Zamonaviy texnologiyalar


Tanqidiy  fikrlashni  rivojlantirishga  xizmat  qiladigan  ikkinchi  bir



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/379
Sana07.07.2021
Hajmi7,04 Mb.
#111121
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   379
Bog'liq
kimyoni oqitishda zamonaviy texnologiyalar

Tanqidiy  fikrlashni  rivojlantirishga  xizmat  qiladigan  ikkinchi  bir 
masalani qarab chiqaylik: 
Samolyotning bir qanotidan ikkinchi qanoti uchlarigacha bo‘lgan uzunlik 40 
metrni tashkil qiladi. 
Katta albatros qushining qanotlari yoyilganda esa 4 metrga yetadi. 
Samolyot  va  albatrosning  yerga  tushadigan  soyalari  o‘zaro  teng  bo‘lishi 
uchun ular qanday balandlikda parvoz qilishlari kerak? 
Bu  masalaning  javobiga keladigan  bo‘lsak,  qush  va  samolyotning  soyasi  bir 
xil  bo‘lishi  mumkin  emas.  Zero,  quyosh  yerdan  shu  darajada  uzoq  masofada 
joylashganki,  qush  va  samolyotning  masala  shartiga  ko‘ra  talab  qilinadigan 
balandlikda  uchishi  amalda  mumkin  emas.  Ushbu  masala  o‘quvchilarni  har  bir 
masala yechimi ustida jiddiy va tanqidiy mulohaza yuritishga o‘rgatadi. 
Xulosa o‘rnida turli allomalar tomonidan, turli davrlarda bildirilgan quyidagi 
fikrlarni keltirmoqchimiz: 

 nimanidir boshqacha bajara olish uchun avvalo uni boshqacha tasavvur qila 
olish lozim; 

 raqobatda  eng  kuchli  yoki  eng  aqllilar  emas,  balki  yuz  berayotgan 
o‘zgarishlarga to‘laroq javob bera oladiganlar g‘olib chiqadi; 

 
agar  siz  to‘g‘ri  yo‘lda  bo‘lgan  chog‘ingizda  ham  bir  daqiqaga  to‘xtab 
qolsangiz, undan tushib qolishingiz mumkin; 


99 
 

  kashfiyotlar davri nihoyalab, mahorat davri boshlanmoqda. 
Yana  shuni  qayd  etish  joizki,  agar  siz  nimanidir  bajara  olaman  deb 
hisoblasangiz  Siz  haqsiz.  Agarda,  uni  bajara  olmayman  deb  hisoblasangiz,  bu 
holatda ham Siz haqsiz.  
Demak,  har  birimiz  davr  va  ta‘lim  islohotlari  asosida  zamonaviy  pedagogik 
texnologiyalar  asosida  yetuk  kasb  egalarini  tarbiyalashga  intilishimiz  lozim, 
chunki biz buni bajara olamiz. 
O‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishga tabaqalashtirilgan 
yondoshuv 
Respublikamizda  tabaqalashtirilgan  ta‘limni  joriy  qilish    rivojlangan 
demokratik  davlatlar  darajasida,  yuksak  ma‘naviy  va  axloqiy  talablarga  javob 
beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlashga  xizmat  qiluvchi  milliy  ta‘lim 
tizimini yaratishning muhim tadbirlardan biri sifatida e‘tirof etildi hamda «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi»ni joriy etishning ikkinchi bosqichida muhim vazifa etib 
belgilandi. 
O‘z  navbatida,  kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  sub‘yekti  va  ob‘yekti 
bo‘lgan  shaxsga  nisbatan  qo‘yilgan  talablarda  uning  intellektual  va  ma‘naviy-
axloqiy  barkamol,  ijodiy  qobiliyatlarini  to‘la  namoyon  eta  oladigan  darajada 
tarbiyalash  zarurati  alohida  qayd  etilgan.  Biz  milliy  ta‘lim  tizimini 
shakllantirishning  ushbu  talablarini  asos  sifatida  qabul  qilib,  shaxs  ijodkorlik 
faoliyatini tabaqalashtirilgan metodlar vositasida amalga  oshirish yo‘llarini tadqiq 
qildik. 
Tanlangan 
tadqiqot 
sohasida 
bugungi 
kundagi 
asosiy 
vazifalar  
tabaqalashtirilgan  ta‘limning  darajalari,  mazmuni,  shakli,  vositalari,  amalga 
oshirish 
metodlari, 
pedagogik 
hamda 
psixologik 
asoslarini 
aniqlash, 
o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini individual yondashuv asosida rivojlantirishga 
doir ilmiy-metodik tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat. 
Inson jamiyatda oliy qadriyat hisoblanadi. Ammo, turli kishilar turli qiziqish,  
turli  iqtidor,  turli  o‘sish  sur‘ati  ega,  u  turli  sohalar  bo‘yicha  turli  darajada 
muvaffaqiyatga  erishadi.  Ushbu  omillar  shaxs  qobiliyatlarini  rivojlantirish 
jarayonida    hisobga    olish    kerak.    Pedagogika  nazariyasida  ta‘limni  o‘quvchilar 
qiziqishlariga  ko‘ra  tabaqalashtirishning  maqsadga  muvofiqligi  asoslab  berilgan. 
Biroq  amaliyotda  turli  darajadagi  iqtidor  va  qobiliyatga  ega  bo‘lgan  o‘quvchilar 
ijodiy sifatlarini rivojlantirish muammosi o‘zining to‘laqonli yechimini topmagan. 
Tabaqalashtirilgan  ta‘limni  tashkil  etishning  eng  qulay  metodi  bu 
o‘quvchilarning  qiziqishiga  ko‘ra  tabaqalashtirishdir.  Mazkur  metodning 
demokratik xarakterda ekanligi, ushbu asosda o‘quvchilar xohishiga ko‘ra ixtiyoriy 
fanlarni  chuqurlashtirib    o‘qitishga  oid  ilmiy-metodik  tavsiyalar  ishlab 
chiqilganligini  e‘tiborga  olib  biz  uni  o‘z  izlanishlarimizda  asos  sifatida  qabul 
qildik. 
O‘quvchilarni  qiziqishlariga  ko‘ra  tabaqalashtirishga  oid  tavsiyalarda 
o‘qituvchining  individual  yondashuvi,  sinfning  o‘ziga  xos  xususiyatiga, 
o‘quvchilar yoshining e‘tiborga olinishi asosiy omillar  sifatida qaraladi. Ta‘limda 
tabaqalashtirishni  amalga  oshirishning  asosiy  yo‘llari  sifatida  doimiy  guruhlarni 


100 
 
shakllantirish  taklif  qilinadi.  Guruhlarni  taqsimlash  avvalo  majburiy  tayyorgarlik 
darajasi muvaffaqiyatining mezoni asosida amalga oshiriladi.  
O‘quvchilarni  ijodkorlik  faoliyatini  tabaqalashtirish  asosida  tashkil  qilishda 
bunday yondoshuvning ikkita kamchiligi mavjud, ya‘ni: 
-  o‘quvchilarni  ijodkorlik  qobiliyatlariga  ko‘ra  tabaqalashtirishda  majburiy 
tayyorgarlik  darajasi  muvaffaqiyatining  mezoni  asosiy  va  hal  qiluvchi  omil 
vazifasini bajara olmaydi; 
-  o‘quvchilar  ijodkorlik  faoliyatini  samarali  tashkil  etishda  guruh 
o‘quvchilarining  soni  va  tarkibi  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi,  shu  sababli 
guruhga  yahlit  obyekt  sifatida  yondoshish  kutilgan  natijaga  erishish  imkonini 
bermaydi.  
 

Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish