266
"Z" ko’rsatkichiningqiymati
Bankrotlikxavfi
1,80 gaqadar
O’tayuqori
1,81 – 2,70
Yuqori
2,71 – 2,99
Mumkin
3,00 vaundanyuqori
Judapast
2. Korxonalar bankrotligiga sabab bo`luvchi omillar
Ma’lumki, iqtisodiyotda umuman xo’jalik sub’ektlari faoliyatlarining
tugatilishi odatda salbiy holat sifatida qabul qilinadi. Chunki, har qanday
korxonaning o’z faoliyatini to’xtatishi ma’lum darajada quyidagi holatlarning
vujudga kelishi bilan bog’liq bo’ladi:
faoliyatga jalb etilgan iqtisodiy resurslarning yo’qotilishi, ulardan olinadigan
samaraning pasayishi;
ishsizlar sonining ko’payishi hisobiga ijtimoiy beqarorlikning kuchayishi;
jamiyat a’zolari o’rtasida tadbirkorlik bilan shug’ullanishga nisbatan
ishonchsizlikning paydo bo’lishi va hokazo.
Biroq, korxona faoliyatining tugatilishi doimo ham falokat, fojea sifatida qabul
qilinavermaydi. Bugungi kunda, ya’ni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish jarayonlarining amalga oshirilishi natijasida korxonalarning ko’plab
xodimlari ularning birgalikdagi egalariga aylandilar. Biroq, aksariyat holatlarda, mulk
egasining o’zgarishiga qaramasdan, ko’plab firmalar, hissadorlik jamiyatlari, xo’jalik
birlashmalari etarli darajada muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmayaptilar. Shunga
ko’ra, agar boshqaruv, ishlab chiqarish, marketing va texnologiyani tashkil etishni
takomillashtirish sohasidagi barcha chora-tadbirlardan natija olish imkoniyati tugagan
bo’lsa, u holda oqilona amalga oshirilgan likvidatsiya – korxona hissadorlari
(qatnashchilari) mulkini saqlab qolish muammosining hal etilishi demakdir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatining tugatilishining
kelib chiqishi sabablari, bu jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari, ularni maqsadga
muvofiq yo’naltirish imkoniyatlari, salbiy oqibatlarini oldini olish muammolarini
ilmiy jihatdan o’rganish korxonalarning tugatilishini keltirib chiqaruvchi turli omillar
iqtisodiy tabiatining tadqiq etilishini taqozo etadi.
Eng avvalo, korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni
shartli ravishda ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ajratib olish zarur bo’ladi.
Ob’ektiv omillar sirasiga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hatti-harakati,
faoliyat doirasi va shart-sharoitlaridan qat’iy nazar, mavjud iqtisodiy qonunlarning
amal qilishi natijasida vujudga keluvchi hamda ta’sir ko’rsatuvchi omillar kiradi.
Odatda ob’ektiv omillar ta’sirining oldini olish yoki boshqarish imkoniyat
darajasidan tashqarida bo’ladi. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy tabiatini belgilab
beruvchi o’ziga xos xususiyatlarning aksariyati ushbu soha sub’ektlari faoliyatining
tugatilishida ob’ektiv omillar sifatida maydonga tushadi.
Xo’jalik faoliyatining tugatilishini tadqiq etish uchun bu holatni keltirib
chiqaruvchi sub’ektiv omillarga e’tibor qaratilishini taqozo etadi. Sub’ektiv omillar,
ob’ektiv omillardan farqli o’laroq, turli alohida holat, shart-sharoit va hatti-
267
harakatlarning natijasi sifatida vujudga kelib, ma’lum chora-tadbirlarni qo’llash
orqali ularning oldini olish yoki ta’sir darajasini boshqarish mumkin bo’ladi.
O’z navbatida, korxonalar faoliyatlarining tugatilishiga olib keluvchi sub’ektiv
omillarni yanada chuqurroq o’rganish uchun, ularning kelib chiqish tavsifiga ko’ra
turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunga ko’ra, mamlakatimiz va
boshqa xorijiy mamlakatlar tajribasida uchrab turuvchi ko’plab sub’ektiv omillarni
shartli ravishda quyidagi 4 guruhga ajratish mumkin bo’ladi:
1-guruh - shaxsiy-ruhiy omillar;
2-guruh - tashkiliy omillar;
3-guruh - me’yoriy-huquqiy omillar;
4-guruh - iqtisodiy omillar.
Shaxsiy – ruhiy omillar guruhi o’z ichiga tadbirkorning bilimi, malaka va
tajribasi, ruhiy va ma’naviy qiyofasi, ishni tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari
borasida yuzaga keluvchi faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.
Tashkiliy omillar guruhi o’z ichiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy
tuzilmasida o’z faoliyatini davom ettirishida vujudga keluvchi to’siqlarni bartaraf
etish, uni o’zgartirish yoki yanada takomillashtirish maqsadida faoliyatni to’xtatishga
olib keluvchi sabablarni oladi.
Me’yoriy-huquqiy omillar guruhi o’z ichiga korxona faoliyatini davom
ettirishda ro’y beruvchi amaldagi qonunchilik, me’yoriy qoidalarning buzilishining
oldini olish va mavjud tartibbuzarlik holatlarini bartaraf etish maqsadida faoliyatni
to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.
Iqtisodiy omillar guruhi o’z ichiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy
manfaatlariga zid keluvchi holatlarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida
faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.
Korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko’rsatuvchi sub’ektiv omillarni 10
– chizma orqali ko’rish mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati bo’yicha etarli bilim va malakaga ega bo’lmaslik
sub’ektiv omillardan biri hisoblanadi. S.G’ulomovning ta’kidlashicha, «kichik
shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy qashshoqligi va bankrot
bo’lishi tadbirkorlar, rahbarlar, firmaning menejerlari tomonidan yo’l qo’yiladigan
bir qator kamchiliklarga bog’liq.
Umumiy xatolar va kamchiliklar ichidan ish boshlovchi tadbirkorlarning,
kichik firma rahbarlarining, etuk yoshdagi korxona menejerlarining o’ziga xos
xatolarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Ish boshlovchi tadbirkorlarni va etuk firmalarning menejmentlarini xato va
kamchiliklarini turkumlash shuni ko’rsatadiki, biznesni tashkil etishda
imkoniyatlarni, resurslarni va tavakkalliklarni hayotiy tsiklini barcha bosqichlarida
puxta tahlil qilish kerak bo’ladi».Savdo-sanoat palatasi vakillari o’z ish faoliyatlarida
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun korxonani ro’yxatdan o’tkazishning o’zi
kifoya, deb hisoblovchilar anchagina ekanligini ta’kidlaydilar. Aslida bunday
bo’lmay, «agar etarli darajadagi tayyorgarliklarsiz boshlansa, eng ajoyib biznes –
g’oya ham amalga oshmay qolishi mumkin. Ishning muvaffaqiyatli borishi uchun
iqtisodiyotning barcha nozik tomonlarini o’rganish lozim. Tadbirkorning etarli
268
bilimga ega bo’lmasligi xususiy korxona faoliyatini hali boshlamay turib
to’xtatilishining asosiy sabablaridan biridir».
Shuni tan olish kerakki, tadbirkorlik sub’ekti rahbarlari orasida iqtisodiy
islohotlarning jadal sur’atiga ulgurmayotgan, bozorga oid ishbilarmonlik namoyish
eta olmayotgan, marketing va menejment bo’yicha eng oddiy tushunchalarni
bilmaydigan, eskicha iqtisodiy tafakkurlovchi kishilar oz emas. Shunga ko’ra, eng
yuzaki holda tahlil qilib ko’rilgan chog’da ham, iqtisodiy nochorlik belgisiga ega
bo’lgan ko’plab korxonalar – bu ishlab chiqarayotgan mahsuloti sifati va narxi
bo’yicha raqobatga layoqatsiz bo’lganligi bois sotilmayotgan va oqibatda aylanma
mablag’siz qolayotgan korxonalar hisoblanadi.
Muassislarning korxonadagi ishning borishidan qoniqmasligi. Korxonasini
tashkil etishning keng tarqalgan shakllaridan biri sherikchilik hisoblanadi. O’z
navbatida, tadbirkorlikning mazkur tashkiliy shakli korxonalarning muddatidan ilgari
tugatilishiga sabab bo’ladi. Ya’ni, kichik bizneskorxonasi tugatilishining yana bir
sababi – bu bir necha yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelgan
korxonaning ta’sischilari o’rtasida daromadning taqsimlanishidir.