Genetiklar va mikroevolyusiya mutaxassislari kichik guruxlarini populyasiya deb
atashdan o’zlarini tiyadilar, chunki genetik jihatdan bu guruxlarni yetuk deb hisoblamaydilar,
xamda bu guruxlar inbriding ta’siriga bardosh bera olmasligi mumkin. Haqiqatdan ham
populyasiyalar qanchalik kichik joyda tarqalgan bo’lsa, ularda geterozeggotlik shunchalik kam
bo’ladi.
Lekin kichik guruxlar ham ba’zan yetuk populyasiyalar berishi mumkin. Masalan: bir
joydan ikkinchi joyga keltirilgan individlar kupincha yetuk populyasiyalarga aylanadi.
Bundan
tashqari juda kichik genetik o’zgaruvchanlikka ega turlar ham bor. Kichik guruxlarning uzoq
vaqt mavjud bo’la olishi yoki olmasligi faqat ularning genetik xilma - xilligiga emas, balki
ekologik sharoitiga ham bog’liqdir. Keyingi vaqtlarda kichik guruxlar ham yetuk
populyasiyalarga aylanishi mumkinligiga ishonch ancha o’sdi. Chunki har qanday organizm
neytral mutasiyalar orqali genetik o’zgarish imkoniyatlariga ega ekanligi aniq bo’lib qoldi.
Ekologiyada ekosistemali yondashadigan ekologlar
odatda populyasiya deganda,
ekosistema tarkibiga kirgan turning barcha individlari majmuini tushunadilar. Bunday ta’rifning
kamchiligi shuki, ekosistema chegarasini aniq aytish qiyin. Lekin ba’zi xollarda bu qarash o’zini
oqlaydi.
Populyasiyalarni o’rganuvchi tadqiqotchiga bu tushuncha yetarli emas. Chunki
birinchidan shunday holatlar ham borki bir tur individlari bir ekosistemadan boshqasiga o’tib
turishi mumkin. Maslan: ninachilarning lichinkasi suvda rivojlanadi, yetuk davri quruqlikda.
Bunday turli yashash muxitida hayot faralarini o’tkazadigan bir tur individlari majmuini V.N.
Beklemishev gemipopulyasiyalar deb atagan.
Ikkinchidan, bir ekosistemada genetik jihatdan alohidalashgan bir necha populyasiyalr
yashashi mumkin va ularning ekologik xususiyatlari turlicha bo’lishi mumkin.
Populyasiyalarni talqin qilishda organizmni barcha hayotiy davridagi e’tibor berish kerak,
qaysi ekosistema tarkibiga kirishidan qat’iy nazar. Shundagina populyasiyada yuz bergan
hodisalarni tushunib olish mumkin. Masalan: bentos
yashaydigan dengiz yulduzi
populyasiyasida vaqti-vaqti bilan yoppasiga ko’payish yuz beradi. Ular marjon riflar bilan
oziqlanadi. Uzoq va yoppasiga ko’payishning sababi olimlarga qorong’i bo’lib keldi. Dengiz
yulduzining lichinka stadiyasini o’rganish natijasida bu savolga javob topildi. Aniqlanishicha
uning lichinkalari plankton holatida yashaydi va 3 yil rivojlanadi. Fitoplankton soni yuqori
bo’lgan yillarda lichinkalar yaxshi rivojlanar ekan va keyinchalik dengiz yulduzlarining
yoppasiga ko’payishi bentosda sodir bo’lar ekan.
Ba’zi hollarda ekologlar populyasiya deb hisoblovchi individlar majmui genetik jihatdan
bunday aniqlashga mos kelmaydi, chunki individlar o’rtasida gen almashinish sodir bo’lmaydi.
Masalan, kichik suv havzasida yashaydigan dafniyani genetik ta’sir qilish natijasida 5 ta
partenogenez yo’li bilan ko’payadigan klonlar aniqlangan. Agar
ekologiyani shu havzadagi
dafniyaning zichligi, konkurentlar bilan aloqasi qiziqtirsa, u bu klonlarning hammasini bitta
populyasiya deb qarashi mumkin.
Agar populyasiyadagi hodisalarning nozik mexanizmlari aniqlashi kerak bo’lsa, bu
majmuaning ichki strukturasiga ko’proq e’tibor berish to’g’ri keladi.
Umuman turning arealida bir-biri bilan bog’langan turli guruhlarni ajratish mumkin.
Tadqiqotchi oldiga qo’yilgan aniq vazifaga bog’liq holda bu guruxni populyasiya deb qarash
yoki qaramaslik mumkin.
Shunday kilib, ekologik jihatdan populyasiyaga quyidagicha ta’rif berish mumkin .
“Populyasiya – o’z - o’zini yaratishga qobiliyatli, shu
turning boshqa individlar
majmuasidan makonda va zamonda alohidalashgan bir turga mansub individlar majmuasidir”.
Populyasiya individlar majmuasi sifatida ayrim olingan individlardan quyidagi belgilari
yoki ko’rsatkichlari bilan ajralib turadi:
1). Populyasiya soni - ajratilgan maydondagi individlarning umumiy soni;
2). Populyasiya zichligi - maydon yoki hajm birligidagi individlar soni;
3). Tug’ilish - vaqt birligida ko’payish natijasida paydo bo’ladigan yangi indivilar soni;
4)O’lim - ma’lum vaqtga nobud bo’lgan individlar sonini ko’rsatadigan ko’rsatgich;
5). Populyasiya sonining o’sishi - o’lim va tug’ilish o’rtasidagi farq;
6). O’sish tezligi - vaqt birligi ichida populyasiya sonining o’sishi;
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar.
1. Populyasiyani ta’riflashda turli fanlarning qarashlari bir-biridan farq qiladimi?
2. Populyasiyaning ekologik ta’rifini ayting?
3. Populyasiyaning qaysi ko’rsatkichlari ayrim olingan individ uchun xos emas?
Do'stlaringiz bilan baham: