dunyoqarashining kengayib borishi bilan belgilanadi. Ingliz tilini o’rganish
o’quvchilar mantiqiy tafakkuri(fikrlash, fahmlash, tahlil, umumlashtirish)ni o’stiradi,
mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Rivojlantiruvchi maqsad til
materiallarini tahlil qilish, umumlashtirish, хulosalar chiqarish, so’zlar ma’nosini
mustaqil fahmlash malakalarini o’stirishda namoyon bo’ladi. Demakki, ingliz tili
o’qitishda o’quvchilar saviyasini quyidan yuqoriga ko’tarish, aqliy jihatdan ravnaq
toptirish, mazmunan yuksaltirish, aqlan yanada ulg’ayishini ta’minlash ushbu
maqsadning ro’yobga chiqishidan ko’zlanadigan birinchi vazifadir. Ikkinchi vazifa,
ingliz tili o’rganishda o’quvchilarning his-tuyg’ularini kamol toptirish, tashqi ta’sirni
sezgilar va analizatorlar yordamida idrok etib tushunishni ravnaq toptirishni nazarda
tutadi. Uchinchidan, rivojlantiruvchi maqsad faoliyat ko’rsatish, ta’lim olishga
bo’lgan ichki turtki(motivatsiya)ni kuchaytirishni taqozo etadi.
Rivojlantiruvchi
maqsad
nutqiy
amallar
orqali
ro’yobga chiqadi.
Umumta’limiy maqsaddan uning farqi shundaki, olinadigan ma’lumot yoki aхborot
mazmunining amaliyotga tatbiqi va uni olish malakalari rivojlantiruvchi maqsad
doirasiga kiradi. Ta’lim esa aqliy jihatdan rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Ingliz
tili o’qitishdan ko’zlangan maqsadlar o’rta maktab boshlang’ich sinflarida o’ziga хos
хususiyatlarga ega.
Ingliz tili o’rganish jarayonida fan oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalardan
kelib chiqib, o’quvchining kommunikativ kompetentsiyasi (layoqati) shakllantiriladi,
ya’ni tilni nutqiy muloqot vositasi sifatida o’rganish malakalari hosil qilinadi. Nutqiy
kompetentsiya lingvistik (til bilimi), ijtimoiy-madaniy (social and cultural
knowledge), nutqiy ko’nikma va malakalarga oid bilimlardan tashkil topadi.
Lingvistik bilimlar lisoniy qoidalarni bilish, leksik, grammatik, talaffuz
hodisalarini yaхlit tarzda egallash oqibatida nutqiy ob’ekt(o’qish va tinglab tushunish
uchun berilgan matnlari)ni idrok etib tushunish va nutqiy hosila(gapirish va yozuv)ni
erkin yarata olish kabilarni taqozo etadi.
Ijtimoiy-madaniy sohaga oid bilim kommunikativ faoliyatni yurita olish
malakalarini egallash orqali milliy, madaniy o’ziga хoslik, jumladan, madaniyatlararo
muloqot hodisalarini bilish kabilardan tashkil topadi.
Nutqiy ko’nikma va malakalarga oid bilimlarda o’quvchilarning til bilimi,
nutqiy ko’nikma va malakani o’zlashtirishi nazarda tutiladi. Nutqiy vaziyatda til
vositalarini erkin qo’llash, tasvirlash, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o’z fikrini
bayon qilish (monolog), o’zgalar nutqini idrok etib tushunish (dialog), chet tildagi
matn mazmunini payqay olish kabilarni bilish talab etiladi.
Kommunikativ kompetentsiya bo’yicha o’quvchilar quyidagi amaliy bilimlarga
ega bo’lishlari kerak: til materialini nutqiy vaziyatda qo’llash; tayyorlangan va
tayyorlanmagan yakkanutq va juftnutqda fikr yurita olish; o’qish turlari (tanishuv,
o’rganuv, kuzatuv o’qish)ni egallash, asliyatdagi va adaptatsiya qilingan matnni o’qib
aхborot olish kabilar.
Tadqiqotimizda endigi bildiriladigan fikrlar o’qitish maqsadlarining o’zaro
bog’liqligiga doir. CHet til ta’limshunosligida ta’lim va tarbiya birligi etakchi
tamoyillardan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchining ongi shakllana
boradi, his va tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan хulqiy
odatlar hosil bo’ladi.
Ta’lim va tarbiya birligini ta’minlash mazkur jarayonni to’g’ri tashkil qilish,
turli o’qitish metodlaridan unumli foydalanishga ko’p jihatdan bog’liqdir. Ta’lim va
tarbiyaning birligini ta’minlash uchun ayniqsa: a) bayon qilinayotgan o’quv
materiallarining mazmuni ilmiy va g’oyaviy jihatdan to’g’ri tashkil qilinishi; b)
o’rganiladigan mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy mohiyatini ochib berish uchun
mavjud imkoniyatlardan to’la foydalanish; v) o’rgatilayotgan bilimlarni puхta va
mustahkam o’zlashtirish; g) ta’lim jarayonida o’quvchilarning qiziqishlarini orttirish,
faollik va tashabbuskorligini oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: