Past - baland juft xoda – ayollar uchun mo‘ljallangan juft
xodaning pastki yog‘ochi 130–150 sm, yuqorigi yog‘ochi 190
–240 sm balandda, yog‘ochlar oralig‘i 43–55 sm bo‘ladi. Xoda-
lar tuxumsimon shaklda bo‘lib, yog‘ochdan tayyorlanadi (oq
qayin, yasen, buk) hamda o‘rtasidan metall sterjenli stekloplast
o‘tkaziladi. Xodalarning kichik diametri 42 mm, katta diametri
esa 48 mm, yog‘ochlar o‘rtacha 135 kg yukni ko‘taradi. Xoda-
lar balandligi maxsus moslama bilan boshqariladi. Umumta’lim
maktablarda, ko‘lami katta bo‘lmagan musobaqalarda ba’zan eski
xildagi – ramali juft xodalardan foydalaniladi. Bunday holda juft
xodada mashq bajarish xavf tug‘diradigan, turtib chiqqan qismlari
bo‘lmasligiga e’tibor qaratish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |