – jamiyat va tabiatdagi ahamiyati, o„rni, nufuzi e‟tirof
etilgan moddiy va ma‟naviy nematlar, munosabatlar, jarayonlardir.
Qadriyatning mohiyatini tor ma‘noda, qimmati bor narsalar,
masalan, qimmatbaho buyumlar yoinki moddiy – iqtisodiy qimmati
yuqori narsalar deb tushunish yaramaydi. Qadriyat narsaning
bahosida ham aks etmaydi, bahosi arzon, masalan, gugurt ham
xech narsa o‗rnini bosmaydigan qadr – qimmatga ega bo‗lishi v a,
aksincha, bahosi nihoyatda baland buyum qadri ham shu qadar
yuqori bo‗lav ermasligi mumkin. Demak, qadriyat – bu narsaning o‗zi
emas, balki uning ijtimoiy axamiyati mujassamlashuv idir.
Qadriyatni narsaning nafi, foydaliligi bilan tenglashtirib bo‗lmaydi.
Nimaiki odamga foyda keltirsa, masalan, yolg‗onchilik, riyokorlik,
qadriyat bo‗lav ermaydi, o‗z nav batida, xozir, shu damda nafi
tegmayotgan narsa, chunonchi, arxeologik qazishmada topilgan
moziyning tilsiz guv oxi bo‗lgan siniq ko‗za ilmiy - tarixiy nuqtai –
nazardan bebaho qadriyat deb e‘tirof etilishi mumkin.
Moddiy v a ma‘naviy ne‘matlarni ko‗zdan kechirsak, ularning ijtimoiy
nufuzi, o‗rni, ahamiyati bir xilda emasligini, binobarn, qadr – qimmati
turlichaligini ko‗ramiz. Narsa – hodisa umuman o‗zgarmagani holda,
ijtimoiy makon v a zamon o‗zgarishi oqibatida shu narsa, hodisaning
ahamiyati, o‘rni, ijtimoiy baxosi o‗zgarishga duchor bo‗lishi, demak,
uning qadr-qimmati o‗zgarishi: oshishi yoki, aksincha, tushib ketishi,
ya‘ni qadrsizlanishi tabiiy xol. Qadrsizlanish o‗z-o‗zicha emas, balki
ijtimoiy borliq, ijtimoiy ongdagi ziddiyatlar, ularning hal etila borishi
ifodasi sifatida yuzaga chiqadi. Qadrsizlanish – ushbu jarayonning bir
qutbi, xolos, uning ikkinchi, qarama - qarshi qutbida yangi
qadriyatlar shakllanishi tuxtamay dav om etadi. Chunonchi,
mustaqillikning qo‗lga kiritilishi shuro tuzumi kishilarimiz ongiga zo‗rma-
zo‗raki
singdirgan
«sotsialistik
mehnat»,
«baynalmilalchilik»,
«kommunistik axloq», «kommunistik partiyaga sadoqat» kabi qadriyat
deb kelingan hodisa v a tushuncha, tamoyillarni o‗tmish mulkiga
aylantirdi, uning o‗rnini «insonparv arlik», «istiqlol mafkurasi», «milliy
dav latchilik», «milliy ong» kabi yangi qadriyatlar egalladi.
Qadriyatlar uchun bir tomondan barqarorlik, ikkinchi tomonidan
esa o‗zgaruv chanlik xos. Bir nuqtai nazardan qadriyat deb
baxolanishga loyiq narsa ikkinchi nuqtai nazardan bunday
baholanmasligi
mumkin.
Binobarin,
qadriyatlar
nihoyatda
xarakatchan, o‗sish – o‗zgarish, bir turdan ikkinchi turga, bir xolatdan
uning aksiga tezda o‗tish v a moslashish tabiatiga ega. Chunonchi,
kechagi shuro tuzumida la‘natlangan, taxqirlangan v a ta‘qiqlangan
xususiy mulkchilik bugungi bozor iqtisodiyoti dav rida ijtimoiy
taraqqiyot v a barqarorlik garov i, kishining tabiiy xaq– xuquqi sifatida
e‘tirof etilayapti v a kafolatlanayapti.
Qadriyatlar mav zusi, ayniqsa, bir jamiyat v a ijtimoiy tizimidan
ikkinchisiga tub burilish bilan o‗tayotgan, kishilar bir qancha o‗n
yilliklar mobaynida moslashgan qadriyatlar tizimini qayta nazardan
o‗tkazayotgan pallalarda dolzarb tus oldi. Bunday paytlarda
qadriyatlarning mezoni ham qaytadan idrok etiladi. Ijtimoiy borliqda
v a kishilar ongi, fikrida eski odatlar v a xayot tarzini yangilari bilan
shiddatli kurashi qadriyatlar olamiga daxl qilmay qolmaydi, dav r v a
jamiyat oldida turgan bosh maqsad v a unga erishish yo‗llari nimani
qadriyat deb bilish kerakligini aniqlab, qadriyatlarning yangi tizimini
shakllantirishda bosh omil bo‗ladi.
II. Qadriyatning turlari. Ijtimoiy zamon v a makon, ong shakllari,
ijtimoiy hayot sohalari, tarqalish miqyoslari, substrati v a sub‘ektiga
ko‘ra qadriyatlar bir necha turga bo‗linadi. Chunonchi:
1) ijtimoiy zamon nuqtai-nazaridan-tarixiy v a zamonav iy;
2) ijtimoiy makon nuqtai-nazaridan-mahalliy, mintaqav iy, global;
3) ijtimoiy ong shakllari nuqtai-nazaridan-axloqiy, diniy, falsafiy,
badiiy, ilmiy, siyosiy, xuquqiy v a xokazo;
4) ijtimoiy xayot sohalari nuqtai-nazaridan-iqtisodiy, siyosiy, sotsial,
madaniy, xuquqiy, mafkurav iy, ekologik v a xokazo;
5) tarqalish miqyoslari nuqtai-nazaridan-indiv idual, guruxiy v a
ommav iy;
6) substratiga ko„ra-moddiy v a ma‘nav iy;
7) ijtimoiy sub‟ekti nuqtai-nazaridan: sinfiy, milliy v a umuminsoniy.
Qadriyatlar dunyoni bilishning maqsadi, bilimlarimizning v oqelikka
mos kelishi (haqiqatligi) mezoni yoki biror ideal tarzida ham namoyon
bo‗ladi. Qadriyatlarning asosiy ijtimoiy funksiyalari yuqorida sanab
o‗tilgan tasnifiy turlarining o‗ziga xosliklaridan kelib chiqadi.
Chunonchi, diniy qadriyatlar ijtimoiy ongning ana shu shakli mohiyati
v a xususiyatlarini ifodalaydi, iqtisodiy qadriyatlar iqtisodiy hayot
sohasining eng muhim xususiyatlarini gav dalantiradi, kishilarni uni
egallashga da‘v at qiladi v a xokazo.
Qadriyatlar muayyan turlarga bo‗linganligiga qaramay, har bir
tarixiy dav r doirasida o‗zaro birikkan, biri-ikkinchisini to‗ldirgan ma‘lum
Do'stlaringiz bilan baham: |