Psixodinamika nazariyasining namoyondasi amerikalik psixolog E. Erikson
insonning umrini o‘ziga xos betakror xususiyatlarga ega 8 ta davrga ajratadi.
Birinchi davr – go‘daklikda tashqi dunyoga ongsiz «ishonch» tuyg‘usi vujudga
keladi. Buning bosh sababi ota-onaning mehr-muhabbati, g‘amxo‘rligi va
jonkuyarligidir. Agar go‘dakda ishonchning negizi paydo bo‘lmay, borliqqa
ishonchsizlik hissi tug‘ilsa, voyaga yetgach ularda mahdudlik, umidsizlik vujudga
kelishi mumkin.
Ikkinchi davr – ilk bolalikda yarim mustaqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usi
shakllanadi yoki aksincha ularning teskarisi – uyat va shubha hissi hosil bo‘ladi.
Bolada mustaqillikning o‘sishi unga o‘z tanasini boshqarish uchun keng imkoniyat
yaratib, bo‘lg‘usi shaxs xususiyatlaridan tartib-intizom, masьuliyat, javobgarlik,
xurmat tuyg‘ulari tarkib topishiga zamin xozirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |