Sport inshootlari indd


SHAHAR  VA  QISHLOQLARDA  SPORT



Download 8,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/107
Sana07.07.2021
Hajmi8,91 Mb.
#111136
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107
Bog'liq
sport inshootlari

SHAHAR  VA  QISHLOQLARDA  SPORT  
INSHOOTLARINI QURISH
Hozirgi zamonda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida sport 
inshootlari zaruriy ahamiyat kasb etadi. 


 121
Shuni nazarga olgan holda shaharda va qishloqlarda rejalashti-
rilayotgan sport inshootlari texnik talablarga hamda loyiha ta-
lablariga javob berishi lozim. 
Shahar va qishloqlarda qanday sport inshootlari rejalashtirish 
va qurish kerak degan savolga javob berishga harakat qilamiz. 
Shahar ko‘p aholi joylashgan va maxsus qaror bilan shahar 
maqomi berilgan joy bo‘lib, ishlab chiqarish korxonalari, zavod, 
fabrikalar faoliyat ko‘rsatadi hamda qishloq xo‘jaligi uchun meh-
nat qurollarini ishlab chiqaradi. 
Alohida joylashgan turar joylar va uning aholisi 1,5-3 ming 
bo‘lsa, bu holda uning hududida kompleks jismoniy tarbiya 
maydon lari,  ya’ni  gimnastika, yengil atletika bilan shug‘ullanish 
uchun, voleybol, basketbol, futbol maydonlari qurilishi lozim va 
uning umumiy maydoni 1200 m² dan kam bo‘lmasligi kerak. Bun-
dan tashqari ikkita tennis stoli uchun maydoncha ajratiladi. 
Mikrorayonda-alohida joylashgan turar joylar uchun ajratiladi-
gan sport inshootlari quriladi va alohida ajratilgan yerdan tashqari 
bu sport maydonlarini dam olish xiyobonlarda joylashtirish mum-
kin.
Agar mikrorayonda aholining soni 6 ming odamdan ko‘p 
bo‘lsa, unda kompleks maydonchalar quyidagilardan iborat, ya’ni 
gimnastika bilan shug‘ullanish uchun maydoncha, voleybol, bas-
ketbol, tennis maydonlari va uning umumiy maydoni 6700 m² dan 
kam bo‘lmasligi kerak. Agar mikrorayonning aholisi 12 ming va 
undan ortiq bo‘lsa, unda umumiy maydon 8400 m² gacha kengay-
tiriladi. 
Aholi zich yashaydigan rayonlarda (24-36 ming aholi) sport 
markazi qurilishi rejalashtiriladi va u sport markazlarining ik-
kinchi toifasiga kiradi. Ularga futbol maydoni (96x64 metr) va 
mashqlar uchun ikkinchi maydon (66x44 metr), ikkita tennis may-
doni (36x15 metr har biri), ochiq basseyn (25x10 metr), tir 50 metr 
va tomoshabinlar uchun bir ming o‘rindiq bo‘lishi kerak.
Umumshahar sport majmualari oliy darajali sport inshootlari-
ga kiradi. Shahar hududida sport inshoot tarmoqlarini qurishdan 
oldin ajratilgan yer uchastkalari o‘rganib chiqiladi va ular quyi-
dagicha:
- 7 yoshgacha bolalar uchun sport majmua uzoqligi 50-100 
metr bo‘lishi kerak;


 122
- 7-10 yoshgacha 150-200 metr;
- 11-17 yoshgacha 400-500 metr.
Tuman  sport markazi 20 daqiqalik masofada joylashgan 
bo‘lishi kerak.
Stadion bosh rejasini loyihalashda ko‘p minglik tomoshabin-
larni evakuatsiya vaqtida turli oqimlarni kesib o‘tmaydigan holda 
shahar qurilishini va yo‘llarini hisobga olish zarur bo‘ladi. Trans-
port yo‘llarining joylanishi, turli shahar va shaxsiy transport vosi-
talarining to‘xtash joylarida odamlar oqimining tarqalish prinsipi 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi sababli bunda asosiy kirish va ichki 
magistrallar joylanishi belgilanadi. Kirish joylarida kassa xonalari 
mo‘ljallanadi. Kassalar chiptali tomoshabinlar oqimidan tashqari-
da joylashadi. 
Bir rejada stadion uch asosiy qismga bo‘linadi: namoyish (to-
moshagoh), o‘quv-mashg‘ulot, xizmat ko‘rsatish qismlari.

Download 8,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish