10-variant
1. Quyida keltirilgan kashfiyotlarning aniqlanish yili to'g'ri ko'rsatilgan
javobni aniqlang.
a) 1970–1990-yillarda; b) 1950–1970-yillarda
1) laboratoriya sharoitida gen sintez qilish; 2) transgen o‘simlik
yaratish; 3) monoklonal antitanani ishlab chiqaruvchi gibridoma
yaratish; 4) DNKning qo‘sh zanjir ekanligini aniqlash; 5)
rekombinant bakteriyalar yordamida birinchi marotaba somatostatin
gormoni olish; 6) DNKni klonlash texnologiyasi; 7) DNK ning
ma’lum qismini kesuvchi restriktaza fermentini aniqlash;
8) genetik kod aniqlash.
A) a - 2, 4, 6; b - 1, 3, 8 B) a - 3, 5, 6; b - 1, 4, 7
C) a - 1, 4, 8; b - 2, 3, 5 D) a - 2, 5, 7; b - 3, 6, 8
2. Makkajo‘xori donlarida antotsian pigmentning paydo bo‘lib
yo‘qolishi nimaga bog'liq?
A) Antotsian rangni beruvchi gen ichidagi transpozonning
ko‘chishiga
B) Plazmidning genlari bir plazmiddan ikkinchisiga transpozonlar
bilan birikkan holatda ko‘chib o‘tishiga.
C) Antotsian rangni beruvchi gen ichidagi retrotranspozonning
ko‘chishiga
D) Plazmidning genlari bir plazmiddan ikkinchisiga
retrotranspozonlar bilan birikkan holatda ko‘chib o‘tishiga
3. Bakteriyalarda jinsiy jarayonlar sodir bo‘lishini aniqlagan olimlarni
aniqlang.
1) O.Ever; 2) Lederberg; 3) Tatum; 4) F. Griffit;
5) K. Makleod; 6) M. Makkarti
A) 5, 6 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 3, 6
4. Spontan mutatsiyalarga xos xususiyatlar to'g'ri ko'rsatilgan javobni
aniqlang.
1) keltirib chiqaruvchi sabab aniq emas; 2) o‘z-o‘zidan paydo
bo‘ladigan mutatsiya; 3) inson tomonidan ma’lum maqsadlarda hosil
qilinadi; 4) bakteriyani fag tomonidan batamom qirilib ketishidan
saqlaydi; 5) radioaktiv nurlar, rentgen nurlari ta'sirida paydo
qilinadi; 6) bakteriyalar faglarga chidamlilik xossasiga ega bo‘ladi.
A) 2, 4, 5 B) 1, 5, 6 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 4
5. DNK si gistonli oqsillar bilan kompleks hosil qilmaydigan organizm
to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.
A)
xlorella
B) qorakuya qo'zg'atuvchisi
C)
pnevmokokk
D) exinokokk
6. Hujayra asosiy xromosomasining DNK izchilligini kesa oladigan
plazmidga xos xususiyatlarni aniqlang.
1) asosiy xromosomadan mustaqil ravishda o'z o'zini replikatsiya
qila olmaydi; 2) transpozon kabi asosiy xromosomaga
rekombinatsiyalanadi; 3) plazmida genlari asosiy xromosomada o'z
faoliyatini bajaradi; 4) asosiy xromosomaga birikkandan keyin o'z
mustaqilligini yo'qotadi; 5) plazmida genlari asosiy xromosomada
o'z faoliyatini bajara olmaydi; 6) asosiy xromosmadan mustaqil
ravishda o'z o'zini replikatsiya qila oladi
A) 1, 5, 6 B) 2, 4, 5 C) 4, 5, 6 D) 2, 3, 4
7. Nuqtalar o'rniga mos keluvchi javobni aniqlang.
Fag
37
o
C da ……
A) lizogen sikilga kiradi
B) profag xolatga o'tadi
C) litik sikilga kiradi D) kurtaklanadi
8. Transduksiya jarayoni bosqichlari ketma-ketligini aniqlang
1) lizogen bakteriyadan fag xromosomasi ajralib chiqish;
2) fag DNK si replikatsiyasi; 3) lizogen bakteriyaning hosil bo'lishi;
4) fagning bakteriya DNK siga rekombinatsiyasi; 5) fag DNKsining
bakteriya hujayrasiga kirishi; 6) profag bakteriya hujayrasidan genni
olib chiqib ketishi
A) 5, 4, 3, 1, 6 B) 5, 2, 4, 1, 3, 6
C) 5, 1, 4, 2, 6, 3
D) 5, 2, 1, 6, 4, 3
9. Hujayra asosiy xromosomasining DNK izchilligini kesa oladigan
plazmidga xos xususiyatlarni aniqlang.
1) asosiy xromosomaga rekombinatsiyalanmaydi; 2)transpozon kabi
asosiy xromosomaga rekombinatsiyalanadi; 3) plazmida genlari asosiy
xromosomada o'z faoliyatini bajara olmaydi;
4) asosiy xromosomaga birikkandan keyin o'z mustaqilligini yo'qotadi;
5) plazmida genlari asosiy xromosomada o'z faoliyatini bajaradi; 6) bir
hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig'i va membranasining
teshiklaridan o'ta oladi
A) 1, 3, 6 B) 2, 3, 4 C) 2, 4, 5 D) 4, 5, 6
10. Biologik jarayonlar va ularning mohiyati o'rtasidagi muvofiqlikni
aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |