95
Tanqidiy fikrlash texnologiyasi:Ma‘lumki, har bir ta‘limot o‘zining nazariy
hamda amaliy asoslariga ega bo‘ladi. Pedagogik texnologiya borasidagi ilk
g‘oyalar ilgari surilgan davrlardayoq uning nazariy asoslari bilan birga uni
amaliyotga tatbiq qilishning umumiy asoslari ham yaratila boshlangan. Pedagogik
texnologiya nazariy va amaliy asoslarini uning maqsadi, mazmuni, vazifalari,
tamoyillari, obyektiv hamda subyektiv omillari, obyekti, asosiy tushunchalari,
mezonlari va boshqalar tashkil etadi.
Muayyan pedagogik texnologiyaning tanlanishi rejalashtirilgan mashg‘ulotda
qaysi darajadagi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish nazarda tutilganligiga
bog‘liqdir. Pedagogik texnologiya doirasida yangi o‘quv materialini
o‘zlashtirishning boshlang‘ich, algoritmik, evristik, ijodiy xarakterdagi darajalari
mavjud.
Boshlang‘ich va algoritmik xarakterdagi darajalar produktiv bilim va
ko‘nikmalarni aniqlash uchun mezon vazifasini o‘taydi. O‘zlashtirishning ushbu
darajalarini aniqlashga yordam beruvchi texnologik jarayonni ijrochi texnologiya
deb atash mumkin. O‘quv materialini esda saqlab qolish hamda ko‘nikmalarni
hosil qilishga yo‘naltirilgan faoliyat darajasi talabalarning mahsuldor va produktiv
faoliyatlarini uyg‘unlashtirishni talab qiladi. Mazkur holat o‘quv faoliyatini tashkil
etishga muammoli rivojlantiruvchi texnologiyani tadbiq etilishi bilan amalga
oshadi.
Ushbu texnologiya asosida ta‘lim jarayonini tashkil etish ta‘lim oluvchilarni
o‘quv materialini referatlashtirish, ularning mashg‘ulotlarda o‘z ma‘ruzalari bilan
qatnashish, munozara hamda ishchanlik o‘yinlarida faol ishtirok etishga o‘rgatishi
lozim.
Ta‘lim jarayoni evristik va undan keyingi ijodiy darajalarga erishganida,
yuqori darajadagi muammoli, muammoli-rivojlantiruvchi ta‘lim, vaziyatlarni tahlil
qiluvchi topshiriqlar, ishchan o‘yinlar kabi metodlar, shuningdek, mustaqil ishlar,
muammoli xarakterdagi topshiriqlardan foydalanish zarur.
Shunday qilib, talabalar o‘zlashtirish darajalarini e‘tiborga olgan holda ta‘lim
maqsadi belgilab olingach, uning mazmunini loyihalashga o‘tiladi. Bugungi kunda
interaktiv ta‘lim metodlarini qo‘llash pedagogik texnologiyalarni joriy qilishning
asosiy elementlaridan biri sifatida qaralmoqda. Bunga ko‘ra biz kimyo fanlaridan
ma‘ruza, amaliy mashg‘ulotlarini samarali tashkil qilish imkonini beruvchi trening
mashg‘ulotlari asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Trening so‘zi trenirovka – mashq qilish so‘zidan olingan bo‘lib, yangi
ma‘lumotlarni amalda qo‘llashni o‘rganish degan ma‘noni anglatadi.
Trening mashg‘uloti bosqichlarining taxminiy ketma-ketligini quyidagicha
tasavvur qilish mumkin: 1. Tanishuv. 2. Mashg‘ulotdan nimalar kutilayotganligi
aniqlash. 3. Mavzuga kirish. 4. Mavzu bo‘yicha ishlash. 5. Natijalarni namoyish
qilish. 6. Mashg‘ulotni natijalash.
Quyida trening mashg‘ulotlarini tashkil qilish bosqichlari mazmunini qarab
chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: