Zamonaviy texnologiyalar



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/379
Sana07.07.2021
Hajmi7,04 Mb.
#111121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   379
Bog'liq
kimyoni oqitishda zamonaviy texnologiyalar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Kimyo  o‘qitish  metodikasi  kafedrasi  (2019  yil  28  maydagi    10-sonli  
bayonnomasi)    va    Tabiiy  fanlar  fakultet    kengashining  (2019  yil    №-10    sonli 
bayonnoma)  yig‘ilishida  muhokama  etilib  tasdiqlangan  va  chop  etishga  ruxsat 
etilgan.  



 
―Kimyo  o‘z  qo‘llarini  inson  ehtiyoji 
uchun  zarur  bo‘lgan  hamma  yerga 
cho‘zmoqda,  qayerga  qaramaylik,  qayerga 
nazar tashlamaylik, hamma joyda kimyoning 
tadbiq  etilishidan  qo‘lga  kiritilayotgan 
yutuqlar namoyon bo‘ladi.‖ 
M.V.Lomonosov, 1751-yil 
 
SO‘Z BOSHI 
 
Kimyoni  o‘qitishda  zamonaviy  texnologiyalar  fanini  kimyo  o‘qitish 
metodikasi bakalavriat  ta`lim   yo‘nalishidagi  talabalarga  mo‘ljallangan  bo‘lib,  
ushbu  dastur bo‘lg‘usi  kimyo  o‘qituvchilarining  kasbiy  tayyorgarligiga  zamin  
tayyorlaydigan  kimyoni    o‘qitishning    zamonaviy    texnologiyalari    va    o‘quv-
tarbiya  jarayonini loyihalashtirish mazmunini o‘zida ifoda etadi. 
Shuningdek, bo'lаjаk  kimyo  o'qituvchilаrni  kimyo  fаnini  innоvаtsiоn  vа  
ахbоrоt  tехnоlоgiyalаri  аsоsidа    o‘qitishgа    tаyyorlаsh,    talabalarni    nazariy  
bilimlar,  amaliy  ko‗nikmalar,  kimyoviy  hodisa  va  jarayonlarga  uslubiy  hamda 
kompitensiyaviy  yondashuv,    ilmiy  dunyoqarashini  shakllantirish  vazifalarini 
bajaradi. 
Kimyoni  o‘qitishda  zamonaviy  texnologiyalar  fanini  bo‘lajak  kimyo  fani 
o‘qituvchilariga: 
 kimyo fanining asosiy maqsadi va tushunchalari; 
 kimyo fаnlаrini o'qitishning tа'lim-tаrbiyaviy vа rivоjlаntiruvchi funksiyalаrini; 
 kimyoning  tаkоmillаshtirilgаn  аn‘аnаviy  mеtоdlаrini  o‘ziga  xosligi  haqida 
tasavvurga ega bo‘lishi;  
 kimyoni o‘qitishdа zamonaviy tеxnоlоgiyalаr аsоsidа dаrs o'tish mеtоdikаsi 
 kimyoviy tаjribаlаr o'tkаzish bilimigа egа bo'lishi tаlаb etilаdi; 
 tаjribаlаr o‘tkаzishning dеmоnstrаtsiоnligi ko`rinishini o‘ziga xosligi; 
 kimyoni  o‘qitishda    darsdan    tashqari    ishlar    va    sinfdan    tashqari  
mashg‘ulotlarda  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanishni 
loyihalashtirish, usullari  haqida  bilishi va ulardan foydalana olishi; 
 kimyodan    ekskursiyalarda    o‘quvchilarda    bilish    faoliyatini    faollashtirishni 
loyihalashtirish; 
 kimyoning    dоlzаrb    mаsаlаlаrini    ilg'аy    оlishi    vа    o'quvchilаrgа    yеtаkаzа  
оlish mаlаkаsigа egа bo'lishi kеrаk ekanligini o‘rgatadi. 
Kimyoni    o‘qitishda    zamonaviy      texnologiyalari    fani      6–7    semestrda  
o‘qitiladi  o‘quv    rejadan    o‘rin    olgan    fanlar,    shuningdek,    «Kimyo    o‘qitish  
metodikasi»,  «Umumiy  pedagogika»,  «Umumiy  psixologiya»  o‘quv  fanlarining 
nazariy  va  amaliy  xulosalariga    asoslanadi.    Talabalar    pedagogik  
texnologiyalardan  ta‘lim-tarbiya jarayonida  foydalanishi    uchun  avvalo  mazkur  
kurs    mashg‘ulotlarida    axborot    va  pedagogik  texnologiyalarni  uyg‘unlashgan 
holda tashkil etishi zarur. 



 
Ushbu  o‘quv  qo‘llanma  darsni    axborot    texnologiyalari    va    zamonaviy  
pedagogik texnologiyalar  uyg‘unlashgan  holda  tashkil  etish  kimyoni  o‘qitishda  
pedagogik texnologiyalardan  foydalanish  va  ta‘lim  jarayonini  loyihalashtirish  
uchun    zarur  bo‘lgan  bilim,  ko‘nikma,  malakalarni  tarkib  toptirish  imkoniyatini 
beradi.  
Kimyoni    o‘qitishda    zamonaviy    texnologiyalari    fani    bo‘lg‘usi    kimyo 
o‘qituvchilarining    metodik    tayyorgarligini    orttirishga    zamin    tayyorlaydi.  
Kimyo  o‘qituvchisi  o‘zining  pedagogik  faoliyatida  pedagogik  zamonaviy 
texnologiyalardan  foydalanish    uchun    zarur    bo‘lgan    bilim,    ko‘nikma    va  
malakalar va komptensiyani  egallagan  bo‘lishi shart. 
Talabalar    pedagogik    texnologiyalardan    ta‘lim-tarbiya    jarayonida  
foydalanishi  uchun    avvalo    axborot    va    pedagogik    texnologiyalarni 
uyg‘unlashgan   holda    tashkil    eta olishi   zarur.    Ushbu    o‘quv qo‘llanma  darsni  
axborot  texnologiyalari  va  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  uyg‘unlashgan 
holda  tashkil  etish,    kimyoni  o‘qitishda  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan 
foydalanish uchun  zarur  bo‘lgan  bilim,  ko‘nikma,  malakalarni  tarkib  toptirish  
imkoniyatini beradi. 
Xulosa qilib  aytganda  o‘quv  qo‘llanma  talabalarga  yuqori  ilmiy-pedagogik 
darajada  dars  berish,  muammoli  ma‘ruzalar  o‗qish,  darslarni  savol-javob    tarzida  
qiziqarli    tashkil    qilish,    ilg‗or    pedagogik    texnologiyalardan    va  multimedia  
vositalaridan    foydalanish,    tinglovchilarni    undaydigan,    o‗ylantiradigan 
muammolarni  ular  oldiga  qo‗yish,  talabchanlik,  tinglovchilar  bilan  individual 
ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 

Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish