O`quv materiallari



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

 

 

 

 

 

 


 

KIRISH 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi  “O’zbekiston 

Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo’yicha  harakatlar  strategiyasi  to’g’risida”gi 

PF-4947-sonli    Farmoni  bilan  “2017-2021  yillarda  O’zbekiston  Respublikasini 

rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo’nalishi  bo’yicha  Harakatlar  strategiyasi” 

tasdiqlandi.  Unga ko’ra  2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasida oliy ta’lim 

tizimini tubdan takomillashtirish Dasturini ishlab chiqish masalasi qo’yildi. 

Harakatlar  strategiyasida  belgilangan  vazifalar  ijrosini  ta’minlash  maqsadida 

2017  yil  20  aprelda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Oliy  ta’lim  tizimini 

yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi    PQ-2909-sonli    Qarori  qabul 

qilindi.  Mazkur  qaror  bilan  “2017-2021  yillarda  oliy  ta’lim  tizimini  kompleks 

rivojlantirish dasturi” tasdiqlandi. 

2017-2021  yillarda  oliy  ta’lim  tizimini  kompleks  rivojlantirish  Dasturini  joriy 

etish  bo’yicha  chora-tadbirlar  kompleksida  belgilangan  “Zamonaviy  o’quv,  o’quv-

uslubiy va ilmiy adabiyotlar (jumladan, xorijiy adabiyot asosida) bilan ta’minlash”da 

o’quv-uslubiy  majmualar  tayyorlash  va  o’quv  jarayonida  qo’llash  muhim  ahamiyat 

kasb etadi. Modomiki, hozirgi zamonda bo’lajak mutaxassis – bitiruvchi shaxsni har 

tomonlama  rivojlantirishga  qaratilgan  amaliy  ta’lim  jarayonida  talabalarning  faol 

faoliyatlarini tashkillashtirish muammosi muhim ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega 

bo’lmoqda.  Zero,  insoniyat  taraqqiyotining  hozirgi  bosqichi  globallashuv 

jarayonlarining  jadal  rivojlanishi  orqali  tavsiflanar  ekan,  globallashuvni  iqtisodiy 

jihatdan  qaraydigan  bo’lsak,  u  jahon  xo’jaligining  butun  makonini  qamrab  oluvchi 

iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. 

Shu  bois  globallashuv  sharoitlarida  mustaqil  ravishda  qaror  qabul  qila 

oladigan,  maqsadlarni  belgilay  oladigan  va  amalga  oshira  oladigan,  o’z  faoliyatini 

ongli  baholay  oladigan  faol  shaxsni  shakllantirish  muammosi  dolzarb  bo’lib 

bormoqda.  Hozirgi  kunda  Yurtboshimiz  rahnamoligida  amalga  oshirilayotgan  ishlar 

zamirida  ham  farzandlarimizni  komil  insonlar  qilib  tarbiyalash  orqali  yurtimiz 

taraqqiyotining  mustahkam  poydevorini  qo’yish,  uning  buyuk  kelajagini  bunyod 

etishdek ezgu maqsadlar yotadi. 

Shu  boisdan  “Moliyaviy  menejment”  fanidan  tayyorlangan  o’quv-uslubiy 

majmua  amaldagi  qonunchilik,  Harakatlar  strategiyasi  va  qabul  qilingan  dasturlar, 

vazirlik  tomonidan  tasdiqlangan  fan  dasturi,  korporativ  boshqaruv  bo’yicha  xorijiy 

tajriba asosida ishlab chiqildi.  

Unda  birinchi  o’rinda  fan  dasturiga  muvofiq  ma’ruzalar  mavzulari  yoritib 

berilgan. Har bir mavzu bo’yicha: reja savollari, tayanch so’z va iboralar, asosiy matn 

berilgan bo’lib, ma’ruzalar bo’yicha o’quv materiallar matni ko’rgazmali elementlar, 

rasmlar, diagramma, gistogramma, grafiklar, qiziqarli havolalar, misollar keltirilgan. 

Xorijiy adabiyotlardan havolalar olingan. 



 

Ikkinchi  o’rinda  fan  dasturiga  muvofiq  amaliy  mashg’ulotlarda  ko’riladigan 



masalalar, topshiriqlar berilgan. Unda har bir mavzu bo’yichatopshiriqlar variantlari, 

masala  va  misollar,  keys-stadilar,  nazorat  savollari,  horijiy  va  mahalliy  adabiyotlar 

ro’yxati keltirilgan.  

Shundan  so’ng  fan  bo’yicha  mustaqil  ta’lim  mashg’ulotlari  mavzulari,ularni 

o’zlashtirish  bo’yicha  zarur  uslubiy  ko’rsatmalar  berilgan.  Fan  dasturiga  muvofiq 

mustaqil ishlar mavzulari, mazmuni, maqsadi, kutilayotgan natijasi, variantlari, zarur 

tushuntirishlar hamda mustaqil vazifalarini bajarishga qaratilgan boshqa ma’lumotlar 

keltirilgan. 

Fan bo’yicha tayanch so’z va iboralar o’zbek, rus va ingliz tillarida keltirilgan 

bo’lib,  ularning  mohiyatini  to’g’ri  anglash  moliyaviy  boshqaruv  sohasini  to’liq 

o’rganishga xizmat qiladi. 

Shuningdek  o’quv-uslubiy  majmuaga  ilova  sifatida  fan  dasturi,  testlar, 

tarqatma materiallar, baholash mezonlari keltirilgan. 

Umuman  yuqoridagilar  asosida  ta’kidlash  mumkinki,  o’quv-uslubiy  majmua 

materiallarini  to’liq  o’zlashtirish,  talabalarga  yetkazish  fanni  to’liq  o’zlashtirishda 

muhim ahamiyat kasb etadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 


Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish