Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdrasi


-mavzu: Shaxs shakllanishi va rivojlanishining harakatga keltiruvchi



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/49
Sana07.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#111505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
shaxs borasidagi

3-mavzu: Shaxs shakllanishi va rivojlanishining harakatga keltiruvchi 

kuchlari va shart-sharoitlari  

Reja: 

1.Shaxs shakllanishi va rivojlanishining biogenetik  yo‗nalishi.  

2.Shaxs shakllanishi va rivojlanishining sotsiogenetik yo‗nalishi.  

3. Ontogenezda shaxs shakllanishi.  

4.Rus psixologiyasida shaxs tuzilishini o‗rganishning turli yo‗nalishlari.  

Tayanch  so‟z va  iboralar:  

Fanning  abadiy  muammolaridan  biri  odamdagi  biologik  va  ijtimoiylikning 

o‘zaro  ta‘siri  masalasidir.  Psixologiyada  bu  muammo  turlicha  nomlar  bilan  atab 

kelingan:  irsiyat  va  muhitning  munosabati,  shaxs  shakllanishidagi  sub‘ektiv  va 

ob‘ektiv  omillar,  ―hayvonlik‖  darajasi  va  ―insoniylik»  darajasi;  shaxs  xulq-

atvorining  sabablarini  tushuntirishda  «vaziyat»  va  «dispozitsiya»(shaxs  xislatlari, 

tajriba,  layoqatlar)larning  roli;  shaxs  rivojlanishining 

ichki 


va  tashqi 

determinatsiyalari; shaxsning xatti-harakati va olamni idrok qilishida ijtimoiylik va 




20 

 

individuallikning  o‘zaro  nisbati  va  boshqalar.  Bu  muammo  o‘z  navbatida  shaxs 



psixologiyasining  eng  markaiy  masalalaridan  biridir.  ―Muhit‖    nazariyalariga 

ko‘ra,    odam  unga  o‘zaro  ta‘sir  etuvchi  vaziyatlarning  natijasi  bo‘lib,  ularga 

asoslanib  shaxs  hayotining  umumiy  qonuniyatlarini  tahlil  qilish  mumkin.  Bola 

shaxsining  bog‘chada,  maktabda,  sport  maydonchasida,  oilada  o‘garishi 

mumkinligini  hech  kim  inkor  eta  olmaydi.  Boshqa  kishilar  ta‘sirida  bola  turli 

ijtimoiy rollardan nusxa ko‘chiradi, ularga taqlid qiladi. Turli madaniyat kishilarida 

turli  urf-odat,  an‘ana  va  xulq-atvor  stereotiplarini  kuatish  mumkin.  Mazkur 

―tashqi‖  omillar  ta‘sirin  tahlil  qilmasdan  turib  insonning  xulq-atvorini  oldindan 

bilish  juda  qiyin.  ―Muhit‖  naariyasi  namoyondalari  mana  shu  faktlar  asosida  o‘z 

qarashlarini  ifodalaydilar.  ―Irsiyat‖  nazariyasi  shaxsning  xulqi  va  shakllanishini 

tug‘ma  layoqat, kishining tana tuzilishi (konstitutsiyasi)  va  genotipi bilan bog‘lab 

tushuntiradilar.  Bu  nazariya  tarafdorlarining  fikricha,  ―muhit‖  qanchalik  xalaqit 

bermasin,  haqiqiy  talantlar  o‘iga  yo‘l  ochib  oladi,  ularning  layoqati  hatto  eng 

noqulay  tashqi  sharoitda  ham  rivojlanishi  mumkin.  Biogenetik  yondashuv 

namoyondalari  tabiatni odamning rivojlanishi  manbai va harakatlantiruvchi kuchi 

deb  bilishadi.  Rivojlanishning  asosiy  determinanti  deb  irsiyat  e‘tirof  etishadi. 

Rivojlanish    sifat  jihatdan  yangining  paydo  bo‘lishi  emas,  balki  avval  mavjud 

bo‘lgan  layoqatlarning  namoyon  bo‘lishi  deb  qaraladi.  Bu  yondashuv  tarafdorlari 

psixik  rivojlanishning  endogen(ichki)  sabablariga  ko‘proq  urg‘u  berishadi.  Makur 

yondashuv  tarafdorlarining  asoslaridan  biriga  ko‘ra,  I.S.Baxlar  shajarasida  o‘nlab 

musiqachilar  bo‘lishgan.  Ularning  fikricha,  bu  musiqiy  qobiliyatlarning  bir 

avloddan  boshqasiga  o‘tishiga  yaqqol  misol  bo‘la  oladi.  Dastlabki  biogenetik 

nazariyalardan biri S. Xollning rekapitulyatsiya nazariyasidir. Uning fikricha, bola 

o‘z taraqqiyotida insoniyat taraqqiyotini qisqacha takrorlaydi. U o‘zining qonunini 

shakllantirdi,  ya‘ni  ontogenez  insoniyat  jamiyati  taraqqiyoti  tarixining  qisqacha 

takrorlanishidir. 

O‘tgan  ajdodlarimiz  yosh  psixologiyasining  muammolarini  izchil  va  atroflicha, 

muayyan  yo‘nalishda,  ma‘lum  kontseptsiya  asosida  o‘rganmagan  bo‘lsalar  ham, 

allomalarning  asarlarida  mazkur  holatlarnnng  aks  etishi,  namoyon  bo‘lishi, 



21 

 

rivojlanishn va o‘zgarishlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirilgan. Bular to‘rt xil 



manbalarda  uchraydi. Ularning biri  –  xalq  ijodiyoti:  rivoyatlar,  maqollar,  matallar 

va  masallar;  ikkinchisi  –  maxsus  ijodkor  kishilar  (hatto,  hukmdorlar)  muayyan 

shaxsga  bag‘ishlab  yozgan  o‘g‘it-nasihat va  hikoyatlar;  uchinchisi – qomusiy, O‘rta 

Osiyo  mutafakkirlarining  ilmiy-nazariy  qarashlari;  to‘rtinchisi  –  turli  davrlarda  ijod 

qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya‘ni badiiy asarlardir. 

Abu  Nasr  Forobiyning  inson  va  uning  psixikasi  haqidagi  axloqiy-falsafiy 

mushohadalari  «Ideal  shahar  aholisining  fikrlari»,  «Masalalar  mohiyati»,  «Falsafiy 

savollar  va  ularga  javoblar»,  «Jism  va  aktsidentsiyalarning  shakllariga  qarab 

bo‘linishi»,  «SHarxlardan»,  «hikmat ma‘nolari»,  «Aql  ma‘nolari to‘g‘risida» kabi 

qator  asarlarida  bayon  etilgan. Abu  Rayxon  Beruniy  o‘zining  «O‘tmish 

yodgorliklari» kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma‘lumotlarni keltiradi. SHu 

jumladan,  olim  kishilarning  jismoniy  tuzilishi,  umrlarining  uzun-qisqaligi 

to‘g‘risida  bildirgan  muloxazalar  diqqatga  sazovordir.  Beruniy  odam  uzoq  vaqt 

yashashining sababini biologik  va  irsiy omillar bilan bog‘laydi. Bu jihatdan uning 

«Xindiston»,  «Mineralogiya»  asarlari,  Ibn  Sino  bilan  yozishmalari  alohida 

ahamiyatga ega. 

Ibn  Sinoning  5  tomlik  «Tib  qonunlari»  asarida  organizmning  tuzilishi,  undagi 

nervlar va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan borliq psixik ja-rayonlar haqida 

ancha  muhim  ma‘lumotlar  bor.  Uning  «Odob  haqida»  risolasi  ham  inson  shaxsini 

shakllantirish to‘g‘risidagi jiddiy asardir. 

Yusuf  Xos  Xojibning  «Qutadg‘u  bilig»  asaridagi  bosh  masalalardan  biri  komil 

insonni  tarbiyalashdir.  Adib  o‘z  asarida  eng  komil,  jamiyatning  o‘sha  davrdagi 

talabalariga  javob  bera  oladigan  insonni  qanday  tasavvur  qilgan  bo‘lsa, shu  asosda 

o‘z  printsiplarini  bo‘yon  etadi.  A. Jomiyning  «Bahoriston»,  «Xiradnomai 

Iskandariy», «Tuhfatul ahror», «Silsilatuz zahob» va boshqa asarlarida ilm-ma‘rifat, 

ta‘lim-tarbiya,  kasb-hunar,  o‘rganish,  yaxshi  xislatlar  va  odoblilik  haqidagi  fikrlar 

ifodalangan. 

Davoniy o‘zining «Ahloqi Jaloliy» nomli  asarida insoniy fazilatlari to‘rtta bo‘ladi 

va  bular  donolik,  adolat,  shijoat  va  iffatdir.  SHoir,  ayniqsa  donolik  fazilatini 



22 

 

chuqur tahlil qiladi. Uningcha, inson o‘zining aqliy  qobiliyati  va aqliy  iste‘dodini 



tarbiyalash  uchun zukko, zehnli,  fahm-farosatli bo‘lishi  va bilimlarni tez egallashi 

lozim. 


A. Navoiyning  «Xazoyinul  maoniy»,  «Mahbubul  qulub»  va  boshqa  asarlarida 

yetuk,  barkamol  insonning  ahloqi,  ma‘naviyati,  odamlarga  munosabati,  iste‘dodi 

va  qobiliyati  to‘g‘risida  qimmatli  mulohazalar  yuritilgan. Ana  shu  psixologik 

kategoriyalar  ijtimoiy  adolat  qaror  topishi  uchun  muhimahamiyatga  ega  ekani 

ta‘kidlangan. SHuningdek,  Navoiy  asarlarida  shaxsning  kamol  topishida  ota-

onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida o‘rin 

egallaydi.  Navoiy  «Xamsa»sining  har  bir  dostonida  bukilmas  iroda,  irodaviy 

sifatlar,  qat‘iyalilik,  shijoat,  insonparvarlik  tuyg‘ulari,  ijodiy  hayolot,  insonning 

murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. 

Yuqoridagilardan tashqari, Bobur, Farog‘iy, Majlisiy, Mashrab, Gulxaniy, Nodira, 

Uvaysiy,  Muqimiy,  Furqat,  Bedil,  Zavqiy,  Hamza,  Avloniy  va  boshqalarning 

yoshlar tarbiyasiga, axloq-odob, fe‘l-atvor, oilaviy hayot  masalalariga, shaxslararo 

munosabatlarga  doir  qarashlari  ham  turli  janrlardagi  asarlarda  ravon  va  ixcham 

bayon qilib berilgan. 

XVII  asrdan  boshlab  to bizning  davrgacha  ikki  okim  ya‘ni,  falsafa  va  psixologiya  

o‘rtasida ruxiy taraqqiyot omillari  yuzasidan  keskin tortishuvlar boradi: 




Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish