O`quv materiallari


 Moliyaviy menejmentning maqsad va vazifalari



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

3. Moliyaviy menejmentning maqsad va vazifalari 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy menejmentning maqsadlari turli-tuman 

boʻlishi mumkin. Uzoq muddatli istiqbolda ular korxonani rivojlantirishning umumiy 

strategiyasiga mos kelishi, uni amalga oshirishni ta’minlashi lozim. 

Amaliyotda keng tarqalgan va an’anaviy boshqaruv maqsadlariga quyidagilarni 

kiritish mumkin: 

- foydani maksimallashtirish; 

- moliyaviy barqarorlikni ta’minlash; 

- tovar realizatsiyasi miqdorini maksimallashtirish va boshqalar.   

Korxona  faoliyatining  u  yoki  bu  maqsadining  afzalligini  asoslash  firmalar 

faoliyatining  turli xil  nazariyalari  doirasida  amalga  oshiriladi. Firma  nazariyalaridan 

kelib  chiqqan  holda  quyida  asosiy  tan  olingan  korxonalar  faoliyati  maqsadlari 

xususida toʻxtalib oʻtamiz. 

Firmalalarning  klassik  nazariyasida  tadbirkorlikning  bosh  maqsadi  olingan 

tushumlarning  sarflangan  xarajatlardan  yuqori  boʻlishini  erishish  nazarda  tutiladi. 

Tushumlar  va  xarajatlar  oʻrtasidagi  farq  foyda  sifatida  aks  ettiriladi.  Shunday  qilib, 

tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shugʻullanuvchi  har  qanday  tashkilotning  eng  asosiy 

maqsadi oʻz faoliyati boʻyicha foyda miqdorini maksimallashtirib borish hisoblanadi. 

Bunda  foyda  miqdorini  buxgalteriya  hisobi  koʻrsatkichlari  asosida  aniqlashning 

osonligi va har qanday boshqaruvchi yoki mulkdor uchun tushunarli ekanligi mazkur 

yondashuvning ommaviyligida muhim rol oʻynaydi. 

Shubhasiz, korxonalar oʻz faoliyatida foydani oshirishga intilishi lozim. Lekin 

mazkur jarayonda bu  maqsadga erishish uchun kuchlarni markazlashtirish kelajakda 

salbiy  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Boshqa  tomondan  ilmiy-tadqiqot 

ishlanmalariga xarajatlarni qisqartirish, yangi mahsulotlar ishlab chiqish va bozordagi 

nufuzini  oshirib  borish,  zamonaviy  texnologiyalar  va  uskunalarni  joriy  etish,  yuqori 

malakali xodimlar ish haqlarini oshirib borish va boshqa shu kabilar yaqin kelajakda 

foyda  miqdorini  mos  ravishda  oshirish  imkonini  berishi  mumkin.  Yuqorida 

ta’kidlanganidek,  yuqori  foyda  intilishga  qaratilgan  ayrim  qarorlar  istiqbolda  tovar 

sifatining  pasayishi,  asosiy  fondlarning  haddan  tashqari  yoki  ma’naviy  eskirishi, 

raqobatbardoshlik  darajasining  va  sotish  hajmining  pasayib  ketishi,  bozordagi 

ulushning  (korxona  nufuzining)  yoʻqotilishi,  asosiy  xodimlarning  ketib  qolishi  kabi 

salbiy oqibatlarga olib kelishi, natijada esa foydaning keskin kamayishi, zararlarning 

yuzaga  kelishi  yoki  hatto  bankrotlikkacha  sabab  boʻlishi  mumkin.  Bundan  xulosa 

chiqarish  mumkinki,  korxonalarning  asosiy  maqsadi  foydani  oshirish  boʻlganda  har 

doim ham risklilik darajasi baholanavermaydi. 

Foydani maksimallashtirish biznesni boshqarishning maqsadi sifatida quyidagi 

kamchiliklarga ega: 




12 

 

-  foydaning turli  xil koʻrsatkichlari  amal  qilishi  (asosiy  faoliyat  foydasi, yalpi 



foyda,  operatsion  foyda,  umumxoʻjalik  faoliyati  foydasi,  moliyaviy  faoliyatdan 

foyda,  soliq  toʻlangunga  qadar  foyda,  soliqqa  tortiladigan  foyda,  sof  foyda, 

taqsimlanmagan  foyda  va  boshqalar)  va  ularni  aniqlashdagi  sub’ektivlik 

(buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlari  va  qoidalari  asosida  aniqlanishi),  boshqaruv 

qarorlari  samaradorligini  baholashning  bir  tomonlama  talqin  qilinishidagi 

murakkabliklar; 

- qisqa muddatli istiqbolga yoʻnaltirilganligi; 

-  muqobil  variantlar  bilan  taqqoslash  mumkin  emasligi,  prognoz  qilingan 

daromadlar va ularning yuzaga kelish vaqti boʻyicha tafovutlar; 

-  kutilayotgan  daromadlarning  vaqt  bilan  va  ularni  olish  bilan  bogʻliq  risklar 

oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikning hisobga olinmasligi hamda boshqalar. 

Biznesni  boshqarishda  nisbatan  oddiy  va  keng  tarqalgan  maqsadlardan  biri 

sifatida  tovar  ishlab  chiqarish  va  savdo  hajmini  oshirib  borish  koʻrsatiladi.  Bu 

maqsadning  keng  tarqalishi  koʻplab  boshqaruvchilarning  oʻz  mavqeini  (ish  haqi, 

diplomatik  statusi,  jamiyatdagi  oʻrni)  koʻriladigan  foydada  emas,  balki  firmaning 

yuqori darajasida koʻrishida mujassamlanganligi bilan izohlanadi. Aksariyat korxona 

rahbarlari  uchun    tovar  ishlab  chiqarish  va  savdo  hajmini  oshirib  borish  va  bu 

boʻyicha  keng  imkoniyatlar  muvaffaqiyat  oʻlchovi  va  tahlilchilar  hamda  investorlar 

uchun oʻrganish ob’ekti boʻlib xizmat qiladi. 

Tovar  ishlab  chiqarish  va  savdo  hajmini  oshirib  borish  foydalaniladigan 

resurslar  (xom  ashyo,  materiallar,  ishchi  kuchi  va  boshqalar)  miqdorini  oshirish, 

shuningdek  ularni  moliyalashtirish  uchun  qoʻshimcha  moliyaviy  resurslarni  jalb 

qilishni  taqozo  etadi.  Boshqa  shart-sharoitlarning  oʻzaro  tengligi  sharoitida 

korxonadagi  oʻsish  reinvestitsiya  qilingan  foyda  miqdori  bilan  aniqlanadi.  Shunday 

qilib, tovar ishlab chiqarish va savdo hajmini oshirib borish mohiyatiga koʻra foydani 

maksimallashtirishga tenglashtiriladi va uning oʻziga xos kamchiliklari ham foydani 

maksimallashtirish maqsadi bilan bir xil hisoblanadi. 

Biznesni 

boshqarishda 


Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish