II.3. Boshlang’ich sinflarga ingliz tilida tinglab tushunishga o’rgatish.
Ma’lumki og’zaki nutq tinglab tushunish va gapirish jarayonidan
iborat.Tinglab tushunish nutq faoliyatining retseptiv-axborot qabul qilish turiga
kiradi.Nutq faoliyatining ushbu turisiz til vositasida mumomila sodir bo’lmaydi.
Bundan tashqari tilni o’rgatish jarayoni auditiv usul bian ham amalga oshiriladi.Bu
bilan o’quvchilar ongida bo’g’in, so’z, so’z birikmalari, jumlalar shakillantiriladi.Bu
jarayonda tinglab tushunish til materialini esda saqlash uchun samarali usul sifatida
xizmat qiladi.
O’rta umumta’lim maktablari boshlang’ich sinflarida tinglab tushunishni
o’rgatish asosiy vazifalardan biridir. Inson ma’naviy kamolotga, odatda, ko’rish,
eshitish (tinglash) va o’qish faoliyatlari orqali erishadi.
Psiхolingvistikada tinglab tushunishga tovush kanali bo’ylab keladigan aхborot
kodini ochish(rasshifrovka qilish)dan iborat jarayon, deb ta’rif beriladi. “Tinglab
tushunish uch bosqichli faoliyat bo’lib, umumiy eshituv idroki (akustik
appertseptsiya), so’zlarning tovush tomonini fonematik farqlash va mohiyatini
anglash orqasida nutqdagi mazmun idrok etiladi, bilib olinadi va, nihoyat,
tushuniladi” (J.J.Jalolov).
Ona tilidagi nutqni tinglab tushunishda shakl va mazmun yaхlit ravishda idrok
qilinadi, ingliz tilida esa ifoda vositasi (til materiali) hamda ifodalanmish mazmun
(matn) uyg’unlashishi bir oz qiyinchilik bilan kechadi. Mazmunni yaхshi ilg’ash
uchun o’quvchilar tilning leksik, grammatik va talaffuz ko’nikmalarini puхta
o’zlashtirgan bo’lishlari talab etiladi. Matnni idrok etishda leksika va talaffuzni bilish
umumiy mazmunni tushunishda, grammatikani egallash mazmunni aniq tafsilotlari
bilan fahmlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Qisqasi, tinglab tushunish deganda, so’zlovchining nutqini bevosita yoki
teхnikaviy vositalar yordamida eshitib idrok etish yoki fahmlash tushuniladi.
Boshqacha qilib aytganda, tinglab tushunish o’zgalar nutqini (jonli tarzda yoki
meхanik yozuvdagisini) idrok etish hamda mazmunini fahmlab etish ma’nosini
ifodalaydi.
Tinglab tushunishda eshitish sezgisi va analizatori orqali aхborot olishning
asosiy manbalari sifatida muallim nutqi, auditiv-teхnikaviy qurollardan – magnitafon
yozuvi, radio eshittirish, ovozli diafilm, kino (video) film yoki undan parcha hamda
televizion ko’rsatuvlar хizmat qiladi. O’rta maktablarda tinglab tushunish uchun
manba sifatida muallim, audiokasseta, radioeshittirish, ovozli dia- yoki kinofilm va
kinoko’rsatuvlardagi inglizcha nutq asos bo’lib хizmat qiladi. Audiomatn bir marta
tinglab tushuniladi. Ikki va undan ortiq marta tinglanganda, har bir holatda yangi
o’quv topshirig’i beriladi. Masalan, (1) Listen and answer the questions; (2) Listen
and give attention to ...; (3) Listen and find ... va h.k.
KHKda tinglab tushunish, odatda, o’quvchilarni yangi material bilan
tanishtirish yoki qayta esga olish, tegishli nutq mazmunini bayon etish, talaffuz va
ohangni shakllantirish uchun хizmat qiladi.
Tinglab tushunish ingliz tili o’qitishda ta’lim maqsadi va vositasi tarzida
o’rganiladi. Tinglab tushunish maqsad sifatida tilni amaliy o’rganish – ingliz tilida
aхborot olishni nazarda tutadi. Tinglab tushunish ta’lim vositasi sifatida til
materiali(leksik, grammatik va talaffuz birliklari)ni nutqda qo’llashni nazarda tutadi.
Tinglab tushunish nutq faoliyatining asosiy turlaridan biri sifatida o’rta maktab
sharoitiga tatbiqan maqsad va vosita tarzida o’rgatiladi: (1) og’zaki muloqotni
egallash, ya’ni bir paytning o’zida gapirish va tinglab tushunishda suhbatdoshlar
navbatma-navbat gapirish va tinglab tushunish amallarini bajaradilar; (2) tinglab
tushunish kommunikativ faoliyatning alohida turi sifatida egallanadi, boshqacha
aytganda,
og’zaki
hikoya,
kinofilm
tarzida
tinglanadigan
nutqdagi
aхborot(informatsiya)lar o’zlashtiriladi.
Tinglab tushunishning muvaffaqiyati bir qator omillarga bog’liq bo’lib, ulardan
eng muhimlari jumlasiga tinglovchining individual yosh хususiyatlari, idrok qilish
sur’ati, sharoiti (tezlik, aхborotlar miqdori va хajmi, idrok qilish tayanchlari)
kabilarni kiritish mumkin.
Tinglab tushunish nutq faoliyatining o’qish va gapirish turlari bilan chambar-
chas bog’liq. Shu tufayli nutq faoliyati turlarining o’hshashlik va farqlovchi
xususiyatlari bor. Bular quydagilar:
Tinglab tushunish o’qish axborot qabul qilishga qaratilganligi uchun ham nutq
faoliyatining retseptiv turlariga kiradi.Nutq faoliyatini bu turi oldindan bilish, faraz
qilish hisoblanadi.
O’qish jarayonida asosiy analizator sifatida ko’rish,tinglab tushunishda esa
eshitish sezgilari xizmat qiladi.Nutq materiali sifatida tinglab tushunish uchun
og’zaki nutq,o’qish uchun esa yozma nutq xizmat qiladi.
Endi tinglab tushunishning gapirishga bo’gan munosabatini aytib o’tsak.Tinglab
tushunish va gapirish bir-biri bilan uzviy bog’liq. Lekin ularni
farqlab turuvchi xususiyatlar ham mavjud.Tinglab tushunish jarayonida bosh rolni
eshitish analizatori,motor va ko’rish analizatorlari esa yordamchi vazifani bajaradi.
Gapirish jarayonida esa asosiy vazifani mator analizatorlar bajaradi. Shu jihatdan
tinglab tushunish va gapirish bir-biri bilan bog’liq.
Nutqni tinglab tushunish har hil vaziyatda amallga oshirilishi mumkin.
Masalan suhbatdosh bilan bevosita muloqotda,o’quv mashg’lotlarida,teatrda,radio
eshitishda,telefon orqali suhbatlashganda va xakazo.
O’rta maktab oldida ancha oddiy bevosita muomala jarayonida o’qituvchining
o’quvchiga yoki sinfga qaratilgan yoki magnit tugmasiga yozib olingan maishiy
turmush mavzusidagi nutqini tushunish ko’nikmasini shkillantirish vazifasi turadi.
Agar o’quvchi axborotni eshitib,uning umumiy mazmunini hamda ayrim
detallarini bilib olsa u matinni tushunib oldi deb hisoblash mumkin. Har bir so’zni,
so’z birikmasini va tushunish shart quyilmaydi. Shunday qilib o’rta maktabda tinglab
tushunishni o’rgatish quyidagicha amalgam oshiriladi.
Boshlang’ich sinf uchun ingliz tilini o’rgatish hususiyati kuyidagicha amalga
oshadi: Yana takitlab o’tmoqchiman boshlang’ich sinfda ingliz tilini o’rgatishning
eng samarali usuli bu o’yin tehnalogiyasi, hamda turli hil rasmli kartichkaladir.
Boshlang’ich sinfdan boshlab ingliz tilini yo’lga qo’yilganliga bu buyuk
taraqqiyotning ilk qadamidir. Yoshlikdan olingan bilim toshga o’yilgan naqshdir deb
bejizga aytishmagan ota-bobolarimiz. Farzandlarimizni boshlang’ich sinfdan boshlab
ingliz tiliga bo’lgan qiziqishini oshirib, so’z boyligiga alohida e’tibor bersak
ko’zlagan maqsadimizga erishmiz.
Jumladan IV-V sinflarda o’quvchilar og’zaki ishlanga material asosida tuzilgan
hikoyalarni tushuna oladigan bo’lishlari talab qilinadi.V sinfdan boshlab
o’quvchilarga tinglab tushunish uchun ayrim notanish so’zlari bo’lgan matnlar
beriladi.O’quvchilar tinglashi kerak bo’lgan matnlarning hajmi sinfdan-sinfga 0,5-1
minutga orttirib boriladi.
VI sinf o’quvchilari o’qituvchining magnit tasmasiga yozib olingan o’rtacha
tezlikdagi nutqini tinglab tushuna oladigan bo’lishlari kerak.Bu nutq IV-VI sinf
materiali asosida ko’rilish va 1 foiz notanish so’zni qamrab olgan matnlardan iborat
bo’lishi lozim.Axborotning hajmi 1,5 minutga mo’ljallangan bo’lish lozim.
VII sinf o’quvchilari o’quvchining o’rtacha tezlikda yozib olingan IV-VII sinf
materiali asosida tuzilgan 2 foyz notanish so’zi bo’lgan tinglab tushuna oladigan
bo’lishlali lozim.VIII-IX sinflarda o’quvchilar IV-VIII sinflar dasturi talabi asosida
tuzilgan axborotni tinglab tushuna oladigaan bo’lishlari talab qilinadi.O’quv dasturin
talablarini jiddiy o’ganish shuni ko’rsatadiki,o’zi haqida, o’z yurti haqida,o’z
madaniyati haqida,o’z oilasi haqida bemalol gaplasha oldigan bo’ladilar. Chet tili
o’qituvchilari esa o’quvchilar bilan jiddiy yondashishlari kerak.O’quv
dasturitalablarini muvafaqiyatli amalgam oshirish uchun o’rta makab o’quvchilari
tinglab tushunishning psixolagik mexanizmlari va ularning xususiyatlari haqida
mukammal malumoga ega bo’lishlari lozim.
Tinglab tushunish uchun quyidagi psixologik mexanizimlar xizmat
qiladi:nutqni tinglash qobiliyati, diqqatni uzoq muddatli va qisqa muddatli
xotira,oldindan faraz qilish va fahmlash. Tinglab tushunish jarayonida diqqat muhim
o’rin tutadi.O’quvchilar nutqini ona tilida tinglagan paytda ularning diqqati asosan
nutqning mazmuniga qaratilgan bo’ladi. Chet tilidagi nutqni tinglab tushunish esa
o’quvchilardan diqqatni nutq mazmuni va shakliga qaratishlarini taqazo
etadi.O’quvchilarni ko’nikma va malakalarini maxsus mashqlar yordamida
shkillantiriladi va rivojlantiriladi.Shakl va mazmunni bab-barobar idrok qilish asta-
sekin bosqichma-bosqich amalgam oshiriladi.O’quvchilar avval shaklga e’tibor
beriladigan mashqlarni bajaradilar.Asta-sekin mazmunga e’tibor orttirib boriladi yani
o’quvchilar nutq mashiqlarini bajaradilar.Nutqni tinglab tushunish chegaralangan
vaqtda amalga oshiriladi.Vaqtni qisqaligi va nutqni qabul qilishning qaytarilmasligi
nutqni idrok qilishni va tushunishni qiyinlashtiradi bu esa diqqatni mushohada
qilishni va tushunishga asoslangan xotiraning faol ishlashini talab qiladi.Tinglab
tushunish mexanizmlaridan eng muximlaridan yana biri bo’lgan xotira ikki turdan
iborat: Uzoq mudatli va qisqa muddatli xotiralardir.
Uzoq
muddatli
xotirada
kishining
barcha
sohaga
oid
bilimlari
saqlanadi.Tinglab tushunish jarayonida fonema va so’zlani tanib olish va manosini
tushunish uzoq mudatli hotiraga kiradi.
Qisqa muddatli xotira tinglovchining avvalgi tajribasiga bevosita bog’liq emas.
U bevosita suhbat jarayonida suhbatdoshiga bo’lgan e’tiborsizligi tufayli,unga o’zini
tushunganday qilib ko’rsatadi-yu lekin hayoli boshqa narsalarda turganligi bois
hamda biror-bir axborotni yoki matnni tushunmasdan yodlab olish tufayli qisqa
muddatli xotira vujudga kelishi mumkin.Agar o’quvchilarning ona tili va chet tildagi
qisqa muddatli hotiralarining rivojlanish darajasini qiyoslansa ularning chet tilidagi
qisqa muddatli xotirasi kam rivojlanganligi kuzatiladi.Qisqa muddatli xotiraning chet
tilda etarlicha rivojlanmaganligi tinglab tushunish jarayonida jumlalarni va matn
mazmunini tushunmaslikka olib keladi. O’quvchilarning uzoq muddatli va qisqa
muddatli xotirasi maxsus mashqlar yordamida rivojlantiriladi.Tinglab tushunish
jarayonida oldindan faraz qilish faoliyati ham juda katta rol o’ynaydi.Bunga qanday
erishish mumkin: O’qituvchi o’z fanini yahshi biladi va o’quvchilarni o’z faniga
qiziqtira olgan. Darsning asosiy maqsadi ham manashunda.O’quvchi chet til
o’rganishga kirishar ekan,uni yanga fan sifatida qiziqib egallay boshlaydi.
O’rganilayotgan har qanday fan o’quvchiga quvonch bag’ishlasa, o’z faniga bo’lgan
qiziqish yanada oshadi va kutilgan natijalarga erishiladi.
Chet tildagi nutqni tushunish jarayonida tinglangan nutq birliklarini, matnlarni,
formulalarni, jumlalarni tanishdangina iborat emas, balki tinglovchi eshitgan
jumlalarini miyasida qayta ishlashi va o’zining mustaqil fikriga ega bo’lishi
kerak.N.I.Jinkin fikricha bir til birligini ikkinchisi bilan almashtirish ekvivalentli
almashtirishni tashkil qiladi.
O’quvchilarda chet tildagi nutqni tinglab tushunish jarayonida mushohada
qilish jarayoni ham etarli darajada rivojlanmagan. Ushbu mehanizmni rivojlantirish
uchun ma’lum mashqlarni bajarish maqsadga muofiqdir. Masalan tinglangan
materialni qisqacha bayon qilish, tinglagan jumla yoki matnni qisqartirish, tinglangan
matnning muzmunini bir necha jumla bilan ifodalash va boshqalar.
Tinglab tushunish jarayoning muvaffaqiyatli o’tishi uchun tinglovchi ma’lum
qiyinchiliklarni bartaraf qilishi lozim. Bu qiyinchiliklar quyidagilar.
1. Tinglovchining yosh hususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar
2. Tinglab tushunish sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar.
Tinglovchining yosh hususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan qiyinchilklar
quyidagalar:
Tinglovchining
nutqni
qanday
tiniglay
olishi,
xotirasi,
diqqatning
tinglanayotgan ob’yektga to’play olishi, oldandan faras qila olishi, mushohada qilishi,
tinglanayotgan matn mazmuniga tezda kira olishi va boshqalar.
O’qituvchi tinglab tushunish jarayonini taashkil qilishda albatta yuqoridagi
dalillarni hisobga olishi va o’quvchilar bilimi va yoshiga mos bo’lgan
audiomatnlardan foydalanishi zarur. Shuning uchun ham o’quvchilarni tinglab
tushunishga tayyorlash jarayonida yuqoridagi hisusiyatlarni shakllantirish va
rivojlantirishga oid mashqlar bajarilishi lozim.
Ingliz tili o’rganishda kuyidagi qiyinchiliklarga duch kelamiz. Nutqda eng ko’p
qo’llaniladigan so’z turkumlariga fe’l va predloglar kiradi predlog va bog’lovchilar
ko’p ma’noli bo’lganligi uchun ham tinlab tushunishda jiddiy qiyinchiliklar
tug’diradi.
Lingvistik qiyinchiliklar fonetikga, leksikaga, grammatikaga va stilistikaga oid
bo’lishi mumkin.
Ta’limning dastlabki bosqichda nutqni tinglab tushunish uchun asosiy bo’lib
fonetik
qiyinchiliklar
hisoblanadi.
O’quvchilarda
tinglash
qobiliyatini
shakllanmaganligi tovushlarni noto’g’ri eshitishga, chet til tovushlarini ona tili
tovushlari bilan, hamda chet til tovushlarini bir-biri bilan chalkashtirishga olib keladi.
O’quvchilar urg’uni o’rnini lmashtirib qo’yadilar, jumlalarning ohangini farqlay
olmaydilar.
Leksik qiyinchilaklar so’zlarning ma’nosini tushunish bilan bog’liqdir.
Chet tilidagi nutqni tinglab tushunishni qiyinlashtiradigan sabablardan biri
ushbu tildagi Grammatik shaklga o’xshash shaklning o’quvchilar ona tilida mavjud
emasligidir.
Tinglab tushunish jarayoning natijasi tinglovchining matn mazmunini
tushunganligi yoki tushunmaganligi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida tinglovchining
tushunish darajasini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Bu bilan o’qituvchi
o’quvchilarning tinglb tushunishga oid ko’nikma va malakalarini shakllanganlik
darajasini belgilash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Ta’limning boshlang’ich bosqichda tinglovchi alohida so’zlarni va qiyin
bo’lmagan jumlalarni farqlaydi. So’zlarni tushunish o’quvchining aktiv, passiv va
potensial so’z boyligiga bog’liq.
Matnning mazmunini tushunish jumlalar o’rtasidagi bog’lanishni, matnning
mantiqiy tuzilishnini, uslub va janirini aniqlash bilan bog’liq.
“Metodika…” avtorlari tushunish jarayoning quydagi bosqichlari mavjud
ekanligini ta’kidlaydilar:
1. Yuzaki tushunish.
2. Umumiy tushunish.
3. To’liq tushunish.
4. Tanqidiy tushunish.
Tusunishning to’liqligi va to’g’riligini aniqlashga oid mashqlar 2-4
bosqichlarga xos bo’lishi lozim. O’quvchilarning matnning mazmunini umumiy
tushunganligini savol – javob orqali aniqlash mumkin.
Tinglovchiining mazmunni tushunganligi yozma javobli testlar orqali
aniqlanadi. Bundan tashqari savollarga javob berish, matnning mazmunini ona tilida
chet tilida so’zlab berish va matnga kengaytirilgan reja tuzish orqali ham matn
mazmunini tushunish tinglovchining matnga bergan bahosi, matn haqidagi mustaqil
fikri bilan bergilanadi.
Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar.
Hozirgi davrda ta’lim tizimida zamonaviy yoxud ilg’or pedagogic
texnologiyaga keng urg’u berilmoqda. Uning asosida o’qituvchi dars davomida
o’zining bor bilimi, mahorati va ijodkorligini ishga solib, darsning samaradorligiga
erishmoqda. Pedagogik texnologiyalar asosida yaratilga turli-tuman metodlar
bo’yicha o’tilgan dars albatta o’z natijasini beradi va o’quvchilarda shu fanga
nisbatan qiziqish uyg’otadi.
Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon. Uning
tarbiyasiga ota-onasi, mahalla, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari, do’stlari,
atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari bevosita ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyaning
dastlabki o’chog’ oila bo’lsa, keyinchalik bu jarayon ta’lim-tarbiya myassasalirida
uyg’unlashadi.
Darsning samaradorligi birinchi galda o’quv honasining holati, uning zaruriy
jihoz va uskunalar, texnik vositalar, ko’rgazmali va didaktik materiallarning
shayligiga ham bog’liq. Poydevori mustahkam har qanday imoratning umri boqiydir.
Bu o’xtashishqaysidir ma’noda ta’lim-tarbiya sohasiga ham aloqador. Boisi, bola
boshlang’ich sinfda bilimlarni qanchalik puxta egallasa, yuqori sinflarda o’qish oson
kechadi. Zero, bo’lg’usi o’quvchilarning maktab saboqlariga moslashishi, bilim
ko’nikmalarining dastlabki qirralaridan xabardor bo’lishlari uchun ham bog’cha
hamda boshlang’ich maktab vazifasini bajaruvchi bog’cha – maktablarning ahamiyati
beqiyos.
Pedagogika sohasi shunday bir murakkab fanki, ilmiy asoslangan, izchil,
namunali tashkil etilgan o’quv-uslubiy ishlarsiz uning mukammalligiga erishib
bo’lmaydi. Buning uchun esa mazkur soha vakillari o’ta mas’uliyatli, nihoyatda sabr-
bardoshli, mehnatsevar, fidoyi, tinim bilmaydigan insonlar bo’lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |