Muammoli vaziyat- kishining ma’lum psixologik holatini xarakterlaydi, kishining oldida yangi faoliyat
maqsadlari paydo bo’lganda, uni tafakkurni ishga solishga, chora-tadbirlarni topishga undaydi.
Malaka — ongli faoliyatning ko’p takrorlanish yoki ko’p mashq qilish natijasida avtomatlashtirilgan
tarkibiy qismi, tez, tejamli, to’g’ri, kam jismoniy va asabiy kuch sarflagan holda bajariladigan harakat.
Negativizm (bolalar psixologiyasida lot. Inkor qilaman) — atrofdagi kishilarga nisbatan bolaning sababsiz
qarshilik ko’rsatishi: ikki xil negativizm mavjud: passiv (qaysarlik) — taklif etilayotgan faoliyat bola tomonidan
bajarilmasligi, aktiv shaxsiy negativizm bolaning qarama-qarshi xarakterga ega bo’lgan faoliyatni
bajarishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |