O`quv materiallari


 Moliyaviy menejmentda boshqarish ob’ekti va sub’ekti



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

 

2. Moliyaviy menejmentda boshqarish ob’ekti va sub’ekti 

 

Hozirgi kunda  moliyaviy  resurslarni boshqarish har bir korxona  oldida turgan 

eng  asosiy  va  strategik  vazifalardan  biri  hisoblanadi.  Bu  yo’nalishning  korxonani 

boshqarish  tizimida  strategik  ahamiyatga  egaligi  moliyaviy  resurslar  va  boshqa 

resurslar  (moddiy  resurslar,  mehnat  resurslari  va  boshqalar)ni  jalb  qilishning  o’zaro 

bog’liqligi  bilan  izohlanadi.  Bunday  o’zaro  bog’liqlikning  ratsional,  maqsadga 

muvofiq  va  samarali  tashkil  etilishi  ko’p  jihatdan  korxona  iqtisodiy  barqarorligini 

belgilab  beradi,  shuningdek  iqtisodiy  sub’ekt  faoliyatidan  manfaatdor  bo’lgan 

mulkdorlar,  xodimlar,  kontragentlar,  davlat  va  jamiyat  moddiy  farovonligi  o’sishiga 

xizmat qiladi.   




10 

 

Bozor  iqtisodiyotida  moliyaviy  resurslarning  (muhim)  ahamiyatga  egaligi 



ularni  boshqarishning  funktsiyalarini  belgilab  beruvchi  mustaqil  faoliyat  sifatida 

moliyaviy menejmentni tashkil etish zaruriyatini shart qilib qo’yadi. 



Moliyaviy menejment – bu korxonaning strategik va joriy maqsadlarini amalga 

oshirishga yo’naltirilgan moliyaviy resurslarni va moliyaviy faoliyatni boshqarishdir. 

“Moliyaviy  menejment  tizimi  iqtisodchilar  tomonidan  kompaniyalarda 

istiqboldagi  va  faoiyat  yuritishidagi  strategik  va  joriy  moliyaviy  maqsadlarni 

rejalashtirish, amaliyotga tatbiq etish, nazorat va taxlil qilish, o`z vaqtida to`g`rilash 

hamda tartibga keltirishdagi ilmiy jihatdan asoslangan o`zaro bog`liqlikdagi metodlar 

va instrumentlar kompleksi sifatida tushuniladi”

1



Har  qanday  boshqarish  tizimi  kabi  moliyaviy  menejment  ham  ob’ekt  va 

sub’ektga, ya’ni boshqariluvchi va boshqaruvchi tizim ostlariga ega.  

Bunda  korxonalarning  pul  mablag’lari  va  ularning  manbalari,  shuningdek 

korxonalar,  xo’jalik  faoliyatining  boshqa  ishtirokchilari,  moliya  tizimining  turli 

bo’g’inlari  o’rtasida  yuzaga  keladigan  moliyaviy  munosabatlar  boshqarish  ob’ekti 

hisoblanadi. 

Mulkdorlar,  moliyaviy  menejerlar,  mos  tashkiliy  tuzilmalar  va  xizmatlar 

moliyaviy  menejment  tizimida  boshqarish  sub’ektlari  sifatida  qatnashadi, 

bo’limlarning  tarkibiy  qismlari  esa  boshqariluvchi  tizim  ostlari  sifatida  yuzaga 

chiqadi. Bunda eng asosiy boshqaruv sub’ekti korxonaning mulkdorlari hisoblanadi. 

Hozirgi  sharoitda  moliyaviy  direktor  boshqaruv  a’zolarining  yoki  direktorlar 

kengashining  a’zosi  hisoblanadi  va  boshqaruv  ierarxiyasida  etakchi  o’rinlardan  biri 

hisoblanadi.  Moliyaviy  direktor  bosh  direktor  bilan  birgalikda  aksiyadorlar  oldida 

to’g’ridan-to’g’ri  javobgarlikni  o’z  zimmasiga  oladi,  moliyaviy  natijalar  bo’yicha 

investorlar  va  biznes  egalariga  hisobot  beradi.  Moliyaviy  direktorga  nomzodlar 

direktorlar kengashi tomonidan shaxsan tasdiqlanadi. Bu jihat moliyaviy direktorning 

mustaqilligi va o’z faoliyati bo’yicha aksiyadorlarga hisobot berishini anglatadi.  

Operatsion  strategiyalar  korxona  umumiy  strategiyasiga  asoslanuvchi, 

moliyaviy  xizmat  orqali  rejalashtirish  jarayonida  majburiy  tartibda  o’tish  talab 

qilinadigan  tegishli  xizmatlar  doirasida  rivojlangan  biznes-tuzilmalarda  boshqaruv 

funktsional tarzda bo’linadi. Bu tabiiy ravishda umumiy strategiyani ishlab chiqish va 

kuchlarni  birlashtirishda  moliyani  yadroga  aylantirmoqda.  Shunday  ekan  moliyaviy 

direktorning bosh vazifasi biznesni boshqarishning izchil va samarali ishlash tizimini 

ta’minlash  orqali  korxonaning  barcha  bo’linmalari  operatsion  strategiyalarini  va 

aksiyadorlar uzoq muddatli maqsadlarini integratsiyalash bilan ifodalanadi. 

Shunday  qilib,  moliyaviy  direktor  va  u  boshqaradigan  moliya  xizmati  har 

qanday o’rta va yirik korxonada muhim rol o’ynaydi. Moliyaviy direktor faoliyati bir 

vaqtning  o’zida  uch  xil  doirada:  funktsional,  korporativ  va  boshqaruv  ko’rinishida 

amalga  oshirilishini  ta’kidlash  lozim.  Shuning  uchun  ham  moliya  xizmatining 

zamonaviy  rahbari  ilmli,  keng  dunyoqarashga  ega  ijodiy  fikrlaydigan  mutaxassis, 

amaliy  muammolar  (pul  oqimlarini  boshqarish,  korxona  faoliyati  haqidagi  tezkor 

                                                           

1

Svetlana Savina, Irina Kuzmina-Merlino, Improving financial management system for Multi-business companies, 



Procedia – Social and behavioral sciences, 2015.p. 

137.URL:http://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1877042815056992/pdf. 

 



11 

 

ma’lumotlar  bilan  ichki  va  tashqi  foydalanuvchilarni  ta’minlash,  investitsion 



loyihalarni  baholash,  moliyaviy  resurslarni  qidirib  topish  va  jalb  qilish  hamda 

boshqalar)ni hal qilish qobiliyatiga ega, shuningdek strategik vazifalar (birlashish va 

qo’shib  olishlar,  investorlar  bilan  o’zaro  hamkorlik  samaradorligi  tahlili  va 

boshqalar)ni hal qila oladigan bo’lishi lozim.    

 


Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish