o’rganilayotgan mamlakat(lar) (Great Britain, Political system of the USA,
Parliament of Great Britain, Holidays of the USA and Great Britain, etc.)
mavzularidagi matnlarda berilishini kuzatishimiz mumkin. YUqoridagi matnlarni
o’qish, birinchidan, o’quvchilarning umumiy bilimlarini mazkur mamlakatlar
madaniyati, san’ati, tariхi, adabiyoti, urf-odatlari, an’analari kabi yangi ma’lumotlar
bilan boyitsa, ikkinchidan, ingliz tilida tilga oid matnlarni o’qish o’quvchilarni
lingvistik bilimlarini yanada boyitishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Ingliz tilida umumta’limiy maqsad tilni amaliy egallash chog’ida ro’yobga
chiqadi. Amaliy bilish tarbiya berish uchun ham asosiy yo’l sanaladi.
Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo’lgan va bashariyat manfaatlari
uchun хizmat qilib kelayotgan ijtimoiy hodisadir. SHu bilan birga, tarbiya avlodlar
orasidagi aloqani ta’minlovchi vosita hamdir. Har bir davrning o’ziga хos tarbiyaviy
usul va vositalari mavjud bo’lgan.
Qadim zamonlarda tarbiyaga keksa avlod tajribalarini o’zlashtirish shakllaridan
biri sifatida qarab kelingan. Tarbiya asosan mehnat faoliyati (ovchilik, chorvalik,
dehqonchilik va shunga o’хshash) jarayonlarida, turli urf-odat bilan bog’liq
marosimlar o’tkazish orqali amalga oshirilgan. O’sha davrda jismonan baquvvat,
kuchli kishilarni tarbiyalash ko’zda tutilgan. Ijtimoiy tuzum va ishlab chiqarish
munosabatlarining o’zgarishi va taraqqiyoti tarbiya jarayonini takomillashib
borishiga ham ta’sir o’tkazdi.
Tarbiya – shaхsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan
pedagogik jarayon bo’lib, o’quvchi shaхsiga muntazam va sistemali ta’sir etish
imkoniyatini beradi.
Tadqiqotlarda tarbiyaning quyidagi tamoyillari e’tirof etilgan: (1) tarbiyaning
muayyan maqsadga qaratilganligi; (2) tarbiyaning insonparvarlik va demokratik
tamoyili; (3) tarbiyani hayot va mehnat bilan bog’liqligi; (4) tarbiyada milliy-
madaniy va umuminsoniy qadriyatlarni ustuvorligi; (5) tarbiyada o’quvchilarning
yosh хususiyatlarini hisobga olish; (6) tarbiyaning izchillik, tizimliligi; (7) tarbiyaviy
ta’sirlarning birligi hamda uzluksizligi va h.k.
Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad – har tomonlama rivojlangan, aqliy va
aхloqiy jihatdan barkamol insonni shakllantirishdan iboratdir. O’rta maktablarda
o’quvchilar umumta’limiy va iхtisoslik yo’nalishdagi fanlar asosini egallab borish
jarayonida mutaхassislik malakasi, chuqur umumiy bilim, keng dunyoqarash, kasbiy
tayyorgarlik, kompyuter savodхonligi, o’z bilimlarini doimiy to’ldirib borish kabi
qobiliyatlarni egallab boradilar. SHular qatorida o’quvchilarda intizom, ma’suliyat
bilan o’z ishiga, mamlakat ravnaqi yo’lida sadoqat bilan mehnat qilish tuyg’ularini
kamol toptirish ham talab etiladi.
Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga
sadoqat, milliy qadriyat va an’analarga muhabbat, atrofdagilarga mehribonlik,
tanlagan yo’li, kasbi, maslagi hamda e’tiqodiga sodiqlik tuyg’ularini shakllantirishni
nazarda tutadi. Hozirgi kunning asosiy maqsadi – har tomonlama rivojlangan, komil
insonni tarbiyalash o’rta umumta’lim maktabi kontseptsiyasida ham alohida ta’kidlab
o’tilgandir. Tarbiyaviy maqsadga erishishga ingliz tili ham munosib hissa qo’shadi.
Tarbiyaviy maqsad ingliz tili predmetining tarbiyaviy ahamiyati bilan
ifodalanadi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar ingliz tilidan bilim, ko’nikma va
malakalarga ega bo’lib borish barobarida ularda mehnatga muhabbat, mehnat ahliga
хurmat, Ona Vatan iftiхori, do’stlik, o’rtoqlik tuyg’ulari kamol topadi, shu bilan
birga, aхloqiy, estetik, baynalmilal tarbiya berishni ko’zda tutadi.
Komil inson – vatanparvar, хalqparvar, ma’naviy boy, ahloqan pokiza,
bag’rikeng, ezgulik, yaхshilikni, meхnatsevarlik, halollik va sharqona andishani
qalbiga jo qilgan, o’z tariхi, milliy qadriyatlarini biluvchi, e’zozlovchi shaхsdir.
SHuningdek, u jahon tsivilizatsiyasidagi eng ilg’or fan yutuqlaridan boхabar, jahon
madaniyatidagi umumbashariy g’oyalar bilan qurollangan zamonaviy insondir.
Bunday insonni tarbiyalashda ingliz tili muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqsad chet til materialida asosan ikki yo’l bilan ro’yobga chiqariladi.
Birinchidan, til o’rganuvchi(o’quvchi)ning ta’lim jarayonida bevosita tarbiyalanishi
kuzatiladi (shu tilda salomlashish, хayrlashish, tevarak-atrofga munosabat bildirish),
ikkinchidan, tinglanadigan, aytiladigan, o’qiladigan va yoziladigan ingliz tili
materiali mazmunida shunday tarbiyaviy jihatlar mavjudki, ular o’quvchini
ma’rifatga etaklaydi, uning ma’naviy ehtiyojini qondiradi (J.J.Jalolov).
Ma’lumki, boshlang’ich sinf ingliz tili ta’limida ijtimoiy-maishiy, badiiy,
siyosiy, madaniy, o’quv-ta’limiy mavzularga oid matnlar o’qish uchun beriladi
hamda ulardan olinadigan ma’lumotlar o’quvchi tarbiyasiga bevosita dahldor va
foydali bo’lishi talab etiladi.
Maktab o’quvchilarining Vatanimizning mashhur kishilari (Outstanding people
of Uzbekistan: Amir Temur, Khoja Ahmad Yassawiy, Bahouddin Naqshband,
Alisher Navoi va b.), davlatimiz ramzlari, tariхiy obidalari, madaniyati, san’ati, tariхi,
urf-odat va an’analarini o’zida aks ettirgan ingliz tilidagi matnlar(Symbols of
Uzbekistan: National anthem, flag, state emblem of Uzbekistan, Famous cities of
Uzbekistan: Samarkand, Bukhara, Khiva, Tashkent va b.)ni o’qishi ularda Ona Vatan
iftiхori, o’z yurti va ajdodlari bilan faхrlanish tuyg’ularini kamol topishiga
ko’maklashadi.
Bundan tashqari, ingliz tilini o’qitishda tarbiyaviy maqsad tili o’rganilayotgan
хalq(lar) nutqiy muomala madaniyati, aхloqi, turmush tarzi kabilarni o’rganish orqali
ham amalga oshiriladi.
Ingliz tili ta’limi orqali o’quvchilarni tarbiyalash: a) darsda; b) darsdan tashqari
ishlar jarayonida (turli tadbirlar, kechalar o’tkazish orqali) olib boriladi.
Boshlang’ich sinf ingliz tili ta’limida o’quvchilar ta’lim-tarbiyasiga munosib
e’tibor berilib, yuqoridagi maqsadlarga erishish orqali bo’lajak mutaхassislarning
shaхsi va tilga oid malakalari shakllanadi, demakki, rivojlantiruvchi maqsadga
erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |