270
Tugatishning bu ko’rinishi ham qonuniyat doirasida bo’lib, statistik
ma’lumotlariga ko’ra, bunday jarayon butun dunyoda yuz beradi. Bunday
korxonalarning ta’sischilari bir birlariga da’volar qila boshlaydilar va natijada mol-
mulkning bo’linishi orqali korxona tugatiladi.
Korxonani tashkil etishdan ko’zlangan maqsadga erishib bo’lish. Har qanday
tadbirkorlik faoliyati o’z oldiga qandaydir maqsadni qo’yadi va u mazkur faoliyat
uchun «mayoq» vazifasini o’taydi. Moddiy farovonlikning ma’lum darajasiga etish,
kelgusi faoliyat uchun moddiy-texnikaviy asosni yaratish, biron-bir investitsiya
loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish, ba’zi bir ishlab chiqarish jarayonlarini
amalga oshirish va hokazolar shunday maqsadlar qatoriga kirishi mumkin. Shu
o’rinda ta’kidlash lozimki, ba’zi hollarda bunday maqsad sifatida amaldagi
qonunchilikka, halol biznes yuritishga mos tushmaydigan hatti-harakatlar ham ilgari
surilishi mumkin. Jumladan, iqtisodiy manbalarda yoritilishicha, xususiy tadbirkorlik
sub’ektlarining miqdoriy ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatuvchi sabablardan biri bo’lib
o’z faoliyatini ixtiyoriy to’xtatish hisoblanadi. Faoliyatni bunday tarzda to’xtatish
rejali tugatish deb ataladi, ya’ni yaxshi faoliyat ko’rsatuvchi korxona soliq imtiyozlari
qo’llaniluvchi davr, aytaylik dastlabki 2 yilda amal qiladi. Bunday imtiyozlar tugashi
bilan tadbirkor yangi ishini boshlaydi, so’ngra yana «rejali tugatish» boshlanadi. Shu
o’rinda ta’kidlash joizki, tadbirkorlikdagi bunday holat odatiy jarayon hisoblanadi.
Diversifikatsiyalashgan kompaniya ishining mazkur yo’nalishini to’xtatish
istagi.Bozor sharoitida barqaror holatga ega bo’lish, bozor kon’yunkturasining qaltis
oqibatlariga dosh berish, keskin raqobatda g’olib chiqish istagi korxonalarni
diversifikatsiya siyosatini qo’llashga, ya’ni o’z faoliyatini kelgusida samara keltirishi
mumkin bo’lgan faoliyat yo’nalishlarini o’zlashtirish hisobiga kengaytirishga
undaydi. Natijada ko’plab yirik kompaniyalar bir necha soha va yo’nalishlarda
faoliyat olib boradilar. Biroq, bu siyosatning o’ziga xos salbiy tomoni ham mavjud
bo’lib, kompaniya moliyaviy resurslarining turli tarmoqlarga «parchalanib» ketishi,
har bir yo’nalish ustidan etarli darajada bir xil nazorat o’rnatish hamda hukmron
mavqeni ushlab turish mumkin emasligi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Shunga
ko’ra, kompaniya rahbariyati muntazam ravishda o’zlari shug’ullanayotgan faoliyat
yo’nalishlari tarkibiga «tuzatish» kiritib turadilar, ya’ni, istiqbolsiz faoliyat
yo’nalishlarini to’xtatib, resurslarni yangi, samarali yo’nalishlarga safarbar etadilar.
Buning natijasida, to’xtatilgan faoliyat yo’nalishlaridagi korxonalarni tugatish
zaruriyati kelib chiqadi.
Boshqa xo’jalik jamiyatiga qo’shilish yoki birlashib ketish. O’zbekiston
Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi
Qonunining 10-bandida «korxonalar o’z huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish
maqsadida ixtiyoriy ravishda birlashishlari mumkin» deb belgilab berilgan. Shunday
qilib, kichik va o’rta korxonalarning faoliyatini tugatish jarayoni – ma’lum darajada
tabiiy jarayon hisoblanadi. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’ta
harakatchan, juda tez o’zgara oladi. Masalan, faoliyati tugab borayotgan ikki kichik
korxona bitta korxonaga hech qanday muammolarsiz qo’shila oladi.
Korxonaning tashkil qilingan muddatining tugashi.Ba’zi bir korxonalar
(xo’jalik birlashmalari, uyushmalar) ma’lum muddatga tuzilgan bo’lib, bu muddat
271
ularning nizomi yoki ta’sis shartnomasida belgilab qo’yiladi. Odatda bu muddat
korxonani tashkil etilishidan ko’zlangan maqsadga erishish, ma’lum vazifa va
majburiyatlarning bajarilishidan kelib chiqadi. Belgilangan muddatning tugashi,
korxona o’z maqsadiga erishgan bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar,
korxonaning o’z faoliyatini to’xtatishini taqozo etadi. Bunday muddatning tugashidan
keyingi korxonaning faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ma’lum choralar ko’rilishi
xavfini tug’diradi.
Sud tomonidan korxonaning ro’yxatga olinishini asossiz deb topilishi.
Tadbirkorlik faoliyatini keng miqyosda yuritish uchun korxona tuzish taqozo etilib,
bu jarayon ma’lum tartib-qoidalarga bo’ysunadi. Korxona hujjatlarining tegishli
talablarga javob berishini ta’minlash tadbirkor zimmasida bo’ladi. Biroq, amaliyotda
ko’pincha korxonani tashkil etishda qator kamchiliklarga yo’l qo’yish hollari uchrab
turadi. Korxonani tashkil etish chog’ida qonun yoki boshqa huquqiy qoidalarni
buzishga yo’l qo’yilishi munosabati bilan, agar bu qoidabuzarlik to’g’rilab
bo’lmaydigan tavsif kasb etsa, sudning qaroriga ko’ra korxona faoliyati to’xtatilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: