1.3. Ma’lumotlarning xillari. Buyruqlarning formatlari va xillari.
Adreslash. Boshqarish oqimi. Uzilishlar.
Kompyuterlarda ifodalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning
xillarini ikkita turkumga ajratish mumkin:
1. Raqamli ma’lumotlar, ya’ni sonlar bilan ifodalanuvchi ma’lumotlar.
2. Raqamli bo‘lmagan ma’lumotlar.
Raqamli ma’lumotlar va ularni kompyuterda qanday ifodalanishini
ko‘rib chiqamiz.
Butun sonlar. Raqamli ma’lumotlarning asosiysi – bu butun
sonlardir. Butun sonlar kompyuterda ikkilik sonlar ko‘rinishida saqlanadi.
Ular odatda 8, 16, 32 va 64 bitli uzunliklardan biriga ega bo‘lishlari
mumkin. Kompyuterda butun sonlar ishorali va ishorasiz ko‘rinishlarda
ifodalanishi mumkin (1.12-rasm). 32-razryadli so‘z (rus tilida – слово)
yordamida 0 dan 2
32
-1 gacha bo‘lgan ishorasiz, hamda -2
31
-1 dan +2
31
-1
gacha bo‘lgan ishorali butun sonlarni ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |