3-mavzu: Shaxs shakllanishi va rivojlanishining harakatga keltiruvchi
kuchlari va shart-sharoitlari
Reja:
1.Shaxs shakllanishi va rivojlanishining biogenetik yo‗nalishi.
2.Shaxs shakllanishi va rivojlanishining sotsiogenetik yo‗nalishi.
3. Ontogenezda shaxs shakllanishi.
4.Rus psixologiyasida shaxs tuzilishini o‗rganishning turli yo‗nalishlari.
Tayanch so‟z va iboralar:
Fanning abadiy muammolaridan biri odamdagi biologik va ijtimoiylikning
o‘zaro ta‘siri masalasidir. Psixologiyada bu muammo turlicha nomlar bilan atab
kelingan: irsiyat va muhitning munosabati, shaxs shakllanishidagi sub‘ektiv va
ob‘ektiv omillar, ―hayvonlik‖ darajasi va ―insoniylik» darajasi; shaxs xulq-
atvorining sabablarini tushuntirishda «vaziyat» va «dispozitsiya»(shaxs xislatlari,
tajriba, layoqatlar)larning roli; shaxs rivojlanishining
ichki
va tashqi
determinatsiyalari; shaxsning xatti-harakati va olamni idrok qilishida ijtimoiylik va
20
individuallikning o‘zaro nisbati va boshqalar. Bu muammo o‘z navbatida shaxs
psixologiyasining eng markaiy masalalaridan biridir. ―Muhit‖ nazariyalariga
ko‘ra, odam unga o‘zaro ta‘sir etuvchi vaziyatlarning natijasi bo‘lib, ularga
asoslanib shaxs hayotining umumiy qonuniyatlarini tahlil qilish mumkin. Bola
shaxsining bog‘chada, maktabda, sport maydonchasida, oilada o‘garishi
mumkinligini hech kim inkor eta olmaydi. Boshqa kishilar ta‘sirida bola turli
ijtimoiy rollardan nusxa ko‘chiradi, ularga taqlid qiladi. Turli madaniyat kishilarida
turli urf-odat, an‘ana va xulq-atvor stereotiplarini kuatish mumkin. Mazkur
―tashqi‖ omillar ta‘sirin tahlil qilmasdan turib insonning xulq-atvorini oldindan
bilish juda qiyin. ―Muhit‖ naariyasi namoyondalari mana shu faktlar asosida o‘z
qarashlarini ifodalaydilar. ―Irsiyat‖ nazariyasi shaxsning xulqi va shakllanishini
tug‘ma layoqat, kishining tana tuzilishi (konstitutsiyasi) va genotipi bilan bog‘lab
tushuntiradilar. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, ―muhit‖ qanchalik xalaqit
bermasin, haqiqiy talantlar o‘iga yo‘l ochib oladi, ularning layoqati hatto eng
noqulay tashqi sharoitda ham rivojlanishi mumkin. Biogenetik yondashuv
namoyondalari tabiatni odamning rivojlanishi manbai va harakatlantiruvchi kuchi
deb bilishadi. Rivojlanishning asosiy determinanti deb irsiyat e‘tirof etishadi.
Rivojlanish sifat jihatdan yangining paydo bo‘lishi emas, balki avval mavjud
bo‘lgan layoqatlarning namoyon bo‘lishi deb qaraladi. Bu yondashuv tarafdorlari
psixik rivojlanishning endogen(ichki) sabablariga ko‘proq urg‘u berishadi. Makur
yondashuv tarafdorlarining asoslaridan biriga ko‘ra, I.S.Baxlar shajarasida o‘nlab
musiqachilar bo‘lishgan. Ularning fikricha, bu musiqiy qobiliyatlarning bir
avloddan boshqasiga o‘tishiga yaqqol misol bo‘la oladi. Dastlabki biogenetik
nazariyalardan biri S. Xollning rekapitulyatsiya nazariyasidir. Uning fikricha, bola
o‘z taraqqiyotida insoniyat taraqqiyotini qisqacha takrorlaydi. U o‘zining qonunini
shakllantirdi, ya‘ni ontogenez insoniyat jamiyati taraqqiyoti tarixining qisqacha
takrorlanishidir.
O‘tgan ajdodlarimiz yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha,
muayyan yo‘nalishda, ma‘lum kontseptsiya asosida o‘rganmagan bo‘lsalar ham,
allomalarning asarlarida mazkur holatlarnnng aks etishi, namoyon bo‘lishi,
21
rivojlanishn va o‘zgarishlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirilgan. Bular to‘rt xil
manbalarda uchraydi. Ularning biri – xalq ijodiyoti: rivoyatlar, maqollar, matallar
va masallar; ikkinchisi – maxsus ijodkor kishilar (hatto, hukmdorlar) muayyan
shaxsga bag‘ishlab yozgan o‘g‘it-nasihat va hikoyatlar; uchinchisi – qomusiy, O‘rta
Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlari; to‘rtinchisi – turli davrlarda ijod
qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya‘ni badiiy asarlardir.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi axloqiy-falsafiy
mushohadalari «Ideal shahar aholisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy
savollar va ularga javoblar», «Jism va aktsidentsiyalarning shakllariga qarab
bo‘linishi», «SHarxlardan», «hikmat ma‘nolari», «Aql ma‘nolari to‘g‘risida» kabi
qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayxon Beruniy o‘zining «O‘tmish
yodgorliklari» kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma‘lumotlarni keltiradi. SHu
jumladan, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-qisqaligi
to‘g‘risida bildirgan muloxazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt
yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan bog‘laydi. Bu jihatdan uning
«Xindiston», «Mineralogiya» asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida
ahamiyatga ega.
Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib qonunlari» asarida organizmning tuzilishi, undagi
nervlar va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan borliq psixik ja-rayonlar haqida
ancha muhim ma‘lumotlar bor. Uning «Odob haqida» risolasi ham inson shaxsini
shakllantirish to‘g‘risidagi jiddiy asardir.
Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» asaridagi bosh masalalardan biri komil
insonni tarbiyalashdir. Adib o‘z asarida eng komil, jamiyatning o‘sha davrdagi
talabalariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo‘lsa, shu asosda
o‘z printsiplarini bo‘yon etadi. A. Jomiyning «Bahoriston», «Xiradnomai
Iskandariy», «Tuhfatul ahror», «Silsilatuz zahob» va boshqa asarlarida ilm-ma‘rifat,
ta‘lim-tarbiya, kasb-hunar, o‘rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar
ifodalangan.
Davoniy o‘zining «Ahloqi Jaloliy» nomli asarida insoniy fazilatlari to‘rtta bo‘ladi
va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir. SHoir, ayniqsa donolik fazilatini
22
chuqur tahlil qiladi. Uningcha, inson o‘zining aqliy qobiliyati va aqliy iste‘dodini
tarbiyalash uchun zukko, zehnli, fahm-farosatli bo‘lishi va bilimlarni tez egallashi
lozim.
A. Navoiyning «Xazoyinul maoniy», «Mahbubul qulub» va boshqa asarlarida
yetuk, barkamol insonning ahloqi, ma‘naviyati, odamlarga munosabati, iste‘dodi
va qobiliyati to‘g‘risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik
kategoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhimahamiyatga ega ekani
ta‘kidlangan. SHuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota-
onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida o‘rin
egallaydi. Navoiy «Xamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, irodaviy
sifatlar, qat‘iyalilik, shijoat, insonparvarlik tuyg‘ulari, ijodiy hayolot, insonning
murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan.
Yuqoridagilardan tashqari, Bobur, Farog‘iy, Majlisiy, Mashrab, Gulxaniy, Nodira,
Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Bedil, Zavqiy, Hamza, Avloniy va boshqalarning
yoshlar tarbiyasiga, axloq-odob, fe‘l-atvor, oilaviy hayot masalalariga, shaxslararo
munosabatlarga doir qarashlari ham turli janrlardagi asarlarda ravon va ixcham
bayon qilib berilgan.
XVII asrdan boshlab to bizning davrgacha ikki okim ya‘ni, falsafa va psixologiya
o‘rtasida ruxiy taraqqiyot omillari yuzasidan keskin tortishuvlar boradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |