113
tidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash,
shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq
munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat.
Qonun «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi
xalqaro Pakt»da belgilangan qoidalarni e’tirof etgan.
Inson o‘z dini va e’tiqodini o‘zgartirishi ko‘p hollar-
da salbiy oqibatlarga olib keladi. Ayniqsa, bunday ha-
rakatlar oqibatida oila muhitida ota-bola, aka-ukaning
yuzko‘rmas bo‘lib ketayotganini hech qanday yo‘l bilan
oqlab bo‘lmaydi. Shu kabi jihatlar hisobga olingan hol-
da qonunchilikda bunday holatlarga nisbatan javobgar-
lik ham belgilangan. Masalan, O‘zbekiston
Respubli-
kasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
240-moddasi ikkinchi qismida bir konfessiyaga mansub
dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-ha-
rakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati
uchun javobgarlik belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi demokratik tamoyillarga sodiqli-
gining ifodasi sifatida davlatning din
va diniy tashkilotlar bilan
o‘zaro munosabatlarda quyidagi tamoyillarga amal qilishini e’lon
qildi:
•
dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;
•
diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining
xususiy ishi deb tan olish;
•
diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham,
ularga
amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng ka-
folatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
•
ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qa-
ror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatla-
ridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llari-
ni izlash zarurati;
•
dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l
qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish.
Prozelitizm —
bir
konfessiyaga
mansub dindor-
larni boshqasiga
kiritishga qara-
tilgan xatti-hara-
katlar
114
O‘zbekiston qonunlarida, shuningdek,
diniy eks-
tremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan
yo‘g‘rilgan matbaa nashrlari, kino, foto, audio, video
mahsulotlari va shu kabi boshqa mahsulotlarni tayyor-
lash, saqlash va tarqatish huquqbuzarlik ekanligi belgi-
lab qo‘yildi.
Xulosa qilib aytganda, «Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning
hayotga tatbiq eti-
lishi respublikamiz hayotida katta voqea bo‘ldi. Sohaga
oid amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar natijasida
diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish hamda ularga rahbar-
IJODIY FAOLIYAT
Berilgan matnni diqqat bilan oqing va uni O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 4-moddasida belgilangan mazkur qoida bilan bo‘g‘lab
tushuntiring: «O‘zbekiston Respublikasi o‘z
hududida istiqomat qiluvchi
barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi-
ni ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi».
«Samarqand shahrida Sohibqiron Amir Temur davrida bunyod etilgan,
Doniyor payg‘ambar nomi bilan ataladigan maqbara islom, xristian va
yahudiylik dini vakillari tomonidan birdek e’zozlanadi.
Elyurtimiz necha asrlardan buyon bu qutlug‘ qadamjoni asrabavaylab,
obod qilib, unga hurmatehtirom ko‘rsatib kelmoqda».
Do'stlaringiz bilan baham: