moliyaviy operatsiyalarda vaqt omilini hisobga olishning ahamiyati
Bugungi kunda moliyaviy menejment ham fan sifatida, ham amaliy jarayon
sifatida matematik amallarsiz samarali amal qila olmaydi. Ya’ni, “moliyaviy
menejmentning zamonaviy yondashuvida ko‘plab matematik va statistik
instrumentlar va texnikalardan foydalaniladi. Buyurtmaning optimalhajmi, diskont
omili, pulningvaqt bo‘yicha qiymati, pulningjoriyqiymati, kapital bahosi, kapital
tarkibi
nazariyasi,
dividend
nazariyasi,
nisbiyko‘rsatkichlartahlili
va
aylanmamablag‘lartahlilikabilarbevosita matematik va statistik instrumentlar asosida
belgilab olinadi.”
10
Pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymati (time-value of money) konsepsiyasi
korporativ moliyaning fundamental asoslaridan biri hisoblanadi. Mazkur
konsepsiyaga muvofiq biz turli vaqtlarda egalik qiladigan pul mablagʻlari bir xil
boʻlmagan qimmatga egalik qiladi. Ustiga-ustak biznesda va kundalik hayotimizda
pulga egalik qilish vaqti pul mablagʻlarining miqdoriga nisbatan katta amamiyatga
ega. Masalan, milliy pul birligining bugungi qimmati bir qancha vaqt oʻtgandagiga
nisbatan qadrliroq. Ya’ni u ayni paytda joriy iste’molni qanoatlantirishga sarflanishi
yoki kelajakda qoʻshimcha daromad olish uchun investitsiya sifatida qoʻyilishi
mumkin.
Bu borada xorijiy olimlar ta’kidlaganidek “Bugungi bir dollar kelgusida
olinadigan bir dollardan qadrliroq bo‘ladi, chunki agar siz unga hozir ega bo‘lsangiz,
uni investitsiya qilsangiz foiz to‘lovi bilan birga kelgusida bir dollardan ortiq bo‘ladi.
Hozirgi qiymatdan kelgusi qiymatni aniqlashni kampaunding deyiladi
11
”.
Ma’lum vaqtdan soʻng zarur miqdordagi pul mablagʻlariga egalik qilish uchun
korxona ma’muriyati mavjud pul mablagʻini hozirning oʻzida yoʻnaltirish lozim
boʻladi. Bunda qaror qabul qilishda kelgusidagi pul oqimlari pul mablagʻlarining
joriy vaqtdagi qiymati (present value - PV)dan kelib chiqqan holda baholashni
amalga oshirish lozim. Pul mablagʻlarining joriy qiymati va kelgusi qiymatini
10
C. Paramasivan, T.Subramanian. Financial Management. New age international (P) limited, publishers. 2006. p. 280/4
11
Brigham, Houston/Fundamentals of Financial Management/Concise 8-th edition/2015-141 p.
43
baholash uchun moliyachilar pul oqimlarini diskontlash boʻyicha maxsus
metodikadan foydalanadilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy operatsiyalar oʻtkazish jarayonida vaqt
omili muhim rol oʻynaydi. Shundan kelib chiqqan holda biznesning oltin qoidasi
hisoblangan quyidagi fikr shakllangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |