125
hamda zonalarining alohida bo‘lishi talablariga qat’iy rioya etili-
shi lozim. Ular tomoshabinlar va sportchilar uchun maxsuslash-
gan binoga kirish hamda chiqish joylariga ega bo‘lishlari zarur.
Tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan xonalarga vestibullar, gar-
derob, koridorlar, foye,
bufetlar, sanitariya xonalari, chekish joy-
lari, chipta sotish kassalari va faxriy tashrif buyuruvchilar uchun
maxsus xonalar kiradi. Garderobli vestibul maydoni har bir tomo-
shabin uchun kamida 0,24 m², faqat garderob maydonida esa har
bir tomoshabin uchun 0,08 m² ga teng o‘lchamlarda
qabul qili-
nadi. Baryerning uzunligi 40-50 tomoshabinga (ba’zi hollarda 60
tomoshabin) 1 m baryer hisobida qabul qilinadi. Kuluarlar, foye va
bufetlarda umumiy me’yorlarga ko‘ra har bir tomoshabin uchun
0,5-0,6 m² qabul qilinadi. Tribunalarning sig‘imi 10 mingdan osh-
ganda bu me’yor-har bir tomoshabin uchun 0,3-0,4 m² gacha ka-
maytirilishi mumkin. Sport inshootidagi
sanitariya xonalari barcha
qavatlar bo‘yicha bir tekisda taqsimlanishi lozim. Hojatxonalarni
hisoblashda ayol-erkak nisbati 3:5 ko‘rinishida olinadi. Erkaklar
hojatxonasida har yuz kishi uchun 1 unitaz va 2 pissuar, ayollar
tualetida har 50 kishi uchun 1 unitaz mo‘ljallanishi lozim. Agarda
birinchi qavatdagi shamollatish va havoni ventilatsiya sharoitlari
talab darajasida bo‘lsa, bu yerda chekishga ruxsat beriladi va max-
sus chekish xonalarini loyihalash zarurati qolmaydi.
Chipta sotish
kassalarining soni soatiga har bir kassadan 400-500 chipta sotish
imkoniyatidan kelib chiqiladi. Sportchilar uchun xonalar guruhi
quyidagicha: vestibul garderobi bilan, kiyim almashtirish, dush,
hojatxona, massaj xonalari,
quruq-issiqlik hammomi, tibbiyot
xonasi, bufetlar, dam olish xonasi va sportchilarni arenaga chi-
qish oldidan yig‘ish xonalari. Sanab o‘tilgan barcha xonalarni bir
yer da guruhlashtirish va boshqa xonalardan ajratish hamda arena
bilan aloqani qulaylashtirish maqsadga muvofi q.
Dush xonalari
umumiy yoki alohida bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Ko‘p hollarda
dush xonalarida chegaralovchi devorlarni qo‘llash yaxshi natijalar
beradi.
Sanitar-gigiyenik talablar yuqori qo‘yilgan inshootlarda,
masalan, sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya inshootlarida, suv
havzalarida o‘tkazish dushlari va oyoq dushlari qo‘llaniladi.
126
Dush xonasining eng kichik o‘lchami 0,9x0,9 m chegara-
lovchi devorning balandligi 2 m dush xonalari
qatorlari orasidagi
yo‘lakning eni 1,5 m dush xonalari va devor orasidagi yo‘lakni eni
0,9 m oyoq dushining o‘lchamlari 0,85x1 m hisobida.
Dushlar soni quyidagi hisoblashdan aniqlanadi: sport zallari-
da bir vaqtda shug‘ullanayotgan 3 kishiga 1 ta dush, instruktorlar
uchun 20 kishiga 1 dush.
Hojatxonalardagi sanitariya jihozlari soni quyidagicha: bir
vaqtning o‘zida suv havzasida mashg‘ulot o‘tkazayotgan 25 kishi
uchun unitaz va 1 ta pissuar, ayollar hojatxonalari bir vaqtning
o‘zida suv havzasida mashg‘ulot o‘tkazayotgan 15 kishi uchun 1
ta unitaz yoki 30 o‘rinli kiyinib-yechinish joyi.
Massaj xonalari 1 ta stol uchun 12 m², stollar soni ko‘payishi
bilan har bir stol uchun 6 m² qo‘shiladi.
Quruq-issiq hammom maydoni 10 m² dan kam bo‘lmagan bir
o‘ringa 1m² hisobida aniqlanadi.
Bufet sport zalida yoki suv havzasida shug‘ullanayotgan har 6
kishiga bir o‘rin (1,2-2m²) hisobida
loyihalanadi va bufet uchun
qo‘shimcha xonalar nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: