KIRISH
Hozirda kompyuter injiniringi va dasturiy injiniring, hamda ularga
yondosh sohalar mutaxassislari – kompyuterlarda, kompyuter tizimlarida
va kompyuter tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ma’lumotlarni ishlash
jarayonlarini qanday tashkil qilinganligini tushunishlari, hamda ulardan
kundalik faoliyatlarida foydalana olishlari tobora muhim ahamiyatga ega
bo‘lib bormoqda.
Kompyuterda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari, ya’ni hisoblash
jarayonlarining qanday tashkil qilinganligi, ma’lumotlarni bir joydan
boshqa joyga ko‘chirib yozish amallari, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash,
kompyuterda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik
choralarini amalga oshirish, hamda multimedia vositalari bilan ishlash
uchun yaratilgan dasturiy vositalardan unumli foydalanish, ularni
amaliyotda qo‘llashda – kompyuter arxitekturasiga oid bilimlardan
xabardor bo‘lishlik ham talab etilmoqda. Hozirda kompyuter va
telekommunikatsion tarmoqlar asosida yaratilgan va yaratilayotgan turli xil
tizimlarni, jumladan taqsimlangan va bulutli hisoblash tizimlari kabi
tizimlarni ham, o‘ziga xos kompyuterlar deb qarash mumkin bo‘lmoqda.
Kompyuter arxitekturasi haqidagi ushbu fanni o‘rganish bilan talaba
– kompyuterning qanday tuzilganligini, uning qanday ishlashi va
dasturlanishiga oid bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kompyuterning qanday tuzilganligi, qanday ishlashi va dasturlanishiga oid
bilimlarni egallash natijasida talabaning kompyuter bilan mutaxassis
sifatida muloqot qilish saviyasi va kompyuterning imkoniyatlaridan unumli
foydalanish darajasi oshib boradi.
Hisoblash texnikasi sohasi, hususan kompyuterlarning qanday
tuzilganligiga oid nashr qilingan adabiyotlarda asosiy e’tibor, kompyuterni
tashkil etuvchi apparat vositalarning qanday tuzilganligi, nima uchun
mo‘ljallanganligi, hamda qanday ko‘rsatgichlar asosida ularni tavsiflash
mumkinligiga qaratilgan. Ushbu adabiyotlar ko‘proq kompyuterning
apparat
qismi
bilangina
shug‘ullanuvchi
mutaxassislar
uchun
mo‘ljallangandir.
Ohirigi 10-15 yillar davomidagi rivojlanish shuni ko‘rsatdiki,
kompyuterni o‘zining faoliyatida qo‘llayotgan har-bir soha mutaxassisi,
ayniqsa kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring va telekommunikatsiya
4
kabi sohalar mutaxassislari uchun – kompyuterni tashkil qiluvchi apparat
va dasturiy vositalarini birgalikda o‘rganish maqsadga muvofiq ekan.
Kompyuterning apparat va dasturiy vositalarini birgalikda o‘rganish
deganda, kompyuter va kompyuter tarkibiga kiradigan qurilmalarni qanday
tuzilganligi bilan birga, ularda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari qanday
amalga oshirilishini ham o‘rganish tushuniladi. Bunda ma’lumotlarni
ishlash dasturlari qanday algoritmlar asosida tuzilganligi, ushbu
algoritmlarni so‘z bilan ifodalashdan tortib, to amaliy dastur sifatida
shakllanish bosqichlarini mukammal bilish kerak bo‘ladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmaning birinchi bobida zamonaviy kompyuter
arxitekturasiga oid asosiy tushunchalar, hamda kompyuterning raqamli va
mantiqiy asoslariga oid ma’lumotlar keltiriladi. Unda kompyuterning
apparat ta’minoti hisoblangan raqamli mantiqiy sath ob’ektlari – ventillar,
oddiy mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi elementlar, xotira elementlari
hisoblangan triggerlar, ular asosida qurilgan registrlar qanday tuzilganligi
va ularning kompyuter arxitekturasida tutgan o‘rni haqida tushuntirishlar
beriladi.
Ikkinchi bobda kompyuterning asosiy va yordamchi xotira
qurilmalari qanday tuzilganliklari haqida so‘z yuritiladi. Bunda asosiy
e’tibor ikkilik ko‘rinishda ifodalangan ma’lumotlarni xotiraga yozish,
saqlash, adreslash va xotiraga murojaat qilish qanday amalga oshirilganligi
ko‘rib chiqiladi.
Uchinchi bobda kompyuterlar protsessorlarning tuzilishlari va qanday
ishlashlarini tushuntirish amalga oshirilgan. Unda sakkiz, o‘n olti va o‘ttiz
ikki razryadli protsessorlarning tuzilishlari va qanday ishlashlari ularni
o‘zaro taqqoslashlar bilan keltirilgan. Ushbu bobda zamonaviy
kompyuterlar protsessorlari – Intel Core i7, UltraSPARC III, OMAP4430
va ATmega168 protsessorlari, hamda parallel kompyuter arxitekturalariga
oid ma’lumotlar bilan ham tanishtiriladi.
To‘rtinchi bob Assembler tilida dasturlash asoslarini o‘rganishga
bag‘ishlanadi. Unda asosiy e’tibor Assembler tilida yozilgan dasturlarni
o‘rganish va tuzish asosida kompyuter arxitekturasining tuzilishini qanday
ekanligini mukammalroq tushinib olish mumkinligi ta’kidlangan.
Beshinchi bobda kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-chiqarish
arxitekturasi, kompyuterning shinalari va ularning ishlash tamoillari haqida
so‘z yuritilgan. Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda
5
qo‘llanilayotgan PCI, PCI Exspress va USB shinalarining tuzilishlari va
xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |