Ishning hisoboti
Kalorimetr shemasini chizish.
haroratning vaqt bo`yicha o`zgarish grafigini tuzish.
Kalorimetr doimiysi va tuzning erish issiqligini hisoblab topish.
Suvsiz tuzdan kristalgidratning hosil bo`lish issiqligini hisoblab topish.
Laboratoriya ishi №
Neytrallanish issiqligini aniqlash.
Kuchli kislotalarni suvli eritmalarini kuchli asoslar bilan
neytrallashda deyarli bir hil issiqlik ajralib chiqadi va u 1 g - ekv kislota
yoki asos uchun 57,1.103 dj ga teng (neytrallanish issiqligini doimiyligi
qonuni).
Elektrolitik
dissotsiatsiya
nazariyasi
bo`yicha
bu
qonun
quyidagicha tushuntiriladi. Kislota va asoslar o`rtasidagi reaktsiya
vodorod va gidroksil ionlari birikishiga va kam dissotsialanadigan suv
hosil bo`lishiga olib keladi. Masalan, hlorid kislotani natriy ishqori bilan
neytrallanishini quyidagicha ifodalash mumkin:
NaOH + HCl = NaCl + HOH + 57,1 . 103 J
Ion shaklida esa:
Na
+
+ OH
-
+ H
+
+ Cl
-
= Na
+
+ Cl
-
+ HOH + 57,1 . 103 J
Na
+
va Cl
-
ionlari reaktsiyaning o`ng va chap tomonlarida borligini
inobatga olib reaktsiyani quyidagicha yozish mumkin:
H
+
+ OH
-
= HOH + 57,1 . 103 J
Shunday qilib, qaysi kislota va asos olinishidan qat`iy nazar
neytrallanish reaktsiya natijasida vodorod va gidroksil ionlaridan suv
hosil bo`lar ekan. 1 mol suvni hona haroratida hosil bo`lishida 57,1.103
J issiqlik ajraladi.
Gramm - ekvivalent kislota va gramm - ekvivalent asosni o`zaro
ta`sirlashishi natijasida ajraladigan issiqlik neytrallanish issiqligi
deyiladi.
Kuchsiz kislotani kuchli asos yoki aksincha kuchli kislotani
kuchsiz asos bilan neytrallashda issiqlik effekt 57,1.103 J dan kam yoki
ko`p bo`lishi mumkin.
1 mol elektrolitni ionlarga parchalanishida ajraladigan issiqlik
miqdori dissotsiatsiyani issiqlik effekti deyiladi.
Shuning uchun kuchsiz kislotalarni kuchli asoslar bilan va
aksincha kuchsiz asoslarni kuchli kislotalar bilan neytrallashda
neytrallanish issiqligi turlicha bo`ladi. Masalan, ftorid kislotani
kaliy ishqori bilan neytrallanish issiqligi 66,9 kJ/g-ekv, tsianid kislotani
natriy ishqori bilan neytrallanish issiqligi esa 53,9 kJ/g-ekv.
Tajriba yo`li bilan kuchsiz kislotani kuchli asos bilan neytrallanish
issiqligi aniqlab, Gess qonuni asosida kuchsiz kislotani dissotsialanish
issiqligini aniqlash mumkin. Tajribada topilgan neytrallanish issiqligi
bo`yicha kislota yoki asosni neytrallash uchun olingan miqdorini
aniqlash mumkin.
Bu hisob quyidagi tenglama yordamida amalga oshiriladi.
;
1
,
57
1000
)
(
V
q
Q
n
Bu erda: n - kislota normalligi; Q - tajribada topilgan neytrallanish
issiqlik effekti; q - eritmani suyuqlantirish issiqligi; V - kislotani tajriba
uchun olingan hajmi.
Ishdan maqsad. Sirka kislotani natriy ishqori bilan neytrallashni issiqlik
effektini va sirka kislotani dissotsialanish issiqligi aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar: Issiqlik effektini aniqlash uchun qurilma;
ishqor solish uchun ampula; 10 % li natriy gidroksid eritmasi; muzli
sirka kislota.
Ishning bajarilishi: Kuchsiz kislotani kuchli asos bilan neytrallash
issiqligini aniqlash uchun kalorimetr yi?iladi. Kalorimetr tiqiniga
termometr va aralashtirgichdan tashqari ishqor uchun ampula ham
qo`yiladi.
Neytrallanish reaktsiyasi issiqlik ajralishi bilan boradi; shuning uchun
Bekman termometri shunday joylanadiki, bunda tajriba boshida
termometr kapillyaridagi simob pastgi shkalada bo`ladi. Kalorimetr
yig’ilgach tiqiniga bo`sh ampula qo`yilib kalorimetr doimiysi
aniqlanadi.
Kalorimetr doimiysi aniqlangach neytrallanish issiqligini aniqlashga
kirishiladi.
6 gr muzli sirka kislota 0,1 gr aniqlikda o`lchangan 500 ml si’imli
o`lchov kolbasiga solinadi (g
1
massa). Keyin kislota distillangan suv
bilan belgigacha suyultiriladi. Kislota harorati hona haroratiga
tenglashtiriladi va yana o`lchanadi (g
2
massa). Massalar farqidan eritma
massasi aniqlanadi; kislota kalorimetrga solinadi.
Tehnik tarozida 4 gr natriy gidroksid (qattiq) o`lchanadi, 50 ml sig’imli
o`lchov kolbaga solinadi va oz - oz distillangan suv solinib to`liq
eritiladi.
Eritma hona haroratigacha sovutilgach oldindan o`lchangan tayoqchali
ampulaga quyiladi; eritmali ampula o`lchanadi va massalar farqidan
ishqor massasi aniqlanadi.
Sirka kislota va ishqor eritmalari tayyorlangach, ishqorli ampula tiqinga
qo`yiladi; keyin ampula tubi tayoqcha bilan sekin sindiriladi. Eritmani
aralashtirib turib
t hisoblanadi. Neytrallanish issiqligini quyidagi
tenglamadan hisoblaymiz:
t
K
Q
bu erda: Q - neytrallashda ajralgan issiklikning umumiy miqdori;
K - kalorimetrning doimiysi; t - tajribada kuzatilgan haroratning
oshishi.
Neytrallash uchun 0,1 mol kislota va 0,1 mol ishqor olingan edi.
Berilgan miqdor kislotani neytrallanish issiqligini aniqlagandan
keyin uning gramm - ekvivalenti uchun neytrallanish issiqligi
hisoblanadi. Kuchli kislotalarni kuchli asoslar bilan neytrallashda 57,1
kJ ajralishini bilgan holda Gess qonuni bo`yicha sirka kislotani
dissotsialanish issiqligini hisoblash mumkin:
Q
диссоts.
= Q - 57.1
Do'stlaringiz bilan baham: |