25.2. Ilk o’spirinlik davrida aqliy rivojlanish
Ilk o’spirinlik yoshidagi o’quvchilarining bilish jarayonlari turli nuqtai nazarlarni tahlil etishga
va bu masala bo’yicha har tomonlama fikr yuritishga yordam bera oladi. Bu yoshdagi o’spirinlar
atrofdagi turli voqea-hodisalardagi haqiqatni bilishga intiladi. Ularning tayyor yechimlar, ma'lumotlar
emas, balki shu yechim va ma'lumotlarni o’zlari mulohaza yurgizib, qidirish jarayonining o’zi ko’proq
qiziqtiradi. Bu borada turli masalalar bo’yicha bahs va munozaralar yuritishga va o’zlarining fikrlarini
isbotlashga juda qiziqadilar. Bu davrida bilish jarayonlarining rivoji faol ravishda davom etadi. Bu
rivojlanish o’spirinning o’ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. Bu davrga kelib,
o’spirinlar to’la ravishda mantiqiy tafakkurga ega bo’ladilar, nazariy fikr yuritib, o’zlarini-o’zlari tahlil
eta oladilar. Ular endi bemalol axloqiy, siyosiy va boshqa mavzularda bahslasha olib, o’z
munosabatlarini bildira oladilar. O’spirinlik davrida bolalar juda ko’p ilmiy tushunchalarni
o’zlashtirib, ulardan turli masala va muammolarni yengishda foydalana oladilar. O’spirinning o’z-
o’zini anglashi o’quv, mehnat va muloqot motivasiyalarini o’zgarishida o’z aksini topadi. Bu davrda,
bolada yangi faoliyatlar yuzaga kelib, psixik rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi.
O’spirinlik yoshi o’qish, mehnat, muloqotsingari yetakchi faoliyatlar asosida umumiy va maxsus
layoqatlarning rivojlanayotganligi bilan xarakterlanadi. Lekin, bu rivojlanish o’spirinning o’ziga va
uning atrofidagi ko’zatuvchilarga kam seziladi. O’spirinlik davriga kelib, juda ko’p bolalarda o’z
faoliyatlarini oldindan rejalashtirish layoqati yaxshi rivojlangan bo’ladi. Shuningdek, o’z-o’zini
boshqarish hamo’spirinlik yoshidagi bolalarda yaqqol ko’zga tashlanadi.
O’spirinning o’quv mashg’ulotiga munosabati o’z xususiyati va mazmuni jihatidan boshqa
yoshdagi o’quvchilarning ta'lim jarayonidagi munosabatidan tubdan farq qiladi. O’quvrejasi va
dasturning murakkablashuvi, yangi fan va mavzularning kiritilishi, o’zlashtirilishi nazariy tafakkur
yordamida amalga oshirishni taqozo etadi. Ana shundan kelib chiqqan holda, o’quvchilarning o’qishga
303
munosabati ham o’zgaradi, ular ayrim fanlarga tanlab munosabatda bo’la boshlaydilar. O’spirin
o’quvchilarning o’quv fanlariga munosabatlari quyidagi holatlarga bog’liqdir:
1.
Fanning dunyoqarashdagi roliga.
2.
Fanning bilishdagi ahamiyatiga.
3.
Fanning ijtimoiy ahamiyatiga.
4.
Fanning amaliy ahamiyatiga.
5.
Fanning o’zlashtirish darajasiga.
6.
Fanning o’zlashtirish uslubiyotiga.
O’spirinlik davrida bilishga oid qiziqish ko’lami tobora amaliy xususiyat kasb eta boshlaydi.
Jumladan, ijtimoiy-siyosiy masalalarga, texnika, tabiatga, osmon jismlariga, sport va hokazolarga
qiziqishi kuchayadi. O’spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik yanada takomillashib boradi,
mantiqiyxotirasi, esda olib qolishining oqilona yo’li sifatida ta'lim jarayonida yetakchi vazifani ado eta
boshlaydi. Mazkur pallada o’spirinlarning tafakkuri tobora faol, mustaqil va ijodiy xususiyat kasb eta
boshlaydi. Tafakkur rivojlanishi bilan birgalikda o’quvchilarning nutq madaniyati rivojlanadi. O’spirin
turli janrdagi adabiy asarlarni o’qishi, tushunishi orqali mustaqil fikr yuritish, mulohaza qilish va
munozaraga kirishishga o’rganib boradi. O’spirinlik tafakkurining sifatiga uning mazmundorligi,
chuqurligi, kengligi, mustaqilligi, samaradorligi, tezligi kabilar kiradi. Tafakkurning mazmundorligi
deganda, o’spirin ongida tevarak-atrofdagi voqelik to’g’risida qancha miqdorda mulohazalar,
muhokamalar va tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi.
Tafakkurning chuqurligi deganda esa, moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy
qonunlari, xossalari, sifatlari, ularning o’zaro bog’lanish va munosabatlari o’spirinning fikrlash
faoliyatida to’liq aks etganligi tushuniladi. Tafakkurning kengligi o’zining mazmundorligi va
chuqurligi sifatlari bilan bog’liq bo’ladi. Tafakkurning mustaqilligi deganda o’spirinning shaxsiy
tashabbusi bilan o’z oldiga yangi vazifalar qo’ya bilishi, bu vazifalarni hech kimning yordamisiz,
oqilona usullar bilan mustaqilhal qilish xususiyatini tushunish kerak. Tafakkurning tezligi qo’yilgan
savolga to’liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi.
Ayrim qiz va yigitlar aqliy rivojlanishdan orqada bo’lib, o’quvmateriallarini o’zlashtirishga
ulgurmaydilar yoki qiynaladilar, ular tevarak-atrofdagi voqelikni bilib olish maqsadida
umumlashtiruvchi tushunchalardan foydalanishni bilmaydilar, chunki bu tushunchalar, xulosalar,
fikrlar, hodisa va faktlarni yodlab oladilar. Bolalarni aqliy jihatdan rivojlantirish uchun o’qish
faoliyatlarida faollashtirish va ularning bilimlarini ongli ravishda o’stirib borish kerak.
Ta'limda onglilik o’quvchining yuqori darajasidagi faolligi bilan ta'minlanadi. Bilimlarini faol
faoliyat ko’rsatib o’zlashtirganda, o’quvchilar bu bilimlarni yaxshi tushunibgina qolmay, ularni amaliy
faoliyatda qo’llashga hamo’rganadilar. O’quvchilarga ijtimoiy masalalar, iqtisodiy hamda ijtimoiy
faktlar va hodisalarni mustaqil ravishda ilmiy taqlil qilishva ularga baho berish usullarini maxsus
o’rgatish muqim va zarurdir. Bu o’rinda o’quvchilarning mustaqil fikrlashlarini faollashtirishga, to’g’ri
rahbarlik qilgan holda rivojlantirish lozim. O’spirinlarning aqliy jihatdan rivojlanishida nazariy
tafakkurning roli kattadir.
O’spirin adabiy asarlarni o’qish va tushuntirish orqali mustaqil fikrlash, mulohaza yuritish va
munozaralarga kirishishga o’rgana boradi. Unda asta-sekin tabiat va jamiyat haqida o’zining nuqtai
nazari, e'tiqodi, qarashi shakllanadi. Ma'lumki, shaxsning ana shu fazilatlari uning fikrlashi, mustaqil
o’ylashi, to’g’ri ?ukm va xulosalar chiqarishi, qat'iy qarorga kela olishi natijasidir.
O’spirinlarning adabiy asarni baholashi, u haqda shaxsiy fikrlarni bildirishi, muammo yuzasidan
bahslashuvi insoniy xislatlarning muayyan darajada ishtirok etishi tanqidiy tafakkurning aynan
o’zginasidir. Turmushda uchraydigan noo’rin tanqidiylik esa o’spirinning badiiy didi va hayotiy
tajribasi zaifligidir. O’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilar tafakkuridagi tanqidiylikni haqqoniylik
darajasiga ko’tarishdan, ularga voqelikka odilona, oqilona, tanqidiy nuqtai-nazardan qarashni
o’rgatishdan iborat. O’spirinlarda moddiy dunyo to’g’risida shaxsiy fikrlar, mulohazalar, ilmiy
dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tafakkurning tanqidiylik xususiyati rivojlana boshlaydi.
Tanqidiy tafakkurning rivojlanishi o’quvmateriallarini puxta o’zlashtirishga, ta'lim jarayonida
tashabbuskorlikka, voqelikni isbotlash va asoslash ko’nikmalari tarkib topishiga imkon yaratadi.
Hodisalar to’g’risida hukm va xulosa chiqarish, tasdiqlash yoki inkor qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
304
O’spirinning qobiliyati va iste'dodi ta'lim jarayonida, mehnat faoliyatida rivojlanadi.
qobiliyatning o’sishi bilimlar, ko’nikmalar, malakalarning sifatiga bog’liq bo’lib, shaxsning kamol
topish jarayoniga qo’shilib ketadi. Demak, maktabda o’tiladigan, darslar, laboratoriya ishlari, amaliy
mashg’ulotlar, referat, konspekt yozish kabi faoliyat turlari o’spirinlar o’zlashtirish uchun zarur
materiallarni mustaqil holda tushunishga olib keladi.
Bularning barchasi ilmiy-nazariy tafakkurning shakllanishiga, tevarak atrofdagi voqelikning
umumiy qonuniyatlarini o’sishiga, aqliy imkoniyatlarining vujudga kelishiga, tabiat va jamiyat
rivojlanishining qonunlarini anglashiga muhim shart-sharoit yaratadi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, o’smirlik yoshida o’quvchilar aqliy faoliyatining omillari
va usullari bilan qurollangan bo’ladilar.
Shunga ko’ra har kim qobiliyatiga yarasha kasb-hunar tanlasa, bu sohada muvaffaqiyatli mehnat
qilsa, ijtimoiy turmush taraqqiyotiga muhim hissa qo’shgan bo’ladi. O’spirinlar u yoki bu kasbni o’z
ixtiyorlari bilan ongli ravishda tanlashlari uchun ular mustaqillik, dadillik, qat'iylik, o’zini tuta bilish,
chidamlilik, sabr-toqat kabi irodaviy xislatlarga ega bo’lishlari kerak. Mehnatqilishda mu?addas
burchni bajarish istagi, maqsadning aniqligi, hunaro’rganishga ishtiyoqmandlik mazkur fazilatlarning
shakllanishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.
O’spirinlar aqliy rivojlanishda tasavvurning ahamiyati juda katta, chunki inson biron bir ishni
qilishga kirishar ekan, albatta uning natijasini tasavvur eta olishi kerak. Tasavvursiz hech qanday ishni
to’g’ri rejalashtirish mumkin emas. O’spirinda tasavvur qila olish layoqati yaxshi rivojlangan
bo’lsagina, u o’z hayotidagi idealni tasavvur eta oladi, shunga ko’ra uzoq va yaqin rejalarini tuzadi.
Hozirgi yigit va qizlarni 30-40 yil avvalgi tengqurlari bilan solishtirganda, ularning umumiy
saviyalari naqadar o’sganligini ko’rish mumkin.
O’spirinlarning intellektual qiziqishlari doirasi keng va ko’pqirralidir. O’spirinlarning
qiziqishlari aksariyat hollarda o’zi tanlagan kasb va yo’nalish shuningdek, hayotiyrejalariga
asoslangandir. O’spirinlik yoshiga kelib, yigit va qizlarning dunyoqarashlari yuksak pog’onaga
ko’tarila boshlaydi. Bu esa o’spirinning tashqi olamni tushunishiga, baholashiga bo’lgan
munosabatlarini aniqlashga yordam beradi.
O’spirinlarning dunyoqarashi endi ularning ilmiy, falsafiy, siyosiy va diniy qarashlari tizimidan
iboratdir.
Ma'lum bir kasbda faoliyat ko’rsatishni boshlayotgan o’spirin unga intellektual, ijtimoiy-
psixologik hamdaaxloqiy jihatdan tayyor bo’lishi kerak.
O’smirlik davrining oxirlari va o’spirinlik yoshiga kelib, ularda mehnat ko’nikma va malakalari
rivojlanadi. Bu ko’nikma va malakalari ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatlari bilan to’g’ridan-
to’g’ribog’liq.
Har qanday kasbiy ko’nikma va malakalarning o’sishi, avvalo, o’spirin intellektining umumiy
rivojlanganlik darajasiga bog’liq. Shuning uchun hambu davrdagi o’spirinlar intellektining
rivojlanishiga alohida e'tibor berish lozim. Bu yoshdagi bolalarga uchun muloqatga kirishish
ehtiyojining mavjudligi hamjuda muhim, lekin u yetakchi emas, faqat tanlagan kasb va yo’nalishlari
bo’yicha mashg’ul bo’lmagan o’spirinlargina ko’proq tengdoshlari bilan muloqatda bo’lishga ehtiyoj
sezadilar. Bu yoshdagi bolalar mehnat faoliyati bilan xuddi kattalardek shug’ullana oladilar. Ilk
o’spirinlik davrini kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanishi uchun senzitiv davr deb
hisoblash mumkin. O’zining kasbiy taqdirini tasodifan yoki noto’g’rihaletilishi murakkab ichki
kechinmalarga, ikkilanishlarga, ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. Bu esa yigit va qizhayoti uchun
ham, jamiyat uchun hamkatta zarar keltiradi. Kasb tanlash vaqtida ilk o’spirinlar o’z moyilligi va
qobiliyatlarini shaxsiy sifatlar, xususan, nerv sistemasining tipi, analizatorlar xususiyati emosional-
irodaviy sifatlarini ham hisobga olishlari zarur.
Tafakkur rivojlanishi bilan birga o`quvchining nutq faoliyati ham o’sadi. Bu esa o`quvchida o’z
fikrini to`g`ri, aniq ifodalash malakasini tarkib toptiradi. Nutqining tuzilishini takomillashtiradi va
lugat boyligini yanada oshiradi.
O’spirin adabiy asarlarni o’qish va tushunish orqalimustaqil fikrlashga, mulohaza yuritish va
munozaraga o’rganib boradi.
305
Katta maktab yoshidagi o`quvchi aqlining tanqidiyligida og’machilikka moyillik kuchli bo`ladi.
Ogmachilikning eng asosiy sabablaridan biri–voqelikning moxiyatini ilmiy jihatdan to`g`ri
tushunolmaslikdir. Aqlning va tafakkurning tanqidiyligini tarbiyalashda o’qituvchi o`quvchining
o`ziga xos tipologik xususiyatiga, aqliy kamolot darajasiga, bilimlari saviyasiga, muloxaza doirasining
kengligiga, nutqqobiliyatiga, shaxsiy nuktai-nazariga, o’qishga nisbatan munosabatiga, qiziqishining
xususiyati va darajasiga, aqliy faoliyat operatsiyalarini qanchalik bo’lishiga, mavjud o’qishko’nikmasi
va malaqlariga alohida e’tibor berishi lozim.
Aqltanqidiyligining rivojlanishi yuqori sinf o`quvchilari moddiy dunyoni, atrof–muhitni
o’rganishga, o’quv materiallarini puxta o’zlashtirishga, ta’lim jarayonida tashabbuskorlikka, faollik
da’vat etadi.
Ilk o’spirinlik tafakkurining sifatini uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi,
samaradorligi, tezligi tashkil qiladi. Tafakkurning mazmundorligi deganda, o’spirin ongida tevarak
atrofdagi voqelik buyicha muloxazalar, muxokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi nazarda
tutiladi. Tafakkurning chuqurligi deganda, moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning asosiy qonunlari,
xossalari, sifatlari o`zaro boglanishi va munosabatlari o’spirinning fikrlashida to’liq aks ettirish
tushuniladi. Tafakkurning kengligi esa o`zining mazmundorligi va chuqurligi bilan bog’liq bo`ladi.
Tafakkurning mustaqilligi deganda, o’spirin tashabbuskorlik bilan o’z oldiga vazifalar qo’ya bilishi va
ularni hech kimning yordamisiz oqilona usullar bilan bajara olishi tushuniladi. Aqlning
tashabbuskorligi deganda o’spirining o’z oldiga yangi goya, muammo va vazifalar qo’yishini, ularni
amalga oshirishda samarador vositalarni topishga intilishni anglaymiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni
bajarishda yangi usullarni tez izlab topish va qo`llay olishda eskirgan vositalardan qutulishda namoyon
bo`ladi. Agar o`quvchi muayyan vaqt ichida ma’lum soxa uchun qimmatli, yangi fikrlarni aytgan
bulsa, nazariy va amaliy vazifalarni hal qilishda yordam bersa, buni samarador tafakkur deyiladi.
Tafakkurning tezligi savolga to’liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. O’spirin tafakkurining tezligi
qator omillarga: birinchida, fikrlash uchun zarur materialning xotirada mutsaxkam saqlanganligiga,
uni tez yodga tushira olishiga, muvaqqat boglanishning tezligiga, turli his-tuygularning mavjudligiga,
o`quvchining diqqati va qiziqishiga; ikkinchidan, o’spirinning bilim saviyasiga, qobiliyatiga, egallagan
ko’nikma va malakalariga bog’lidir. O’spirinqobiliyati,layokati va itse’dodi ta’lim jarayonida va
mehnat faoliyatida rivojlanadi. Uning qanchalik itse’dodli ekanligini aniqlash uchun ziyrakligi, jiddiy
sinovga shayligi, mehnatga moyilligi, intilish, psixik tayyorligi, mantiqiy fikrlashning tezligi,
izchilligi, samaradorligiga e’tibor berish kerak. Qobiliyatning o`sishi, bilimlar, ko’nikmalar,
malakalarning sifatiga bog’liq bo`lib, shaxsning kamol topish jarayoniga qushilib ketadi.
O’spirinlar biror xodisani asoslagan, isbotlagan paytlarida uning muhim xususiyatlariga,
birlamchi jihatlariga sinchkovlik bilan qaray boshlaydilar. Darsliklardan o’qigan va o’qituvchidan
eshitgan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarga ishonish va ulardan qanoathosil qilish uchun faol
harakat qiladilar. Tafakkurni oqilonayo’llar bilan o’stirish uchun favqo`lodda holatlarda o`quvchining
mazkur xususiyatini yomonlamay, balki uni ragbatlantirish to`g`riroq bo`ladi.
Shunday qilib ta’lim jarayonida turli fanlarni o’qitishtufayli keng qo`lamli bilimlar tizimi
o’zlashtirilishi orqali yuqori sinf o`quvchilarida tafakkurning faolligi, mustaqilligi, mazmundorligi,
maxsuldorligi ortadi.
Endigina o`sib kelayotgan o’spirin o`quvchilar kasbga qanday yondoshadilar? Bu muammo
ko’pchilikni qiziqtiradi. Kuzatishlardan va turmush tajribasidan ma’lumki, odatda ilk o’spirinlik
yoshidagi o’gil-qizlar hayotda mustaqilqadam tashlash to`g`risida aniq asosli fikr bildirishga
qiynaladilar. Shu sababli kasb tanlash davrida oqilona va to`g`ri yo’l tutishni bilmay dovdirab
qoladilar yoki tavak-kaliga ish ko`radilar. Natijada noxush kechinmalar, umidsizliklar, jiddiy –ijtimoiy
sutslik holatlari vujudga keladi.
O`quvchilar maktabda fanlarning asoslaridan bilim oladilar, harqaysio’spirin fizika yoki
matematika bilan tanishadilar. Biroq ularning hammasi kelajakda fizik yoki matematik kasbini
egallashni hohlayvermaydi. Maktabda yer kurrasini o’rganiladi, biroq barcha o`quvchilar
sayyohbo’lishni itsamaydi.
Katta yoshdagi maktab o`quvchilaridan biror o’quv faniga ishtiyoq natijasida ularga har – xil
kasblarga qiziqish vujudga keladi.
306
Yuqori sinf o`quvchilarini qiziqishlari, mayllari, intilishlari, qobiliyatlari, itse’dodlari asosida
tanlagan kasblariga to`g`ri yo’naltirish o’spirinlar uchun katta hayotiy masaladir. O’spirinlarga
o’qituvchilar, ota-onalar jamoatchilik, o’z kasbining o’tsalari, murabbiylar alohida e’tibor berishlari
kerak.
O’rta maktabni bitirgunicha hamma o`quvchilar kasbini qat’iy tanlaydi deyish mumkin emas.
Kasb – hunarga har-xil munosbatlar hosilbo’lishining asosiy sababi maktabda o’qish davrida kasb
tanlash buyicha turli xil niyatlar paydo bo’lishidir.
V. A. Krutetskiy o’spirinlarda uchraydigan motivlardan quyidagilarni alohida ifodalaydi:
a) biror o’quv faniga qiziqish; b) vatanga foyda keltirish itsagi (o`ziga xos psixologik
xususiyatini hisobga olmagan holda); v) shaxsiy qobiliyatini rukach qilish; g)oilaviy an’analarga rioya
etish (vorislik); d) do’stlari va o’rtoqlariga ergashish; e) ish joyi yoki o’quv yurtining uyiga yaqinligi;
yo) moddiy ta’minlanishining yaxshi ekani; j) o’quv yurti kurinishining chiroyliligi yoki unga
joylashish osonligi.
Shuningdek boshqa turdagi motivlar masalan, shaxsning biror kasbga, fanga moyilligi, maqsadi,
unga intilishi, kasb to`g`risidagi ma’lumoti, o`zining sixat salomatligi, asab tizimining va
temperamentining xususiyati va xokazolar hambo’lishi mumkin.
O’spirinlarda kasblar haqida yaqqol tasavvur bulmasligi sababli ular ko`proq xatoga
yo’lqo’yadilar. O’zqobiliyatlarini oqilonabaholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun
qanchalik tez va aniq harakat kila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari mumkinligini bilmaydilar.
Biroqhozir mazkur ko’ngilsiz holatlarning oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Buning
uchun quyidagi pedagogik–psixologik omillarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofikdir:
Kasblarni o’rganish usullarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va lunda qilib ifodalash.
O’qituvchining kasblar buyicha tashviqot ishlarini olib borishi.
O’spirinlarni kasbning asosiy turlari bilan tanishtirish.
Mehnat ta’limi darslarida yuqori sinf o`quvchilarini kasbga tayyorlash va qiziqish uygotish.
Psixodiagnotsik va kasb tanlash usullarining amaliyotga tadbiq qilishga moslashtirilgan turlarini
ishlab chiqish.
Joylarda zamon talabiga mos kasb tanlash xonalarini tashkil etish.
Kasb tanlash targ’iboti yuzasidan o’spirinlarni ommaviy axborot vositalariga jalb qilish va
psixologik tayyorlash.
Tadqiqotchilar va amaliyotchilar tomonidan kasbga yunaltirishning usul va vositalari ishlab
chiqilgan. E. A. Klimov kasbga yunaltirish uchun kasb turlarini «inson-tabiat», «inson-texnika»,
«inson-inson», «inson-badiiy obraz» singari komplekslarni tavsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |