103
Nazorat savollari:
1. Chim ustida xokkey maydoni o‘lchamlari qanday?
2. Chim ustida xokkeyda darvoza o‘lchamlari qanday?
YENGIL ATLETIKA SEKTОRI, ANJОM VA JIHОZLARI
Yengil atletika yugurish yo‘lkasi - asosan turlar bo‘yicha
o‘tkaziladigan musobaqalar tabiiy va sun’iy tartan, rekortan va
boshqa qoplamali stadion arenasining aylana yugurish yo‘lkasida
o‘tkaziladi. Yugurish yo‘lkasining aylana uzunligi 400 metr,
kengligi 7,32 metr, aylana radiusi 36
metr va burilish markazi
oralig‘i 86 metr bo‘ladi. Yugurish yo‘lkasining qiyaligi 1:100 dan
oshib ketmasligi kerak.
Yugurish aylana yo‘lkasi alohida-alohida yo‘lkalarga ajratiladi
va ularning kengligi 1,22 metrdan ortib ketmasligi kerak. Ush-
bu ajratilgan yo‘laklar butun uzunligi bo‘yicha qalinligi 5 sm
chiziqlar bilan chegaralanadi. Yuguruvchi yugurish yo‘nalishining
o‘ng tomonidan chiziq qalinligi u yugurayotgan yo‘lak
kengligi-
ga kiradi. Xalqaro musobaqalar o‘tkazish uchun aylana yugurish
yo‘lkasining yo‘laklari kamida oltita bo‘lishi kerak.
Yugurish yo‘lkasining yo‘laklari raqamlanadi.
Start va marra
chiziqlarining qalinligi 5 sm bo‘ladi.
Yugurish yo‘lkasining kengiligi quyidagicha bo‘lishi kerak.
- katta sport maydonlari uchun 3,75 metr,
- kichik o‘yingohlar uchun 5,00 metr,
- o‘rtacha o‘yingohlar uchun 6,25 metr.
Yengil atletika aylana bo‘ylab yugurish maydonining g‘arbiy
tomonida joylashgan to‘g‘riga yugurish yo‘lkasi,
asosiy yu-
gurish yo‘lkasi deb ataladi. Shu bilan birga to‘g‘riga yugurish
yo‘lkasininng
sharqiy tomoni yordamchi yugurish yo‘lkasi deb
ataladi.
Asosiy to‘g‘riga yugurish yo‘lkasining kengligi quyidagicha
bo‘lishi kerak:
– katta sport maydonlari uchun 6,25 metr,
– kichik sport maydonlari uchun 7,50 metr,
– o‘rtacha o‘yingohlar uchun 8,75 metr.
Yordamchi to‘g‘riga yugurish yo‘lkasining
kengligi quyidagi-
cha bo‘lishi kerak:
104
– katta sport maydonlari uchun 5,0 metr,
– kichik o‘yingohlar uchun 5,00–7,50 metr,
– o‘rtacha o‘yingohlar uchun 6,25–7,50 metr.
Sport maydonlarining asosiy aylana qismi yugurish yo‘lkasining
tashqi tomonida bevosita 1,5 metrli himoya zonasi quriladi.
Himoya zonasi har xil to‘siqlardan xoli turishi kerak. Himoya
zonasining uzunasiga shug‘ullanuvchilarga xavfsiz bo‘lgan har
qanday xomashyodan balandligi 0,5–0,8 mm li to‘siq o‘rnatiladi.
Yugurish yo‘lkasining ustki
qoplami barcha atmosfera
ta’sirlariga (yomg‘ir, qor, muzlama, shamolga) bardosh bera ola-
digan elastik va ravon changimaydigan bo‘lishi lozim.
Yugurish yo‘lkasi chetining ichki
va tashqi tomoni balandligi
3 sm gacha va 5–6 sm kenglikda maydon atrofi o‘raladi. Ular
shug‘ullanuvchilarga xavfsiz bo‘lgan barcha xomashyodan tay-
yorlanishi mumkin. Maydon aylana
cheti qirralari tuxumsimon
shaklda bo‘lishi kerak.
Sport maydonining shimoliy tomonida yengil atletikaning
sakrash va uloqtirish mashg‘ulotlarini
olib borish uchun joylar
o‘rin olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: