Zamonaviy texnologiyalar


  Mashg‘ulotni natijalash



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/379
Sana07.07.2021
Hajmi7,04 Mb.
#111121
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   379
Bog'liq
kimyoni oqitishda zamonaviy texnologiyalar

6.  Mashg‘ulotni natijalash. 
Mashg‘ulotlarni, o‘rganilgan mavzuni yoki dars bo‘lagini xulosalash quyidagi 
vazifalarning  hal  etilishi  mavzu  yoki  mashg‘ulot  bo‘limini  yakunlash,  ―qissadan 
hissa  chiqarish‖,  qo‘llanilgan  metod  va  vositalar  samaradorligini  baholash  va 
galdagi vazifalarni belgilab olishga xizmat qiladi. 


97 
 
Trening 
mashg‘ulotlarini  tashkil  qilishda  quyidagi  malakalarning 
rivojlantirilishiga  alohida  e‘tibor  qaratish  talab  etiladi:  loyihalash;  eshitish; 
harakatlanish; tasavvur qilish; nutq; his qilish. 
Shu kabi trening mashg‘ulotlarida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:  
• mashg‘ulotning qatnashchilar uchun yoqimli bo‘lishi; 
• guruh barcha a‘zolarining jalb qilinishi 
• suhbatlashish (ma‘ruza qilish emas), muhokama qilish (uqtirish emas) 
• o‘zaro teng munosabatda bo‘lish («Sizlar» emas, «bizlar») 
• har bir ishtirokchining fikri qadrli va muhim; 
• kamchiliklardagi yutuqni ko‘ra olish; 
• auditoriya uchun eng qulay mashg‘ulot maromini tanlash; 
• ko‘rgazmalilik; 
• qatnashchilar ayta oladigan yoki biladigan ma‘lumotlarni takrorlamaslik; 
• ta‘limning pragmatik asosga qurilishi. 
Pedagogik  texnologiyalar  asosida  trening  darslarini  o‘tkazishda  talabalarda 
tanqidiy  fikrlashni  rag‘batlantirish  uchun  quyidagi  masalalarning  yechimiga 
erishish lozim bo‘ladi: 
• talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish; 
• turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish; 
• talabalarning o‘quv jarayonidagi faolligini ta‘minlash; 
• har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga ishontirish; 
• tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash. 
Qayd  etilgan  masalalarning  muvaffaqiyatli  hal  etilishi  tanqidiy  fikrlash  bilan 
bog‘liq ravishda quyidagilarga erishish imkonini beradi: 
• talabalarga maqsadni anglab olishga yordam beradi;  
• mashg‘ulotlarda faollikni ta‘minlaydi; 
• samarali munozaraga chorlaydi; 
• har qanday fikrlarga bo‘lgan hurmat kayfiyatini yaratadi;  
• mustaqil bilim olishni rag‘batlantiradi. 
Bizning  fikrimizga  ko‘ra  talabalarning  tanqidiy  fikrlashini  rivojlantirishda 
darsda turli qiziqarli masalalarning o‘rinli qo‘llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Quyida biz shu kabi masalalardan namunalar keltirmoqchimiz. 
Yaqinda  tadqiqotchilar,  suv  ta‘minotining  tizimida  faol  kimyoviy  modda 
katta  miqdorda  mavjud  ekanligini  va  zudlik  bilan  ehtiyot  choralari  ko‘rilmasa  u 
barcha  insonlar  salomatligiga  jiddiy  ta‘sir  ko‘rsatishi  aniqlandi.  U  sanoatda 
quydagi maqsadlarda qo‘llaniladi: 
-ishlab chiqarishda erituvchi va sovutgich sifatida  
-yadro reaktorlarida 
-penoplast ishlab chiqarishda 
-o‘t-o‘chiruvchi ko‘piklari tayyorlashda 
-pestitsidlari ishlab chiqarishda 
-sun‘iy ozuqaviy qo‘shimchalar va dori vositalari ishlab chiqarishda 
Shuningdek,  ushbu  kimyoviy  moddasi  yomg‘irlarning  asosini  tashkil  qilib, 
tuproq  eroziyasiga  sabab  bo‘ladi.  U  korroziya-zanglashni  tezlashtiradi  elektr 


98 
 
jihozlarining ishiga o‘ta salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Bu moddaning qattiq holati inson 
teri  qatlamlariga  uzoq  ta‘sir  qilsa,  chuqur  va  ayanchli  oqibatlarga  olib  kelishi  
mumkin.  Uning  oz  miqdordagisi  ham,  o‘pkaga  tushsa,  halokatga  olib  kelishi 
aniqlangan. Uni qabul qilgan barcha odamlar unga to‘laligicha bog‘lanib qoladi. 
Organizmga  ushbu  modda  yetishmay  qolgan  taqdirda,  unga  bo‘lgan  talab 
qondirilmasa,  buning  ijtimoiy  xavfi,  narkomaniya  va  alkogolizmdan  ham 
dahshatlidir. 
Sanab  o‘tilgan  xavf  omillariga  qaramay,  ushbu  moddani  butun  jahon 
bo‘ylab  yirik  korparatsiyalar  tomonidan  maxsus  yashirib  yotqizilgan  yer  osti 
quvirlari  orqali  qabul  qilinib,  o‘z  mahsulotlarini  tayyorlash  jarayonida  undan 
foydalanishda davom ettirib kelmoqda. 
Tarixda ushbu modda tufayli sodir bo‘lgan falokatlarga misollar: 
Titanik  kemasining  dvigetillarida  qo‘llanilgan  va  uning  halokatiga  asosiy 
sabablardan  bo‘lgan.  Shuningdek,  Titanikning  halokati  vaqtida,  1500  dan  ortiq 
odam,  ushbu  moddaning  ta‘siri  tufayli,  ekzogen  gipotermiyaga  uchrab, 
cho‘kmasdan avval vafot etgan; 
Shuningdek alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ushbu moddani ko‘p 
miqdorda (60-70 % gacha) qo‘shib yuboradilar. 
 Shuningdek, 2012  yilda  Britanyalik    ayol  aynan  shu  moddadan  zaharlanib 
o‘lgan.Savol bu modda nima? 
Bu kabi masalalar talabalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi va ularning 
darsdagi  faolligini  oshirishga  xizmat  qiladi.  Masalaning  javobiga  keladigan 
bo‘lsak,  bu  hammamizga  ma‘lum  bo‘lgan  hayot  manbai  bo‘lgan  suv  bo‘lib 
chiqadi.  

Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish