Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355


 O’smirlarning psixik rivojlanishida yangi xislatlarning paydo bo’lishi



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet455/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
24.4. O’smirlarning psixik rivojlanishida yangi xislatlarning paydo bo’lishi 
O’smirlik  davrida,  asosan,  bilish  jarayonlari  yuqori  darajada  rivojlanadi.  Bu  yillarda  o’smirlar 
uchun  hayot  davomida  kerak  bo’ladigan  asosiy  shaxsiy  va  tadbirkorlik  xususiyatlari  ochiq  ko’rina 
boshlaydi. Xotira, mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira darajasiga ko’tariladi. Nutq rivojlangan, 
xilma-xil  va  boy  tafakkur  esa  o’zining  barcha  ko’rinishlari:  harakatli,  obrazli,  mantiqiy  darajasida 
rivojlanadi.  O’smirlarni  endi  turli  amaliyot  va  aqliy  faoliyatlarga  o’rgatish  mumkin.  Shuningdek,  bu 
davrda  umumiy  va  maxsus  layoqatlar  shakllanadi  va  rivojlanadi.O’smirlik  davriga  juda  ko’p 
ziddiyatlar  va  qarama-qarshiliklar  xos.  Maktab  dasturini  o’zlashtirish  va  boshqa  ishlar  bilan  bog’liq 
turli  masalalarni  yechishda  ko’zga  tashlanadigan  o’smirlarning  intellektual  rivojlanganligi  kattalarni 
ular  bilan  birga  jiddiy  muammolar  bo’yicha  fikrlashga  undaydi,  o’smirlarning  o’zlari  ham  bunga 
harakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniqsa, kelajak kasb, xulq-atvor etikasi, o’z majburiyatlariga 
mas'ullik  kabi  muammolar  muxokamasida  infantillik  (yosh  bolarlarga  xos  jismoniy  va  psixologik 
holat)ni kuzatish mumkin. 
5-6  sinf  o’quvchilariga  sinfdagi  o’zi  egallagan  mavqeiga  katta  e'tibor  berish  xususiyati  xos. 
Ayniqsa, 6 sinfdan boshlab, o’quvchilar o’z tashqi ko’rinishlariga, shuningdek qarama-qarshijinsdagi 
bolalar va ular bilan o’zaro munosabatlariga e'tibor bera boshlaydilar. 
7-sinf o’quvchilarida esa o’z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi.  
8-sinf  o’quvchilari  esa  mustaqilik,  o’ziga  xoslik,  do’stlik  va  o’rtoqlik  bilan  bog’liq  bo’ladigan 
shaxsiy  xislatlarni  yuqori  baholashadi.  O’smirlarning  ana  shu  ketma-ket  yuzaga  keladigan 
qiziqishlariga  asoslangan  holda  faol  ravishda  irodaviy  ishbilarmonlik  va  boshqa  foydali  sifatlarni 
rivojlantirishi mumkin. 
O’smirlik davrida o’quv fanlarini turli o’qituvchilar o’qitishlari bilan kattalar shaxsi va faoliyatni 
baholashning yangi mezonlari hamshakllana boshlaydi. O’smirlik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy, 
o’quv  materialini  qiziqarli  va  tushunarli  yo’l  bilan  yetkaza  oladigan,  o’quvchilarni  ajratmaydigan, 
o’qituvchilarni  ko’proq  hurmat  qiladilar  va  yaxshi  ko’radilar.  Ular  o’qituvchi  bilan  munosabatlariga 
ham katta e'tibor beradilar. 
10-15  yoshli  bolalarning  faoliyat  motivlarida  ham  o’zgarishlar  amalga  oshadi.  Ilk  o’smirlik 
davrida  ko’pchilik  o’smirlar  o’zlariga  salbiy  shaxsiy  xarakteristika  beradilar.  Katta  bo’lgan  sari 
o’smirning  o’z-o’ziga  bergan  bahosi  differensial  xarakter  (xulq-atvoriga,  ijtimoiy  vaziyatlarda  o’zini 
tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bo’la boshlaydi. 
XIX  asrning  60  yillarida  o’smir  davri  pedagogik  psixologiyasi  to’la  ravishda  prinsiplari  ishlab 
chiqilishi  ilmiy  yo’lga  qo’yildi.  Komil  insonni  shakllantirish  uchun  mana  shu  davrda  o’smir  yoshida 
bolani kompleks o’rganishni ilmiylashtirildi. 
  Bolani to’laqonli rivojlantirishga katta urg’u berildi. Aqlan bu ishni bajarishda pedagogika yoki 
psixologiya emas, boshqa fanlarning roli ham bilinadi. 
  O’smirlik yoshi rivojlanishida 3 ta fanga tayanadi: 
  1.Psixologiya 
  2.Fiziologiya 
  3.Logika 
  Bular  quyidagi  fanlar  o’rtasida  bog’lanib  o’rganiladi  ya’ni  medisina  va  didaktikaning  roli 
beqiyosdir. 
  Pedagogika va psixologiyaning bog’lanishi bolalarning o’smir yoshlarda har qanday fikrlarning 
paydo bo’lishida asos bo’lgan. Bu narsa pedagogika va psixologiya degan termin paydo bo’libdi. Fan 
sifatida ko’pgina muammolar va ishlanmalarni olib kelinishiga sabab bo’ladi. 
  Pedagogika bilan fiziologiyaning bog’liqligi ham psixologik jihatdan insonni yangicha tarbiya 
olishiga  chorlaydi.  Aqliy  tarbiyaga  katta  yordam  boradi.  Shu  bilan  birgalikda  shaxsning  gigiyenik 


295 
 
normalari ishlab chiqildi. Psixologik va fiziologik jihatdan rivojlanishiga yordam berdi. Bu esa maktab 
gigiyenasi alohida fan tarmog’I sifatida shakllanishiga olib keldi. 
  Pedagogika  va  logika  o’rtasidagi  aloqa  psixologiya  mantiqiy  rivojlanishi  natijasida  yangicha 
yondoshishi  ya’ni,  masalalarni  hal  qilishning  didaktik  yo’llari  bilan  o’smirlik  yoshida  mantiqiy 
yo’llarini  o’rganish  paydo  bo’ldi.  Shunday  qilib  mana  shularning  ildizi  bolani  har  tomonlama 
o’rganish va ularning rivojlanishda qonuniy to’g’ri ekanligi va optimal yo’llar yaratildi. 
  Bolani  o’rganishda  juda  ham  katta  qiziqishlarga  sabab  bo’lgan  narsa  shunda  ko’rindiki, 
umumiy psixologiyaning rivojlanishiga katta yo’l ochildi. 
  Voqelikka  bo’lgan  ongli  munosabatning  uchunan  usishi  bilan  o’smirlarning  o’qishga  bo’lgan 
ongli  munosabatlari  sezilarli  darajada  kuchayadi.  O’zlarining  o’qish  faoliyatlarida  ular  sekin-astalik 
bilan shaxsiy ma’no kasb etadigan haqiqiy, chuqur bilimlar bilan yangicha munosabatlarda boglangan 
yangi,  yuksakroq  bosqichga  kutariladilar.  Rus  psixologlarining  tadqiqotlari  shuni  belgilab  berdiki, 
o’smirlar  o’qish  faoliyatining  motivlari  murakkab  tuzilishga  egadir.  O’smirlar  o’qish  faoliyatining 
motivlari tarkibiga keng ijtimoiy motivlar (bilim orttirishning ijtimoiy jihatdan muhim ekanini anglash, 
mustakil hayot va mehnatga tayyorlanish uchun o’qish zarurligi), aslida muvaffaqiyatga intilish, izzat 
nafs  bilan  bogliqbo’lgan  bilish  motivlari  va  shaxsiy  motivlar  (bolalar  jamoasida  obru  qozonishga 
intilish va raxbarlik rolini o’ynash) birga qushilib ketgandir. Bunda ba’zan qarama-qarshilikkuzatiladi: 
bilim  orttirishga  bo’lgan  intilish  maktabdagi  o’qishga  befarq  yoki  hattosalbiy  munosabatda  bo’lish 
bilan,  maktabdagi  baholarga  «xushchaqchaq-mensimaslik»  (D.B.Elkonin)  munosabati  bilan  aralashib 
qushilib  ketishi  mumkin.  Bu  o’qishdagi  u  yoki  bu  xildagi  muvaffaqiyatsizlikka,  o’qituvchi  bilan 
bo’lgan  nizoga  nisbatan  o’ziga  xos  reaksiya  bo’lishi  mumkin.  O’smir  odatda  o’zining  o’qishdagi 
muvaffaqiyatsizliklarini qattiq ichdan kechiradi, lekin uning izzat nafsi ba’zan bu muvaffaqiyatsizlikka 
bo’lganhaqiqiy 
munosabatni 
niqoblash 
hohishini 
tugdiradi. 
Natijada 
o’quvchio’qishdagi 
muvaffaqiyatlarga  o’zini  mutlaqo  befarqdek  va  beparvodek  tutadi,  hattosoxta  mardlik  kursatmoqchi 
bo’ladi.  O’smirning  o’qishlarining  paydo  bo’lishi  (kitob  o’qish,  shaxmat  o’ynash,  filyatiliya,  ya’ni 
marka tuplash va boshqalar) bilan tushuntirish mumkin.  
Diqqatning taraqqiy etishi ma’lum ziddiyatlari bilan: bir tomondan, o’smirlik yoshida barqaror, 
ixtiyoriy  diqqatning  tarkib  topishi  bilan,  boshqa  tomondan,  o’smirdagi  taassurotlar,  kechinmalar, 
jo’shqin  aktivlik  va  impulsivlik  ko’pincha  beqaror  diqqatga  olib  borishi  bilan,  uning  tez  chalg’ishi 
bilan ajralib turadi. Hamma narsa ish sharoitiga,  materialning mazmuniga, o’quvchining kayfiyati  va 
psixik holatiga, uning ishga bo’lgan munosabatiga bogliqdir. Diqqatning tanlovchilik qobiliyati, ya’ni 
uning  turlicha  xarakteristikasi  usha  narsaga  bo’lgan  qiziqish  ko’lami  va  darajasiga  bog’liqbo’lishi 
o’smirda  juda  yaqqol  ifodalangan.  Bu  darsda  (o’zi  yoqtirmagan  darsda)  e’tiborsiz  va  parishonxotir 
bo’lib o’tirgan o’quvchi boshqa, o’zi yaxshi ko’rgan darsda nixoyatda, hushyor, fikrini bir yerga tuplab 
olib, hech narsaga mutlaqo chalg’imasdan bemalol ishlashi mumkin.  
Tadqiqotlar  shuni  ko`rsatdiki,  o’smirlik  yoshida  diqqatning  ko’lami,  shuningdek,  diqqatni  bir 
operasiyadan  boshqa  operasiyaga  qaratish,  faoliyatning  bir  turidan  boshqa  turiga  jalb  etish  qobiliyati 
sezilarli darajada ortadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilardan farqli o’larok, o’smir uchun odatda 
o’z faoliyatini o’zgartirishga qandaydir alohida psixologik tayyorgarlik ko’rish talab etilmaydi.  
  Diqqatni  tashkil  etishning  eng  yaxshi  usuli  o’qituvchining  qandaydir  alohida  usullarni 
qullanishga  emas,  balki  o’qish  faoliyatini  o’smirda  diqqatni  uzoq  vaqt  mobaynida  biror  narsaga 
chalg’itish  uchun  na  vaqt,  na  istak  va  na  imkoniyat  qolmaydigan  qilib  uyushtira  olishiga  bog’liqdir. 
Qiziqarli ish, qiziqarli dars o’smirni shunchalik  qamrab olishga qodirki,  u juda o’zok vaqt davomida 
zur  ishtiyoq  bilan  ishlaydi.  Shunisi  ham  borki,  o’smir  uchun  qiziqarlibo’lgan  narsa-hamisha  ham 
shunchaki  qiziqarli  narsa  emas.  Ishning  bir  turidan  boshqa  turiga  vaqti-vaqti  bilan  o’tib  turiladigan 
mazmunli  mashgulotlar,  aktiv  bilish  faoliyati-ana  shu  narsa  darsni  o’smir  uchun  qiziqarli  darsga 
aylantiradi,  ana  shuning  o’zi  uning  diqqatini  uyushtirishga  yordam  beradi.  N.F.Dobrinin  va  uning 
xodimlarining  tadqiqotlari  shuni  ko’rsatadiki,  o’smirlar  irodaviy  zo’r  berish  bilan  ushlab  turiladigan 
ixtiyoriy  diqqatdan  keyingi  diqqat  deb  ataladigan  diqqatga  tobora  ko’proq  o’tib  bormoqdalar.  Bu 
diqqat  oldindan  o’ylab  ko’yilgan  va  muayyan  maqsadga  qaratilgan  diqqatbo’lib,  ishga 
«kashfiyotlar»ga bo’lganqiziqishning asta-sekin ortib boishi asosida yuzaga keladi, shunga ko’ra ham 
bu diqqatni tutib turish uchun irodaviy kuch sarflash talab etilmaydi. 


296 
 
O’smirlik  yoshida  fikrlash  faoliyatida  muhim  siljishlar  yuz  beradi.  Kichik  maktab  yoshida 
erishilgan  tafakkur  taraqqiyotining  darajasi  o’smirga  fan  asoslarini  muvaffaqiyatli  va  sistemali 
o’rganish imkonini beradi. O’rganiladigan fanlarning mazmuni va o’quv kurslari tuzilishining mantiki 
bilimlarni  o’zlashtirishning  yangi  xarakterini,  mustaqil  tafakkurga  tayanishni  talab  etadi, 
abstraksiyalash  va  umumlashtirish,  taqqoslash,  muloxaza  yuritish,  xulosalar  chiqarish,  isbotlash 
qobiliyati  zarur  bo’ladi.  Biroq,  shuni  nazarda  tutish  kerakki,  hamma  o’smirlar  ham  isbotlovchi 
tafakkurga osongina o’tavermaydilar. Ulardan ba’zilariga, masalan, umumlashtirilgan geometrik isbot 
goyasining  o’zi  tushunarli  bo’lmaydi:  o’zingning  haq  yoki  noxaq  ekanligingni  ko’rib  turib  ishonch 
hosil ilganingdan keyin isbotlab o’tirishning nima keragi bor ? O’smirlardan biri xayron bulib, bunday 
deb  javob  bergan:  «O’qituvchi  doskaga  ikkita  teng  uchburchakni  chizadi  va  ularning  teng  ekanligini 
uzoq vaqtgacha tushuntirib o’tiradi». 
  Umumlashtirilgan va muxokamali tafakkurni taraqqiy ettirish uchun matematikani o’qitish juda 
muhimdir.  Algebrani  sistemali  tarzda  o’rgana  boshlash  umumlashmani  umumlashtirish  bilan  bog’liq 
bo’lgan  yuqoriroq  darajasiga  o’tishga  yoki  ikki  baravar  abstraksiyaga  o’tishga  rag’batlantiradi 
(arifmetika  predmetidan  soni  abstraksiyalashdir).  Geometriyani  o’rganish  fikrlash,  isbot  qila  bilish, 
mantiqan qat’iy asoslash ko’nikmalarini o’stiradi. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish